Yog’ kislotalar sintezi Yuqori molekulyar yog‘ kislotalarning nishonlangan atsetatdan hosil bo‘lishi bu jarayon yog‘ kislotalar oksidlanish reaksiyalarining teskari tomon yo‘nalishi orqali o‘tadi degan fikrni tug‘dirgan edi. Ammo oksidlanish reaksiyalarining barcha bosqichlari ham to‘la qaytar emasligi aniqlandi va Ueykil, Vailos hamda Linen tadqiqotlari asosida yog‘ kislotalar sintezi murakkabroq yo‘l bilan faol malonat kislota ishtirokida o‘tishi va bu jarayonda maxsus ayil ko‘chiruvchi oqsilning ishtirok etishi aniklandi. Keyingi yillarda bu mexanizm hamda reaksiyalarni kataliz qiladigan fermentlar batafsil o‘rganildi.
Yog‘ kislotalar biosintezi yo‘lining quyidagi xususiyatlariga e’tibor berish
kerak:1) Sintez mitoxondriyalar matriksida kechadigan parchalanishning aksicha
sitozolda o‘tadi;
2) Yog‘ kislotalar sintezining oraliq mahsulotlari atsil tashuvchi oqsil
(ATO)ning sulfgidril gruppasi bilan kovalent bog‘langandir. Buning aksicha yog‘
kislotalari parchalanishining oralik mahsulotlari koenzim A bilan bog‘langandir;
3) Yog‘ kislota sintezining ko‘pchilik fermentlari oliy organizmlarda yog‘
kislotalar sintetazasi deb ataladigan multienzim kompleksi shaklida tashkil qilingandir;
4) Yog‘ kislotalar sintezida qaytaruvchi sifatida NADFN ishtirok etadi;
5) O‘sayotgan yog‘ kislota zanjiri atsetil KoA dan kelib chikadigan uglerod
atomli komponentlarni birin-ketin qo‘shilishi orkali uzayadi (elongatsiya — uzayish) boskichida ikki uglerodli komponentlarning faollangan donori sifatida malonil ATO qatnashadi. Elongatsiya reaksiyasi SOg ni ajralishi bilan boshlanadi.
Yog’ kislotalar sintezida malonil koferment A ning hosil bo‘lishi hal qiluvchi bosqichdir. Bu jarayonning mexanizmini ochilishida yog‘ kislotalar biosintezi uchun bikarbonatning lozim ekanligining aniqlanishi eng muhim kashfiyot bo‘ldi.
Xaqiqatdan ham yog‘ kislotalar sintezi atsetil KoA ni karboksillab malonil KoA ga o‘tishidan boshlanadi. Reaksiyani prostetik gruppa sifatida biotin tutuvchi atsetil KoA karboksilaza fermenti katalizlaydi. Biotinning karboksil gruppasi, piruvatkarboksilaza fermentidagi kabi lizin qoldig‘ining e — aminogruppasiga kovalent bog‘langan. Reaksiya ikki boskichda o‘tadi:
Biotin—ferment+ATF + N2SO z = S 0 2 — biotin—ferment+ADF + aF
SO2 —biotin — ferment+Atsetil — KoA^Malonil KoA+biotin — ferment