Lipidlarning hazm bo‘lishi va so‘rilishi



Download 282,5 Kb.
bet1/4
Sana05.04.2022
Hajmi282,5 Kb.
#529569
  1   2   3   4
Bog'liq
2-mavzu 11


LIPIDLARNING HAZM BO‘LISHI VA SO‘RILISHI
Oziqadagi lipidlar asosan uzun zanjirli yog‘ kislotalardan tuzilgan triatsilglitseridlardir. Yuqori rivojlangan hayvonlarda ovqat bilan qabul kilingan triatsilgliieridlarning ko‘p qismi ipgichka ichakda oshqozonosti bezining sekrediyasidagi lipaza fermenti ta’sirida gidrolitik parchalanadi. Oshqozon shirasida ham kuchsiz lipaza faolligi topilgan. Lekin bu lipaza fakat emulsiyalangan, ya’ni juda ham mayda tomchilar shaklida suyuqlik ichida tarqalgan yog‘larga ta’sir kiladi. Bunday shakldagi yog‘ sut tarkibidagina bor, oshqozonning o‘zida yog‘larni emulsiya holiga keltiradigan sharoit bo‘lmaganidan oshqozon lipazasining ta’siri cheklangandir. Ichakda yog‘larning emulsiyalanishi uchun juda kulay sharoit mavjud. Birinchidan, bu erda oshqozon shirasining kislotasi bikarbonat ishtirokida neytrallanadi. Reaksiya natijasida ajralib chiqadigan uglerod (IV)oksid pufakchalari ovqat bo‘tqasining ovqat hazm qilish shiralari bilan yaxshi aralashishiga sharoit tug‘diradi. Enzim oshqozonosti bezidan nofaol zimogen prolipaza shaklida ajratilib, ingichka ichakda faol lipazaga aylanadi. Yog‘larni ichakda hazmlanishida o‘n ikkibarmoqli ichakka quyiladigan o‘t tarkibidagi ishqoriy reaksiya beradigan o‘t kislotalarning tuzlari muhim rol o‘ynaydi.1 Faol lipaza o‘t kislotalari va kolipaza deb ataladigan maxsus oksil ishtirokida triatsilglitserid tomchilariga birikadi va chetdagi yog‘ kislotalar qoldiqlaridan birini yoki ikkalasini gidrolitik parchalanishini katalizlaydi. Natijada erkin yog‘ kislotalarni Na+ yoki K+ tuz (sovun)larining aralashmasi hosil bo‘ladi. Bunda triatsilglitseridlarning bir kismi parchalanmasdan qoladi:

Ular yuza tarangligini kuchli darajada pasaytirib, yog‘ tomchilarini mayda zarrachalarga bo‘lib yuboradi va lipaza fermentining ta’sirini engillashtiradi. O‘t kislotalar steroid strukturaga ega bo‘lib, to‘la to‘yingan steron halqasi va 5 uglerodli yon shoxchadan tashkil topgan. Turli organizmda faqat tarkibidagi OH gruppalarning soni va fazodagi o‘rni jihatidan farqlanadigan har xil o‘t kislotalarning aralashmalari uchraydi. Umuman, o‘t kislotalarning hammasini ham tabiatda uchramaydigan xolanat kislota strukturasidan chiqarish mumkin:

Odamlar o‘tida, asosan, quyidagi o‘t kislotalar uchraydi: xolatkislota — 3, 7, 12-trioksixolanat kislota; dezoksixolat kislota — 3,12- dioksixo l at kislota , lipoxolat — 3- oksixolanat kislota va xenodezoksixolanat kislota — 3,7-dioksixolanat kislota. Bu o‘t kislotalar erkin holda bo‘lmay, glitsin yoki taurin bilan birikib, qo‘sh kislotalar shaklida o‘t tarkibiga kiradi. Ularning eng muhimlari glikoxolat, glikodezoksixolat, tauroxolat va taurodezoksixolat kislotalardir:


Yog‘ va moylarga ichakda o‘t kislotalar ta’sir etishi tufayli juda mayda parchalardan iborat nozik emulsiya hosil bo‘ladi. Bu parchalarning diametri0,5 mk dan katta bo‘lmaydi, ular xilomikronlar deb ataladi. Bunday emulsiyaning yaratilishi uchun ingichka ichakning kuchsiz ishqoriy sharoitda yog‘ va o‘t kislotalardan tashqari, xolesterin, erkin yog‘ kislotalar va monoglitseridlar aralashma sining paydo bo‘lishi katta ahamiyatga ega. Yog’larning emul.siyalanishi ularning lipazalar ta’sirida glitserin va yog‘ kislotalarga parchalashini ta’minlabgina qolmay, balki xilomikronlar shaklida ichak devori orqali so‘rilishiga ham imkon beradi. SHuning bilan birga hosil bo‘lgan tomchilardan ichak hujayralari yog‘ kislotalar va monoglitserinlarni shimib oladilar, va qaytadan triatsilglitseridlarni sintez qiladilar. Bu erda, asosan, hayvonning aynan bir turi uchun spetsifik tarkibi ovqat bilan qabul qilingan yog‘dan farqlanadigan yog‘lar hosil bo‘ladi. Lekin, ichak devorining spetsifik yog‘ sintez qilish qobiliyati chegaralangan va ovqat bilan qabul qilingan yog‘larning anchagina qismi o‘zgarmagan shaklda yog‘ depolarida topiladi. Yog’ depolari organizmda yot yog‘ moddalar to‘planishi mumkin bo‘lgan birdan-bir joydir. Boshqa a’zo va to‘qimalar hujayralari protoplazmasi tarkibiga kiradigan lipidlar yuqori spetsifiklikka ega, ularning tarkibiga va xossalari ovqat yog‘lariga bog‘liq emas.Ichak devori hujayralarida yog‘lar biosintezi quyidagi yo‘l bilan o‘tadi: avvalo yog‘ kislotalarning faol atsil KoA unumlari hosil bo‘ladi, so‘ngra monoatsilglitseridlar birin-ketin atsillanib oldin di-, oxirida triglitseridlar hosil bo‘ladi:

Monoatsilglitseridlar+Atsil-S-KoA = Diatsilglitserid+KoA


Diatsilglitserid+Atsil-S-KoA = Triatsilglitserid+KoA

Download 282,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish