Belgiyada:
• mol-mulk ijaraga oluvi tomonidan faqat kasbiy maqsadlarga ishlatilishi lozim;
• mol-mulk ijaraga beruvchi tomonidan kelgusi lizingga berish maqsadida sotib olinishi va kelgusidagi ijaraga oluvchining talablariga javob berishi lozim;
• lizing muddati mol-mulkdan foydalanish muddatidan oshishi mumkin emas;
• ijara to’lovi shunday belgilanishi kerakki, u kontrakt amal qilishi muddati davomida ijaraga beruvchi ijaraga olingan mol-mulk qiymatini qoplash imkoniyatini yaratishi lozim;
• kontraktda ijaraga oluvchi lizing muddati tugagandan keyin shartnomada kelishilgan mol-mulkning qoldiq qiymatiga mos bo’lgan narxda ijaraga olingan mol-mulkka ega bo`lish huquqi nazarda tutilishi lozim.
Angliyada agar kontrakt:
• mol-mulk ishlatiladigan muddatdan 75% kam bo’lmagan muddatga tuzilganda;
• uning amal qilish muddati davrida mol-mulk qiymati to’liq (yoki ahamiyatli) to’lanishi nazarda tutilganda;
• unda lizingni imtiyozli shartlar (bankdan qarz olishga qaraganda) asosida qaytadan tiklash imkoniyati nazarda tutilganda u lizing kontrakti hisoblanadi.
Avstriyada:
• lizing kontraktining asosiy muddati mol-mulkni iqtisodiy ishlatish muddatining 40-80%ini tashkil etishi kerak;
• sotib olish opsionining qiymati opsion sotiladigan paytdagi molmulkning qiymati bilan mos bo’lishi lozim;
• lizing shartnomasi uzaytirilgan muddatda (agar bunday holat kuzatilganda) davriy to’lovlar nominal bo’lishi kerak;
• agar faqat foydalanuvchi uchun kerakli bo’lgan maxsus mol-mulk lizing kontraktining ashyosi hisoblangan taqdirda, foydalanuvchi bunday molmulkning iqtisodiy mulkdori hisoblanadi.
Buyuk Britaniyada lizing faqat 1979-yildan, ya’ni soliq imtiyozlari joriy etilgandan keyin keng rivojlandi. Kompaniya investitsiya qilingan yilda soliqqa tortiladigan foydadan 100% investitsiyalarni chegirishi mumkin edi. Ushbu imtiyozlar katta daromadga ega bo’lgan kompaniyalarga ahamiyatli, lekin ulardan bilvosita ijaraga oluvchilar ham foydalanishlari mumkin edi.
Soliq investitsiya imtiyozi tekin bo’lmasdan ijara to’lovlari bo’yicha soliq orqali qaytarilar, lekin shunga qaramasdan u mol-mulk qiymatining 52% iga teng bo’lgan foizsiz qarz hisoblanar va ijaraga oluvchi uchun lizing qiymatiga ta’sir ko’rsatar edi.
Germaniyada lizing mol-mulkini soliqqa tortishda iqtisodiy yondashish belgilovchi omil hisoblanadi:
• agar mol-mulkdan me’yoriy foydalanish muddati ijaraning asosiy muddatidan ahamiyatli darajada yuqori bo’lsa va ijaraga oluvchi uni uzaytirish huquqiga va sotish paytida ijara to’lovidan yoki sotib olish bahosidan ahamiyatli darajada kam miqdorda faqat yig’im to’lashi kerak bo’lgan opsion huquqiga ega bo’lgan taqdirda, moliyaviy lizing holatida mol-mulk bo’yicha soliqlarni odatda ijaraga oluvchi to’laydi;
• ijaradan foydalanish muddati va ijara vaqti taxminan bir-biriga mos bo’lgan taqdirda ham ushbu qoida qo’llaniladi;
• ijaraga oluvchi tomonidan soliq to’lash majburiyati faqat ijaraga oluvchi, xo’jalik mulkdori sifatida soliq imtiyozlariga ega bo’lgan investitsiyalar bo’yicha huquqdan foydalanishi mumkinligini ifodalaydi;
• mol-mulk bo’yicha soliqlarni to’lash har bir holatning vaziyatlarini hisobga olgan holda lizingga beruvchi yoki ijaraga oluvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Lizing haqiqatda ham g’arb mamlakatlarining milliy iqtisodiyotlarini rivojlantirish, xalqaro bozorda ularning raqobatbardoshligini oshirish uchun samarali omil bo’lib qoldi. Shuning bilan bir qatorda, g’arb tadbirkorlik amaliyotida mustahkam o’rin egallagan har qanday iqtisodiy hodisa, xo’jalik tizimini qayta qurish munosabati bilan O’zbekistonda ham o’z o’rnini topmoqda. Biroq g’arb mamlakatlari uchun xos bo’lgan, mamlakatimiznikidan ahamiyatli darajada va tarixiy farqlanadigan, o’zbek zaminida qo’llanish uchun keltirilgan iqtisodiy hodisalar o’ziga xos bo’lgan shakllarga ega bo’lib qolishi tabiiydir. 30-40 yillar muqaddam g’arb iqtisodiyotchilarining mohiyati bo’yicha lizingga jonli qiziqishi bizning zamondoshlarimizning qiziqishidan ahamiyatli farqlanadi.
.
33333
Do'stlaringiz bilan baham: |