2022- yil 28- aprel
Bu kun ham ko’zda tutilgan ishni amalga oshirish uchun kafedraga keldim. Ilmiy rahbarim N.B.Kuldasheva bilan uchrashdim. Dissertatsiya ishimni yana bir bor ko’rib berishlarini so’radim va birgalikda xato-kamchiliklari ustida ishladik. Qo’shimchalar qo’shdik.. Mamnun bo’lib, kafedradan chiqdim va dars tahlillariga ham kirdim.
2022- yil 29- aprel
Malakali professor-o’qituvchilarning darslariga kirib ularning pedagogic mahoratlarini kuzatdim. Ulardan bilmaganlarimni o’rgandim, yangicha metodlarni o’rgandim. Talabalar bilan qanday muomala qilish, muammoli vaziyatlar paydo bo;lib qolsa qanday yechim toppish sirlarini bildim.
Ustozlarimizdan metodik tavsiyalarini ham oldim
So’ngra kafedraga kelib keying bo’ladigan darslarimga tayyorgarlik ko’rish maqsadida ma’lumotlar yig’dim.
Soat 14:30 da o’zimga biriktirilgan 11-1fra-19 va 11-3fra-19 guruh talabalariga TO’MA fanini o’tish uchun 521-xonaga yo’l oldim.Dars boshida ular bilan yaqin kunlarda ochiq dars o’tkazmoqchiligimni aytdim . Rosa xursand bo’lishdi.Bugungi darsim ham maroqli o’tdi.
Amaliyot hujjatlarimni yana bir bor ko’zdan kechirdim, tahlillarimni sarhisob qildim.
2022- yil 30- aprel
Malakali professor-o’qituvchilarning darslariga kirib ularning pedagogic mahoratlarini kuzatdim. Ulardan bilmaganlarimni o’rgandim, yangicha metodlarni o’rgandim. Talabalar bilan qanday muomala qilish, muammoli vaziyatlar paydo bo;lib qolsa qanday yechim toppish sirlarini bildim.
Ustozlarimizdan metodik tavsiyalarini ham oldim
So’ngra kafedraga kelib keying bo’ladigan darslarimga tayyorgarlik ko’rish maqsadida ma’lumotlar yig’dim.
Amaliyot hujjatlarimni yana bir bor ko’zdan kechirdim, tahlillarimni sarhisob qildim.
12-hafta
2022- yil 5-may
Bu kun ham har doimgidek, belgilangan vaqtda Universitetga keldim. Kafedraga kirib, o’qituvchilar bilan salomlashdim.
Dars boshlanishigacha hali ancha vaqt bor edi, shu sababdan amaliyot hujjatlarim bilan band bo’ldim.
Dars boshlandi. Bugun ham dars tahlillariga kirdim. O’qituvchi – dotsent O.I.Adizova, fan – IKFYChT, I bosqich magistrlari, mavzu – “Les progrès scientifiques, technologiques” . So’ng yana o’zim ham amaliyot rahbarim nazorati ostida 11-3fra-19 guruhida dars mashg’ulotini olib bordim.
Darslardan chiqib, kafedraga bordim, hujjatlarimni oldim va uyga qarab yo’l oldim.
2022- yil 6-may
Bugun kafedraga odatdagidan avvalroq keldim. Chunki kafedra hujjatlari bilan tanishish, kafedra o’qituvchilari bilan fikr almashdim. Bilmaganlarimni so’radim. Ancha ma’lumotlarga ega bo’ldim. Darslarni qanday tashkillashtirish xususida ham savollarimga javob oldim. 3 smena 2-juftlikda har doimgidek o’zimga biriktirilgan 3 kurs fransuz tili yo’nalishi talabalariga TO’MA fanidan ma’ruza mashg’ulotini o’tdim.
Malakali professor-o’qituvchilarning darslarini kuzatib, bilimlarimni yanada mustahkamlab, boyitib oldim.
Shu bilan bugungi amaliyot kunim nihoyasiga yetdi.
2022- yil 7-may
Universitetga belgilangan vaqtda keldim. Bugun faqat amaliyot hujjatlarim bilan band bo’lishga qaror qildim. Kalendar ish rejamda rejalashtirgan ishlarimdan qay birini shu kecha-kunduzda amalga oshirishim lozimligiga e’tibor qaratdim. Bu boradagi kerakli qaydlarni qilib qo’ydim.
Bu orada menga biriktirilgan guruh talabalaridan ham xabar olib keldim. Ulardan hol-ahvol so’rab, dars jarayonlari qay tartibda ketayotganligi bilan qiziqdim va hammasi joyida ekanligini eshitib, yana xotirjam o’z hujjatlarim bilan shug’ullanishga qaytdim.
Kursdosh qizlar bilan amaliyot kundaligimizni tartibga soldik.
Bugungi amaliyot kunim shu tarzda yakun topdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |