2022- yil 23- aprel
Bugun shanba kuni, Universitetga amaliyot hujjatlarim ustida ishlash maqsadida keldim. Amaliyot rahbarim f.f.f.d N.B.Kuldasheva darsda ekanlar, shu sababdan Maqsuda Jo’rayeva ustozdan ba’zi savollarimga javob oldim.
Bundan tashqari bugun Google Scholar haqida bilganlarimni boyitdim, qo’shimcha ma’lumotlarga ega bo’ldim. Google Scholar bu – barcha ilmiy ishlar, maqolalar, tezislar, kitoblar, referatlar bo’yicha dunyodagi eng mashhur qidiruv tizimidir. Ilmiy izlanishlar bilan shug’ullanayotgan har bir izlanuvchi bu saytda ro’yxatdan o’tishi shart.
Kafedradan chiqib, menga biriktirilgan guruh tomon yo’l oldim. Ular bilan ko’rishdim, darslariga omad tilab, bugungi amaliyot kunim va navbatdagi haftani yakunladim.
11-hafta
2022- yil 25- aprel
Bugun 25- aprel, yaxshi kayfiyatda belgilangan vaqtda kafedraga keldim. Kafedrada amaliyot hujjatlarim bilan band bo’ldim.
Kafedradan chiqib, o’zimga biriktirilgan 11-1 fra 19 guruhiga bordim. Ular bilan dars boshlanguniga qadar hamsuhbat bo’ldim. Darsimiz boshlangach, talabalarga yangi mavzuni tushuntirdim. Savol-javoblar bilan darsimizni yanada jonli tarzda davom ettirdik.talabalar ham o’zlarini qiziqtirgan qo’shimcha savollari bilan fikr almashdilar.
Dars tugagach o’z ustimda ishlash maqsadida kafedraga keldim. Kafedra hujjatlari bilan yana bir bor tanishdim.
Shu kabi ishlar bilan bugungi faoliyatimni ham yakunladim .
2022- yil 26- aprel
Bugun ham belgilangan vaqtda Universitetga keldim. Dastlab, o’z hujjatlarimni tartibga solish bilan mashg’ul bo’ldim.
So’ngra, o’zimga belgilangan guruhga bordim. Dars boshlanguniga qadar talabalar bilan ozgina hamsuhbat bo’ldim. Ularga o’rganib qolibman, ularni ko’rishim bilan kayfiyatim ko’tarilishini sezdim. Hazillashib, bo’lib o’tajak fanimizga omad tiladim va darsni boshladim. Talabalarning darsga tayyorgarligi yaxshi. Bugungi dars mazmunining ham talabalar uchun tushunarli bo’lishi hamda guruhda ishchanlik ruhini yaratish maqsadida ta’limiy o’yinlardan foydalandim.
Malakali professor-o’qituvchilarning darslariga kirib kuzatdim. Metodik tavsiyalar oldim.
Shu bilan bugungi amaliyot kunim o’z nihoyasiga yetdi.
2022- yil 27- aprel
Bugun Universitetga keldim, kursdoshlar bilan kafedrada yig’ildik, kafedramiz mudirasi D.H.Karimova bizni yig’ib, majlis o’tkazdilar.
Majlisda MDI miz haqida so’z bordi, hammamizning ishimiz tayyormi deb so’radilar, hali tayyor bo’lmasa, tezroq bitirib qo’yishni, kamchiliklarini tezroq to’ldirishimizni aytdilar. Bundan tashqari, amaliyot bo’yicha tayyorlanishi zarur bo’lgan papka hujjatlarini o’z vaqtida qilib borishimizni ta’kidladilar.
Kursdoshlar bilan bo’sh auditoriyaga kirib, hujjatlarimiz ustida ishladik.
Bugungi amaliyot kunim shu tarzda yakunlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |