Lipidlarning hazm bo‘lishi va so‘rilishi


O‘T KISLOTALAR ALMASHINUVI



Download 282,5 Kb.
bet3/4
Sana05.04.2022
Hajmi282,5 Kb.
#529569
1   2   3   4
Bog'liq
2-mavzu 11

O‘T KISLOTALAR ALMASHINUVI
O‘t kislotalar xolesterindan hosil bo‘ladigan asosiy mahsulotlardan hisoblanadi. Blox itga deyteriy bilan nishonlangan xolesterin yuborib, ulardan deyteriylangan xolat kislota ajratib oldi. Keyinrok S14 xolesterin bilan o‘tkazilgan tajribalar ham xolesterin o‘t kislotalar sintezi uchun dastlabki modda ekanligini tasdiqladi. Organizmga yuborilgan xolesterinning 80—90 % i o‘t kislotalarga, qolgan miqdori neytral steroidlarga aylanadi. Bular orasida axlatda ajratiladigan koprosterin va xolestanollar ham bor. Umuman, odamlarda bir kecha-kunduzda 0,7 g xolesterin o‘t kislotalar orkali almashinuvi belgilangan.
O‘t kislotalar qo‘sh kislotalar bo‘lib, ularning sintezi va almashinuvida jigar hamda uning fermentlari, ichakdagi mikroorganizmlar asosiy rol o‘ynaydi. Ut kislotalar almashinuvini o‘rganish uchun ko‘pincha in vitro tajribalarda jigar qirqimlari va gomogenatlaridan yoki o‘t yo‘liga fistula qo‘yilgan hayvonlardan bevosita o‘t to‘plash usulidan foydalaniladi. Hayvon organizmiga ma’lum o‘rinda nishonlangan xolesterin yoki boshqa mo‘ljallangan oraliq mahsulotlarni yuborish orqali o‘t kislotalar almashinuvidagi o‘zgarishlar tekshirilgan. Bu jarayonda birin-ketin keladigan reaksiyalar batafsil aniq bo‘lmasa ham bir kator muhim xulosalar chiqarilgan.
Xolesterin biosintezi.
Hayvon va odam organizmida xolesterinning doimiy ravishda sintezlanib turishi ko‘p tajribalarda tasdiqlangan. Haqiqatan ham hayvonga xolesterinsiz ovqat berib turilsa ham uning tezagi bilan doim xolesterinning qaytarilish mahsuloti — k o p r o s t e r i n n i n g chiqib turishiga qaramay, qonda xolesterin miqdori normadagi 120— 150 mg % dan kamaymaydi. Bundan yarim asr ilgari birinchi marta Rittenberg va SHonxaymer bu fikrni og‘ir suvdan foydalanib tasdiqladilar. Hayvonga DgO berilsa, unda deyteriy bilan nishonlangan xolesterin paydobo‘ladi. Keyinchalik hayvonga berilgan atsetatning xolesterin molekulasiga kirishi aniqlanadi*. Mana bu tajribalar asosida xolesterindek katta molekula konlensatsiya reaksiyasi natijasida kichik birikmalardan hosil bo‘ladi degan fikr tug‘ildi. Blox hayvonlarga metil yoki karboksil gruppasi S14 bilan nishonlangan ikki xil atsetat kislota yuborish va to‘qimalardan ajratib olingan xolesterinni parchalab, uning uglerod atomlari radioaktivligini o‘lchash orqali bu biosintez reaksiyasining bir qator nozik nuqtalarini aniqladi. Quyidagi rasmda xolesterin molekulasining uglerod atomlari atsetatning qaysi uglerodidan kelib chiqishi ko‘rsatilgan:


Download 282,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish