Лиши ва ривожланиш тарихи


Мавзу бўйича асосий тушунча ва иборалар



Download 2,57 Mb.
bet12/31
Sana25.02.2022
Hajmi2,57 Mb.
#281924
TuriДоклад
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31
Bog'liq
Тииииии

Мавзу бўйича асосий тушунча ва иборалар

Метаморфик тоғ жинслари, қуруқлик, денгиз таги, Тоғ жинслари, минералларнинг нураши



3.Мавзу. Тупроқ пайдо бўлиши, таркиби ва хоссалари. Тупроқнинг пайдо бўлиши ҳақида тушунча
РЕЖА:

  1. Тупроқ пайдо қилувчи асосий она жинс тўртламчи давр ёткизиқлар тупроқни хосса-хусусиятиларини белгиловчи асосий фактор эканлиги.

  2. Ётқизиқларни кимёвий минералогик ва механик таркиби,уларни ҳосил бўлиши.

  3. Ўсимликлар ва хайвонот олами.

  4. Тупроқ пайдо қилувчи она жинс, жинслар, иқлим, рельеф, тупроқнинг ёши, инсон фаолияти, тупроқ пайдо қилувчи омилларнинг ўзаро таъсири.


Turli omillar, jumladan o‘simlik va mikroorganizmlar ta‘sirida mineral qismi o‘zgarib tuproqqa aylanayotgan g‘ovak holdagi tog‘ jinslariga tuproq paydo qiluvchi yoki ona jinslar deb ataladi.Ona jinslar tuproqning material asosi bo‘lib, tuproq paydo qiluvchi jinslarning mexanik, mineralogik va kimyoviy tarkibi va shuningdek fizik, kimyoviy, fizikkimyoviy xossalari unda shakllanayotgan tuproqlarga bevosita ta‘sir etadi. Bu tarkibiy qismlar va xossalar keyinchalik tuproq paydo qiluvchi omillar ta‘sirida asta-sekin turli darajada o‘zgarib boradi.Tuproq ona jinslari o‘zining kelib chiqishi, tarkibi tuzilishi va xossalari bilan keskin farq qiladi. Shuning uchun ham unda o‘sadigan o‘simliklar hamda mikroorganizmlarning rivojlanishi va nihoyat tuproqning paydo bo‘lishi uchun bir xil sharoit mavjud bo‘lmaydi.Tuproqning sifat ko‘rsatkichlari, jumladan potensial unumdorligi darajasi va agronomik qimmati ko‘pincha ona jinslar xarakteri bilan bevosita bog‘liq. Tuproq paydo qiluvchi jinslar Yerning qattiq qobig‘ini va litosferasini tashkil etuvchi turli tog‘ jinslaridan h osil bo‘ladi. Barcha tog‘ jinslari kelib chiqishiga ko‘ra: magmatik, cho’kindi va metamorfik gruppalarga ajratiladi. Hozirgi vaqtda magmatik va metamorfik jinslari yer yuzasi quruqlik qismiga juda kam chiqib turgan bo‘lib, ular qalin qavatli cho‘kindi jin slar bilan qoplangan. Turli tuproqlar Qaynazoy erasining oxirgi - to‘rtlamchi davr g‘ovak cho‘kindi jinslarida shakllangan. To‘rtlamchi davrga xos jinslar esa o‘zining g‘ovakligini yo‘qotib zich jinslarga aylangan.To‘rtlamchi davr cho‘kindi jinslari tub (magmatik va metamorfik) jinslarning nurashi va ular mahsulotlarining suv, shamol va muzliklar ta‘sirida qayta yotqizilishi natijasida hosil bo‘ladi. Bu jinslarning paydo bo‘lishi hozir ham davom etib kelmoqda. Cho‘kindi jinslar tub jinslardan farqlanib tuproq paydo bo‘lishi uchun qator qulay sharoitlarga, jumladan, g‘ovak qovushmasi, g‘ovakligi, suv o‘tkazuvchanligiga, nam saqlab turishi va singdirish qobiliyatining yuqori bo‘lishi kabi xususiyatlarga ega. Tuproqning paydo bo‘lishi tog‘ jinslarining nurashi va nurash mahsulotlarining olib ketilishi va qayta yotqizilishi bilan bog‘liq.Aytilganidek, to‘rtlamchi davr g‘ovak cho‘kindi jinslari asosiy tuproq paydo qiluvchi jinslar hisoblanadi. Ana shu jinslarda deyarli barcha hozirgi zamon tuproqlari shakllangan. Kelib chiqishi (genezis)ga va hosil bo‘lish sharoitlariga ko‘ra to‘rtlamchi davr cho‘kindilari turli tarkib, tuzilish, g‘ovakligi va har xil xossalari bilan xarakterlanadi. Bu o‘z navbatida tuproq paydo bo‘lish jarayonlarida va hosil bo‘ladigan tuproqlar unumdorligida aks etgan bo‘ladi. Barcha tuproq paydo qiluvchi yoki ona jinslar kelib chiqishiga ko‘ra quyidagi gruppalarga: elyuvial, delyuvial, elyuvial-delyuvial, kollyuvial, delyuvialkollyuvial, soliflyuksion, delyuvial-soliflyukasion, allyuvial, ko‘l-allyuvial, prolyuvial, allyuvial-prolyuvial, muz yotqiziqlari, flyuvioglyasial, dengiz, eol, agro-irrigasiya yotqiziqlari va lyoss jinslariga bo‘linadi.Bu jinslar o‘zining tashqi ko‘rinishi, belgilari, tuzilishi va shuningdek kimyoviy mineralogik va mexanik tarkibi bilan farqlanadi.
Elyuvial jinslar va elyuviy – tub jinslar nurash maxsulotlarining nurash qobig‘ida, o‘z joyida qolib to‘planishidan hosil bo‘ladi.
Delyuvial jinslar yoki delyuviy deb, nurash mahsulotlarining yomg‘ir va erigan qor suvlari ta‘sirida qiyaliklarning quyi qismlari va tog‘ yonbag‘irlariga keltirib, to‘planishidan hosil bo‘ladigan yotqiziqlarga aytiladi.
Allyuvial yotqiziqlar yoki allyuviy –doimiy oqar suvlar-daryolar faoliyati bilan bog‘liq yotqiziqlardir. Toshqinlar natijasida daryo sohillari va daryo bo‘ylarida ko‘p to‘planadi.
Allyuvial yotqiziqlar qatlamli ekanligi va yaxshi saralanganligi bilan xarakterli. Allyuvial yotqiziqlar uchun mineral donachalarning yaxshi yumaloqlanganligi xarakterli. Ular qadimgi va hozirgi zamon all yuvial jinslarga ajratiladi.Allyuvial yotqiziqlar Amudaryo, Sirdaryo, Qashqadaryo, Zarafshon, Surxondaryo, Chirchiq, Oxangoron, Murg‘ob, Tajan daryolari vodiylarida, sohil va deltalarida keng tarqalgan bo‘lib, ko‘pgina gidromorf tuproqlarning ona jinsi hisoblanadi.
Prolyuvial yotqiziqlar yoki prolyuviy – tog‘li o‘lkalarda bahorda erigan qor suvlari va vaqtincha kuchli jala yog‘in suvlari-sel oqimlari natijasida hosil bo‘ladi. Prolyuviy tog‘ yonbag‘irlari va tog‘oldi yoyilma konuslarida keng tarqalgan.Prolyuviy yaxshi saralanmagan yirik parchali aralash jinslardan iborat. Prolyuviy O‘rta Osiyoning tog‘ vodiylarida (Farg‘ona, Zarafshon) va shuningdek,tog‘ oldi baland tekisliklarda keng tarqalgan.
Muzlik yotqiziqlari yoki morenalar – muzliklar keltirib aralash holda yotqizilgan gil, qum, qirrali va silliqlangan shag‘al toshlardan iborat jinslardir.
Flyuvioglyasial yoki muzlik suvlari yotqiziqlari – muz suvlarning kuchli oqimi bilan bog‘liq. Bu oqimlar o‘z yo‘lida uchragan morenalar va boshqa xil yotqiziqlar (jumladan, tub jinslar)ni yuvib ketib yotqizgan bo‘ladi. Muzliklar atrofida asosan yumaloqlangan yirik shag‘al va yirik qum, qumloqlar to‘planadi.
Dengiz yotqiziqlari. Bu jinslar qadimgi dengiz o‘rnida va to‘rtlamchi davrda dengiz transgressiyasi va regressiyasi natijasida hosil bo‘lgan yotqiziqlardan iborat. Dengiz yotqiziqlari odatda qatlamli bo‘lishi, yaxshi saralanganligi va tuzlarni ko‘p saqlashi bilan xarakterlanadi.
Eol yotqiziqlari – shamolning turli tog‘ jinslari zarrachalarini uchirib olib ketishi va yotqizishi natijasida hosil bo‘ladi.
Shamol faoliyati, ayniqsa quruq iqlimli cho‘l zonasida kuchli bo‘lib qum barxanlari, qum tepachalari, gryada qumlari va mo‘tadil iqlimli dengiz qirg‘oqlari hamda daryo vodiylarida o‘ziga xos qum tepalari –dyunalar shaklidagi relyeflaryuzaga keladi.
Lyoss va lyossimon yotqiziqlar. Bularga lyoss va lyossimon qumoqlar kabi o‘ziga xos qator belgilari bilan ajralib turadigan to‘rtlamchi darv yotqiziqlari kiradi. Bu jinslar MDH-Yevropa qismining janubiy va janubi-sharqiy rayonlarida shimoliy Kavkaz va O‘rta Osiyoda keng tarqalgan. Lyoss va lyossli jinslarda tabiiy unumdorligi yuqori bo‘lgan bo‘z tuproqlar, qora, kashtan tuproqlar hosil bo‘ladi.O‘rta Osiyodagi to‘rtlamchi davr jinslari orasida agroirrigasiya yotqiziqlari alohid o‘rin tutadi. Bu jinslarning hosil bo‘lishi sug‘orilib dehqonchilik qilinadigan sharoitda insonlar faoliyati bilan bevosita bog‘liq. Qadimdan sug‘orilib kelinayotgan (Zarafshon va Farg‘ona vodiysi, Xorazm, Murg‘ob va Tajan) vohalarida sug‘orish suvidagi loyqalarningerga o‘tirishidan, go‘ng, paxsa devorlari kabilar solingan maydonlarda 2-3 metrgacha qalinlikdagi yotqiziqlar hosil bo‘lgan va ularda o‘ziga xos voha tuproqlari shakllangan.


Download 2,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish