Xulosa va takliflar.
Lizing shartnomasining muddati mol-mulkning me’yoriy xizmat muddatidan ahamiyati kam, shu sababli lizingga beruvchi mol-mulk qiymatini bir shartnomadan keladigan tushumlar hisobiga qoplashni nazarda tutmaydi; mol- mulk lizingga ko’p marotaba beriladi; lizingga oluvchi talabnomasi bo’yicha olingan mol-mulk emas, balki lizing kompaniyasida mavjud bo’lgan mol-mulk beriladi. Boshqacha qilib aytganda, lizing kompaniyasi mol-mulkni sotib olar ekan, uning aniq belgilangan foydalanuvchisini bilmaydi. Shu bois, tezkor lizingda ixtisoslashtirilgan lizing kompaniyalari yangi bilan bir qatorda foydalanishda bo’lgan lizing mol-mulk bozori konyukturasini yaxshi bilish lozim;
• texnik xizmat ko’rsatish, ta’mirlash, sug’urtalash bo’yicha majburiyatlar lizing kompaniyasining zimmasiga yuklatiladi;
• agar ko’zda tutilmagan vaziyatlarga ko’ra mol-mulk foydalanish uchun yaroqsiz holga kelsa, lizingga oluvchi shartnomani bekor qilishi mumkin;
• lizing mol-mulkining tasodifan nobud bo’lish, yo’qotilish, buzilish tavakkalchiligi lizing beruvchining zimmasida bo’ladi;
• tezkor lizingda lizing to’lovlarining miqdori moliyaviy lizingga qaraganda yuqoriroq bo’ladi, chunki lizingga beruvchi, masalan, mol-mulkni qaytadan topshirish uchun mijozlar bo’lmasligi, mol-mulk buzilishi yoki nobud bo’lishi bilan bog’liq qo’shimcha tavakkalchiliklarni hisobga olish lozim;
• shartnoma muddati tugagandan keyin, odatda, mol-mulk lizingga beruvchiga qaytariladi.
Yuqoridagi tahlillardan kelib chiqib, lizingning quyidagi turlari mavjuddir: bevosita lizing, moliyaviy lizing, operativ lizing va tezkor lizing amaliyoti mavjuddir. Biroq, tezkor lizing amaliyoti paydo bo’lganligiga qaramasdan, ushbu tushuncha Rossiyaning me’yoriy – huquqiy asosiga mosligi yuzasidan shubhalar qolmoqda. Ko’pchilik ekspertlarning fikri bo’yicha,
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 587-599- moddalariga muvofiq u yoki bu uskuna yuzasidan lizing bitimi faqat bir marotaba, ya’ni u lizingga beruvchi tomonidan lizingga oluvchi uchun sotib olingan paytda tuzilishi mumkin. Tezkor lizing ashyosi ijaraga oluvchi tomonidan qaytarilgan holatda (yoxud u tomonidan moliyaviy lizing muddati tugagunga qadar talab qilinib olsa), qaytadan ijaraga berilgan ushbu ashyo joriy ijara ashyosi bo’lib hisoblanadi
Shunday qilib, hozirgi zamonaviy jahon xo’jaligida, lizing munosabatlari oddiy ijara munosabatlaridan innovatsion lizing operatsiyalari darajasiga ko’tarildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |