11.2 Listli shtamplashda ajratish operatsiyasi
Listli shtamplashda ajratish operatsiyasi zagotovka bir qismini yopiq yoki ochiq kontur bo’yicha to’liq yoki qisman ajratishdan iborat.
Listli shtamplashda quyidagi tushunchalar keng qo’llaniladi.
Operatsiya - bu bir yoki bir nechta ishchilar (brigada) tomonidan bitta mashinada amalga oshiriladigan va ushbu ishlov beriladigan zagotovkani qayta ishlash bo’yicha (misol uchun bukish,cho’zish va boshqalar) barcha olib boriladigan ketma-ket harakatlarni qamrab oladigan texnologik jarayonning bir qismidir. Kombinatsiyalangan shtamplarda shtamplashda operatsiya bir nechta o’tishda amalga oshiriladi. Birlashtirilgan yoki ketma-ket shtampda bitta operatsiyada ikki yoki undan ortiq o’tishlarni: masalan kesish va teshik ochish, kesish va egish larni amalga oshirish mumkin.
Usul (priyom) deb ishchini tugallangan xarakatiga aytiladi (masalan, ishlov beriladigan zagotovkani shtampga o’rnatish, zagotovkani shtampdagi boshqa joyga ko’chirish va hk) .
SHtamplashda operatsiyalar bir-necha o’tishlar va ishlov berish usullariga (priyom) bo’linadi.
Ishlab chiqarish jarayoni texnologik, nazorat va transport
(zagotovkalarni bir mashinadan boshqasiga o’tkazish) operatsiyalaridan tashkil topgan.
Zagotovka–birinchi texnologik operatsiyani bajarish uchun mo’njallangan material, yarim tayyor mahsulot esa- bu qisman qayta ishlangan keyinchalik qayta ishlashga mo’ljallangan buyumdir.
Listli shtamplash operatsiyalari ikki guruxga: ajratish va shakl hosil qilish gruppalariga bo’linadi. Ajratish operatsiyasi gruppasiga qirqish, qirqib olish (nadrezka), ustki qirqish (nadrezka), kesib tashlash (obrezka) , o’yib olish (vыrubka) o’yib tushirish (probivka), qirqib olish (vыsechka), shtampda teshik o’yish (prosechka v shtampe), teshik o’yish (prokolka)va tozalash (zachistka), shakl hosil qilish gruppasiga egish, botirish, bort qayirish, bort chiqarish, siqish, bo’rtirish ( shakl chiqazish), list zarblash va boshqalar kiradi. Listli shtamplashda quyidagi rasmda keltirilgan ajratish operatsiyalari bajariladi.
1. Qirqish (razrezka)-zagotovkadan, list, polosa va boshqalardan qirqish orqali ochiq kontur bo’ylab to’liq ajratib olish. Ushbu turdagi ajratish operatsiyalari metall listlarni teng bo’laklarga kesish zarur bo’lganda qo’llaniladi.
2. Qirqib olish (nadrezka)-zagotovkani qirqish bilan qismlarga ajratish.
Qirqish va qirqib olish operatsiyalarida qaychi konstruktsiyasi listni qalinligiga qarab tanlanadi. Jumladan: list qalinligi 1 mm bo’lsa, parallel pichoqli, qalinligi 60 mm gacha bo’lgan qalin listlar qiya pichoqli, qalinligi 1.6 mm dan 25 mm gacha bo’lgan murakkab shakllarni diskli qaychilar yordamida qirqib olinadi.
3. Ustki qirqish (nadrezka)- ishlov beriladigan zagotovkaning bir qismini qirqish bilan to’liqsiz ajratish.
4. Kesib tashlash (obrezka) - ortiqcha metallni qirqish bilan olib tashlash
5. O’yib olish (vыrubka) - ishlov beriladigan zagotovani yoki mahsulotni dastlabki ishlov beriladigan qismdan kesilgan holda yopiq kontur bo’ylab to’liq ajratish.
6. O’yib tushirish (probivka)–listdan aylana, kvadrat, paz yoki boshqa shaklli zagotovka o’yib tushirish. List keyinchali shayba hosil qilish uchun doira ko’rinishidagi zagotovka o’yib tushirishni misol tariqasida keltirish mumkin.
11.1-rasm, Listli shtamplashni ajratish operatsiyalari sxemalari. a-qirqish; b-qirqib olish; v-ustki qirqish; g- kesib tashlash; ye- o’yib olish; j-o’yib tushirish; z-shtampda teshik o’yish; i-teshik o’yish; k- tozalash; l-toza o’yib olish; m-toza o’yib tushirish.
7. Qirqib olish (visechka)- berilgan zagotovkadan yopiq kontur bo’ylab asbob yordamida ishlov beriladigan zagotovkani yoki buyumni to’liq ajratish.
8. Shtampda teshik o’yish (prosechka)- asbob yordamida metallning bir qismini chiqindilarga olib tashlash bilan ishlov beriladigan qismda teshik hosil qilish.
9. Teshik o’yish (prokolka)- zagotovkada metallni chiqitga chiqarmasdan teshik xosil qilish
10. Tozalash (zachistka)–shtamplangan zagotovka yuzasini g’adir-budirligini kamaytirish va o’lcham aniqligini oshirish maqsadida shtamp yordamida qirindi hosil qilish orqali texnologik quyimlarni olib tashlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |