LIZING MUNOSABATLARNI RIVOJLANTIRISHNING BIZNESDAGI O`RNI.
REJA
Kirish......................................................
Lizing munosabatlari, uning mohiyati va rivojlanish bosqichlari.................................................................
2. Lizing munosabatlarini amal qilish jihatlari va xususiyatlari..................................................................
3. Lizing turlari va ularning tavsifi...........................
Xulosa va takliflar..............................................
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati.....................
Kirish
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakat iqtisodiyotida chuqur o’zgarishlarga erishish, lizing munosabatlari va uning qishloq xo’jalik investitsion faoliyatiga ta’sirini o’rganish, iqtisodiyot sohalarida tadbirkorlikni rivojlantirish va ularni yangi mexanizmlar orqali cheklangan moliyaviy resurslardan iloji boricha ko’proq samara olib foydalanishga harakat qilinadi. Shuningdek, iqtisodiyotni yanada rivojlantirish har qanday mamlakatda investitsion jarayonlarni kengaytirishdan boshlanadi.
Lizing munosabatlari qishloq xo’jalik investitsiyalarni moliyalashda o’ziga xos o’rni mavjud ekan, uning faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish uchun alohida yo’nalishlarni ishlab chiqish zarur. O’zbekistonda lizingga bo’lgan talabning o’sib borishi mamlakat iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir etadi. Shu bilan birgalikda, hozirgi kunda korxonalar va qishloq xo’jaliklarda yangi texnika va texnologiyalarga talab oshib borishi hamda bu talabning moliyaviy ta’minoti lizing orqali amalga oshirilishida xorijiy kompaniyalar ham o’z tovar va xizmatlarini taklif qilmoqdalar.
Bu to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni ta’kidlab o’tganlar: - «Bugungi kunda lizing xizmatiga alohida ehtiyoj sezilmoqda. Xususan, kichik korxonalar, xususiy tadbirkorlar, fermer xo’jaliklari aynan lizing orqali zamonaviy ixcham texnologiyalarga ega bo’lishi mumkin. Bugun biz uchun g’oyat zarur bo’lgan investitsiya oqimi kuchayishiga, qishloq xo’jalik texnikasini, transport va samolyotlar parkini yangilashda lizing amaliy vosita bo’lib xizmat qilishi zarur.
Xo’jalik yurituvchi subektlarda mavjud asosiy fondlarni doimiy ravishda yangilash, jahon andozalariga mos ravishda yangi texnikatexnologiyalarni joriy etish hamda jahon bozorlariga eksport qilish, erkin raqobatga chidamli tovar va xizmatlar ishlab chiqarish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun yangi texnika va texnologiyalar uchun moliyaviy manbalarni izlab topishda lizing infratuzilmasini rivojlantirish talab etiladi va bu orqali mamlakatimizga chet el investitsiyalarni kirib kelishiga zamin yaratadi. Iqtisodiyotni texnik-iqtisodiy modernizatsiyalash, sanoat va qishloq xo’jalikning ustivor tarmoqlarini yanada rivojlantirish, ishlab chiqarish samaradorligini o’stirish, tashqi va ichki bozorlardagi talablarga javob beradigan raqobatbardosh tovarlarni ko’paytirish, yangilarini yaratish va amalga oshirilishini taqozo etadi. dolzarbligini belgilaydi va uni tadqiq etish zaruratini keltirib chiqaradi.
• agar ko’zda tutilmagan vaziyatlarga ko’ra mol-mulk foydalanish uchun yaroqsiz holga kelsa, lizingga oluvchi shartnomani bekor qilishi mumkin;
• lizing mol-mulkining tasodifan nobud bo’lish, yo’qotilish, buzilish tavakkalchiligi lizing beruvchining zimmasida bo’ladi.
LIZING MUNOSABATLARNI RIVOJLANTIRISHNING BIZNESDAGI O`RNI.
Do'stlaringiz bilan baham: |