List shtamplash jarayonlari
11.1 List shtamplash to’g’risida umumiy ma’lumotlar
Inson 19-asrning o’rtalariga qadar, bug’ kabi kuchli energiya manbai paydo bo’lguncha maxsulot ishlab chiqarish vaqtini tejash va tannarxini pasaytirish yo’llarini izlab keldi. O’shandan beri metall listlardan yupqa devorli mahsulotlarni bosim ostida deformatsiya bilan ishlov berish yoki listlarni shtamplash yo’li bilan maxsulot ishlab chiqarish texnologiyasi ancha yaxshilandi. Bugungi kunda ushbu usul yordamida milliardlab turli xil qismlar telefon qismlaridan avtomobil kuzovlariga qadar ishlab chiqarilmoqda .
Listli shtamplash mashinasozlikda listli materiallardan maxsulotlar va detallar ishlab chiqaruvchi muxim tarmoq hisoblanadi. U metallga ishlov berish sonoatida oldingi o’rinlarni egallaydi.
Zagotovka sifatida list, lenta va polosa ishlatiladi Listli shtamplashda oddatda sovuq xolda shtamplash olib boriladi. Materialning plastikligi past bo’lganda yoki uskunaning quvvati yetarli bo’lmaganida, zagotovkalar issiq xolda shtamplanadi.
Listli shtamplashda ishchi qismlarini xarakatlanuvchi va qo’zg’almas (matritsa va puanson) tashkil topgan shtamplarlardan, ikkita yarim qismlar bir-biriga imkon qadar yaqinlashishi sabab ular orasidagi qo’yilgan ishlov beriladigan zagotovka deformatsiyalanadi. Matritsalarning ishchi qismlari asbobsozlik po’latidan tayyorlanadi; alyuminiy va boshqa yumshoq materiallardan tayyorlangan qismlardan nisbatan yumshoq bo’lgan-plastmassalar, presslangan yog’och va boshqa materillarga ishlov berish uchun qo’llaniladi.
Kichik hajmdagi ishlab chiqarishda mahsulot tannarxini pasaytirish uchun matritsasi quyma cho’yandan, po’lat yoki betondan tayyorlanadi, puansson esa matritsaga zagotovka ustida joylashgan konteynerda suv yoki boshqa suyuqlik bilan almashtiriladi.
Listli shtamplash bilan 3-4 sinf, aloxida operatsiyalar: chopish, teshish, yupqalab cho’zish va kalibrlab 2 sinf aniqligidagi detallar olinadi.
Sovuq xolda listli shtamplashda list zagotovka yuzasi sifati ko’p xollarda saqlanadi, shuning uchun sovuq xolda bolg’alangan materiallardan shtamplab olingan detallar yuzasi sifati 6-8 sinfga to’g’ri keladi. Zagotovkalarni prokatlashda mustaxkamligi ortadi, listli shtamplashda kamayadi, lekin ba’zi shakl hosil qilish jarayonlarida material mustaxkamligi ortadi.
Detallarning tannarxi asosan materialning narxi va ularni ishlab chiqarish xarajatlaridan iborat. Listli shtamplashda materialning o’rtacha qiymati 80-85%, ishlab chiqarish narxi esa 15-20% to’g’ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |