Hozirgi paytda tilning semiologik modeli olim taklif qilgan dixotomiyalar (juftliklar) umumlashmasi doirasida talqin qilinmoqda. Masalan, tilning «ijtimoiy mahsulot» yoki «tizim, kod» sifatida ta’riflanishi qarama-qarshi fikrlar talqinida qaralmasdan, balki to‘liq ixtiyoriylik tamoyili zaminida birlashuvchi yagona goya doirasiga kiritilmokda. Zero, tilning ijtimoiy hodisa (jamiyatda ta’sis qilingan, kelishilgan qoidalar umumlashmasi) bo‘lishi uning tizimlilik xususiyatini hech qachon inkor qilmaydi. Buiday ta’rif doirasida epistemiologik, bilishga oid (struktura, sub’ekt va ob’ekt munosabati, yaratuvchanlik), semiologik (lisoniy qobiliyat, muloqot, tizim, belgi) hamda turli lingvistik tushunchalarning o‘zaro bogliqligi masalasi ham nazardan qochirilmaydi. Tilning ushbu turdagi semiologik modelida odatda uning umumiy xususiyatlari ta’kidlanadi. Bu xususiyatlar nutqda substantsiya shakliga ega bo‘lsa (ifodalanishda - tovushli, mazmun jihatidan - psixik), umuman tilda – bizning lisoniy qobiliyatimizga bogliq bo‘ladi. Alohida tillarda esa bunday semiotik umumiylik yo‘q, chunki belgi har bir tilda ixtiyoriy va har bir til alohida belgilar tizimidan foydalanadi.
Tilni siixron ixtiyoriy belgilar tizimi sifatida talqin qilish sossyurshunosliqda an’anaviy tus olgan. Odatda, til tizimini ushbu ko‘rinishda taxdil qilish tilning boshqa ixtiyoriy tizimlardan farqini ajratish maqsadini ko‘zlaydi. Zero, til alohida birliklarni (dastlabki o‘riida - lugaviy birliklarni) qo‘llashda vaziyatga moslashuv xususiyatiga ega. Boshqa turdagi formal tizimlar (jumladan, mantiqiy-matematik tizimlar)da bunday emas. Ular til tizimi umumiyligiga bo‘ysunishga majburdirlar, chunki faqatgina lison barcha tizimlarni yorituvchi vosita - metatil vazifasini o‘tash qobiliyatiga ega.
Tilshunosliqtsa uzluksiz muhokama qilinib kelinayotgan Sossyur ta’limotiga oid masalalardan yana biri «belgining sof lingvistik mohiyati va uning tahlili» masalasidir. Bu masala muhokamasida asosiy e’tibor belgining ikkiyoqlama xususiyatga ega bo‘lishiga qaratilmoqda. Buida Sossyur umuman «so‘z» tushunchasi xaqida so‘z yuritayotib, «konkret birlikni»
aniqlashga harakat qilganligini unutmaslik lozim. «Konkret birlik» so‘zlovchi ongida dastlab ifodalovchi belgilarni farqlovchi vosita sifatida ajratilsa, keyingi bosqichda ma’no va shaklni moslashtiruvchi vosita sifatida tasavvur qilinadi.
Tilning boshqa semiotik tizimlardan asosiy farqi shundaki, lisoniy birliklar nutkda ketma-ket tarzda ifoda topadi.
Bugungi sharoitda «assotsiatsiya» va «sintagma» tushunchalari tahlili masalasi yanada dolzarblashmokda, chunki sintagmaning til tizimiga yoki nutqqa oidligini aniqlash Sossyur ta’limotining sintaksisga oid tomonlarini tavsiflash uchun muhimdir. Ma’lumki, olim so‘zlovchining sintagmalar tuzishdagi shaxsiy istagi, ixtiyori bilan bir qatorda nutqiy vaziyatda hosil bo‘ladigan sintagmalarni ularning negizini tashkil qiladigan mavhum qoliplardan farqlash kerak ekanligini qayd qilgan edi.
«Assotsiatsiya» va «sintagma» tushunchalari munosabati ikkiyoqlama ekanligini e’tiborga olish natijasida murakkab birliklarni tarkibiy qismlarga ajratishda assotsiativ guruhlarni farqlash amalidan foydalaniladi. Bu esa har bir ajratiladigan tarkibiy birlik asosida ma’lum guruhga oid mavhum assotsiativ birlik turishi to‘grisidagi fikrning isbotidir.
Sossyur lisoniy birliklarning quyidagi to‘rt asosiy xususiyatga ega bo‘lishini uqtirgan edi: Har qanday lisoniy belgi ixtiyoriy, o‘zgalardai farqlaiadi, belgilari o‘zaro qarama - qarshi va ifoda vositasiga befarqlik. Sossyur izdoshlari ushbu xususiyatlarning alohida tillar tizimida va bu tizimlarning turli taraqqiyot bosqichlarida qay ko‘rinishda namoyon bo‘lishi masalasini tadqiq etib kelishmokda. Bunday tadqiqotlar, albatta, eslatilgan xususiyatlarning umumiylik darajasini tasdiqlash bilan bir qatorda, ularning alohida tillar tizimidagi faollashuv darajasida ma’lum farqlar mavjudligini isbotlovchi dalillar to‘plash imkonini ko‘paytirmokda.
Do'stlaringiz bilan baham: |