Lipidlаrning аsоsiy sinflаri. Yog`lаrning qоndа tаshilish shаkllаri
Lipidlаrning аsоsiy sinflаri. Yog`lаrning qоndа tаshilish shаkllаri.
Bajardi: F-303A guruh talabasi Shamuratova Ozoda
Tekshirdi: dotsent Jurayeva A.
Reja: Lipidlar haqida tushuncha
Lipidlar (yun.lipos — yogʻ) — barcha tirik hujayralar tarkibida boʻladigan yogʻsimon moddalar. Tirik organizm hayot faoliyatida lipidlar muhim axamiyatga ega. Lipidlar biologik membrananing asosiy komponentlaridan biri boʻlib, hujayralarning oʻtkazuvchanligiga, koʻpgina fermentlarning faolligiga taʼsir koʻrsatadi.
Lipidlar haqida tushuncha
Lipidlarning yana bir funksiyasi energiya rezervi, hayvon va oʻsimliklarda suv qochiruvchi ximoya va termoizolyasiya qoplamasi hosil qilish, turli organlarni mexanik taʼsirlardan saqlash, shuningdek, nerv impulsini uzatishda, muskullar qisqarishida, hujjatlararo kontaktlarni yuzaga keltirishda va immunokimyoviy jarayonlarda qatnashadi
Lipidlar asosiy funksiyalari 1. Struktura funksiyasi. Lipidlar fosfolipidlar, glikolipidlar va xolesterin barcha organ va to’qimalar hujayralari membranalarining tuzilishida ishtirok etadi. 2. Energetik funksiyasi. Lipidlar organizm butun energiyasining 25-30% ta’minlaydi. 1 g yog’ning to’la pachalanishidan 9,3 kkal energiya ajralib chiqadi. Lipidlar asosiy funksiyalari 3. Lipidlar zahira oziq moddalar funksiyasini bajaradi. 4. Termoregulyatsiya funksiyasi. Terini qurib qolishdan saqlaydi, organlarni chayqalishlardan ximoya qiladi, ichaklarda yog’da eriydigan vitaminlarning so’rilishini ta’minlaydi. Shuningdek, endogen suvning potensial rezervi (100g yog’ oksidlanganda 107ml hosil bo’ladi) hisoblanadi. Lipidlarning asosiy sinflari Lipidlar kimyoviy tarkibi, tuzilishi va organizmdagi funksiyasiga qarab, quyidagi guruhlarga bo’linadi:
Oddiy lipidlar: yog’ kislotalarining turli xil spirtlar bilan hosil qilgan murakkab efiri.
Murakkab lipidlar: murakkab efir bo’lib, tarkibida qo’shimcha boshqa guruhlarni saqlaydi.
Lipidlarning asosiy sinflari
Fosfolipidlar: murakkab efirdan tashqari fosfat kislota qoldig’ini, azot asoslarini va boshqa komponentlarini saqlaydi.
Glikolipidlar
Steroidlar
Boshqa murakkab lipidlar: sulfolipidlar, aminolipidlar.
Lipidlaming hosilalari: yog’ kislotalari, glitserol, steril va boshqa spirtlar, yog’ kislotalarining aldegidlari, yog’da eruvchi vitaminlar va gormonlar.
Lipidlarning asosiy sinflari
Oddiy lipidlar
Yog’lar yuqori molekulali yog’ kislotalarning uch atomli spirtlar (glitserin) bilan hosil qilgan murakkab efirlaridir. Bunday tuzilgan yog’lar neytral yog’lar, ya’ni triglitseridlar deb ataladi.
Lipidlarning asosiy sinflari
Murakkab lipidlar
Fosfolipidlar ham xuddi moylar kabi, yuqori molekulyar yog’ kislotaning ko’p atomli spirtlar bilan hosil qilgan murakkab efirlari bo’lib, ular tarkibida qo’shimcha ravishda fosfat kislota qoldig’i va azot asoslar uchraydi. Fosfolipidlar tabiatda juda keng tarqalgan, ular deyarli barcha to’qima va hujayralarda uchraydi.
Lipidlarning asosiy sinflari
Letsitinlar yoki xolinfosfatidlar. Bular o’simliklar bilan hayvonlar organizmida eng ko’p tarqalgan fosfolipidlardir. Ular tarkibidagi azot asosini xolin moddasi tashkil etadi.
Letsitin Ular miya to’qimasida, tuxum sarig’ida, baliq tuxumida, no’xatda ko’p uchraydi.
Kefalinlar - fosfatidilamindir, letsitinlarga o’xshash tuzilgan, tabiatda keng tarqalgan.
Lipidlarning asosiy sinflari
Serinfosfatidlar (fosfatidilserinlar) tarkibida serin aminokislotasi saqlaydi. Serinfosfatidlar letsitin, kefalinlarga qaraganda kamroq tarqalgan bo’lib, lekin ular fosfotidil etanolaminlarning sintezida ishtirok etadi.
Inozitfosfotidlar – tarkibida olti atomli halqali spirt – inozit bo’ladi. Inozitfosfotidlar tarkibidagi fosfat kislota soniga qarab, monofosfoinnozit, difosfoinozit va hokazolarga bo’linadi.
Lipidlarning asosiy sinflari
Sfingofosfatidlar. Sfingomielinlar tarkibida aminospirtlar: sfingozin va xolin, fosfat kislota va bir molekula yog’ kislotasini saqlaydi.
Serebrozidlar – miya tarkibiga kiradi. U sfinogozin, yog’ kislotalari va galaktozadan tashkil topgan. Serebrozidlar molekulasida geksoza qoldig’i-glikozid bog’ bilan bog’langan bo’lib, fizik-kimyoviy xossalari jihatidan tipik lipoiddir.
Lipidlarning asosiy sinflari
Steroidlarga sterollar deb ataladigan yuqori molekulyar spirtlar va ularning murakkab efirlari hisoblangan steridlar ham kiradi. Steroidlar oqsillar bilan murakkab birikmalar hosil qilib, moddalar almashinuvini boshqarishda muhim ahamiyatga ega bo’lgan hujayra membranalarining tuzilishida ishtirok etadi.
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |