Lingvokulturologiya



Download 16,41 Kb.
bet2/7
Sana13.07.2022
Hajmi16,41 Kb.
#791486
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 5449827072102898487

LINGVOKULTUROLOGIYA (lot. lingua “til”; cultus “hurmat qilish, ta’zim qilish”; yunon. “ilm, fan”) – madaniyatshunoslik va tilshunoslik kesishgan nuqtada shakllangan til tadqiqining yangi sohasi. Lingvokulturologiya madaniyat va tilning o‘zaro aloqasini, o‘zaro ta’sirini, tilda o‘z aksini topgan xalq madaniyatining ko‘rinishlarini tadqiq etadi. Lingvokulturologiya tilshunoslikning mustaqil yo‘nalishi sifatida XX asrning 90-yillarida vujudga kelgan. Lingvokulturologiya etnolingvistika, sotsiolingvistika lingvomamlakatshunoslik va etnopsixolingvistika bilan chambarchas aloqadadir. Lingvokulturologiyaning obyekti – madaniyat va tilning o‘zaro aloqasi, o‘zaro ta’sirini bir butunlikda tadqiq qilishdir. Lingvokulturologiyaning predmeti – madaniyatda ramziy, obrazli, metaforik ma’no kasb etgan va natijalari inson ongida umumlashtirilib mif, afsona, folklor va diniy diskurslarda, poetik va prozaik badiiy matnlarda, frazeologizmlarda, metaforalarda va ramzlarda aks etadigan til birliklari sanaladi.
LINGVOMADANIY KONSEPT – etnomadaniy xususiyatga ega bo‘lgan va borliq haqidagi funksional ahamiyatga molik informatsiyani uzatadigan madaniyatning asosiy birligidir. U madaniy universaliyalarni ifodalaydi. Lingvomadaniy konsept tafakkurda mavjud bo‘ladi, u o‘zida kognitiv-ratsional va emotsional-psixologik mazmunni biriktiradi. Lingvomadaniy konsept barcha til egalari uchun dunyoqarash modeli vazifasini o‘taydi. Lingvomadaniy konsept milliy xarakterning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi madaniyat vositasi hisoblanadi.
LINGVOMADANIY PARADIGMA – bu dunyoqarashning etnik, ijtimoiy, tarixiy, ilmiy va h.k. o‘zaro aloqadorlikdagi kategoriyalarini aks ettiradigan til shakllarining majmuyi.
LINGVOMAMLAKATShUNOSLIK tilda o‘z aksini topgan milliy realiyalarni o‘rganadi. Milliy realiyalar muqobilsiz til birliklari bo‘lib, ular mazkur madaniyatga xos bo‘lgan hodisalarni ifodalaydi.
LISONIY SHAXS – obyektiv voqelikni o‘z ko‘rishiga muvofiq tasvirlash va ma’lum maqsadga erishish uchun muayyan tilning tizimli vositalaridan foydalangan holda ularni matnlarda aks ettirishi nuqtayi nazaridan tavsiflangan u yoki bu til sohibidir. Lisoniy shaxs – muayyan bilimlar va tasavvurlar majmuyiga ega bo‘lgan nutqiy faoliyatni namoyon qiluvchi shaxsdir.
MADANIY AN’ANA – jamiyatda to‘planadigan va qayta tiklanadigan ijtimoiy stereotiplashgan guruhlar tajribasini ifodalaydigan integral hodisa. Madaniy an’analar – ijtimoiy va madaniy merosning qimmatli unsurlari majmuyi.
MADANIY FON – ijtimoiy hayot va tarixiy hodisalarni ifodalaydigan nominativ birliklarning (so‘zlar va frazeologizmlarning) tavsifi. Masalan, Daqqiyunusdan qolgan / Odam atodan qolgan “juda eski, qadimgi”, jamalak o‘rtoq “bolalikdagi dugona”, qizil (Oktyabr inqilobi, sho‘ro tuzumi, armiyasiga oidlikni bildiradigan so‘z sifatida qo‘llangan).

Download 16,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish