Yangi davr tilshunosligida Ferdinand de Sossyurning goyalari asosan ikki yo‘nalishda o‘rganilmoqda: 1) olimning semiotik va lingvistik goyalari bir-birini o‘zaro to‘ldiruvchi goyalar sifatnda qaralmokda; 2) sintaktik strukturalar («namuna» yoki «qoliplar») ko‘rinishndagi
«mavhum birliklar» lisoniy belgilarga (gap va uning qismlari) nisbatan ikkinchi bosqichdagi mavhumlashtirish natijasidir. Zero, ushbu lisoniy birliklar tabiiy nutqiy vaziyatda qo‘llanish holatidan mavhumlashtirilgan belgilardir. Binobarin, R.Amakerning qaydicha, Sossyurning lingvistik ta’limotini mantiqan qat’iy tartibda gi tizim sifatida tasavvur qilish mumkin. Buiday formal tizim taxdili ehtimolli - deduktiv tahlil nazariyasi doirasida kechadi.
Sossyur tilshunosligining asosiy goyalaridan biri belgi nazariyasini asoslash bilan bogliq bo‘lib, buning asosida semiologik tamoyil yotadi. Ma’lumki, olim inson nutqining barcha ko‘rinishdagi holatlari va uning bilan bogliq barcha hodisalarni batafsil o‘rganish lozimligini bir necha bor uqtirgan. Bu esa, o‘z navbatida, lingvistika fani oldiga o‘z-o‘zini formallashtirish va o‘z-o‘zini bilish (epistemologik vazifani bajarish) shartini qo‘yadi. Faqat ushbu shart ta’minlanganidan so‘nggina lisoniy tizimning siixron va diaxron taxdilini bajarish va tillarning umumiy xususiyatlarini aniqlash mumkin bo‘ladi.
Ko‘pchilik tadqiqotchilar Sossyurni «tilni o‘z-o‘zidan mavjud bo‘lgan va o‘zi uchun xizmat qiladigan» tizim sifatida ta’riflashda va xuddi ushbu ko‘rinishda til tizim tilshunosligi fanining predmeti sifatida qaralishida ayblashga harakat qiladilar. Aslida, Sossyur lingvistik taxdil
«ichki» va «tashqi» tilshunoslikka oid barcha hodisalarni qamrab olishi lozimligini qayta-qayta uqtirgan.
R.Amakerning fikricha, tilning tabiati tavsifida semiologik yoidashuv substantsiyaga nisbatan emas, balki shaklga nisbatan qo‘llanishi lozim. Buidan tashqari, tilnnig ijtimoiy xususiyatida lisoniy faoliyatning til va nutq munosabatining uzviyligi hamda ushbu munosabat lisoniy qobiliyatni shakllantirishini unutmaslik lozim.
Sossyurshunoslar e’tiborini tortadigan yana bir soha olim tomonidan ajratilgan dixotomiyalar (qarama-qarshi juftliklar)dir. Bu dixotomiyalar (lisoniy) belgining ixtiyoriyligi tamoyili asosida isbotlanadigan teoremalar sifatida talqin qilinadilar. Ixtiyoriylik tamoyili esa Sossyur ta’limotining asosiy aksiomasidir. Tadqiqotchilar dastlabki o‘rinda «qobiliyat va ta’sis qilinganlik (instituttsion)» qarama-qarshiligini eslashadi, chunki uning asosida lisonning umumiy xususiyatlari yotadi. Bu xususiyatlarda lisoniy qobiliyatning ijtimoiy xarakteri va biologik
tomoni o‘z aksini topadi. Keyingi o‘riida taxdil qilinadigan dixotomiyalar «sinxroniya va diaxroniya» «shakl va substantsiya», «ifodalovchi va ifodalanmish», «til va nutq» kabilardir. Bulardan «ifodalovchi va ifodalanuvchi» dixotomiyasiga aloxnda e’tibor qaratiladi: ifodalovchi tovushlar guruhi sifatida (ifoda plani) qaralsa, ifodalanmish ma’no guruhiga (mazmun plani) kiritiladi hamda ularning har ikkalasi ham aniq nutqiy vaziyatda, ya’ni til va nutq hodisalarining dialektik munosabati doirasida ajratiladi, tavsiflanadi.
Sossyurning zamonaviy tilshunoslik taraqqiyotidagio‘rni.
Zamonaviy sossyurshunosliqda tilning semiologik modeli tushunchasi belgining o‘ta darajadagi ixtiyoriyligi haqidagi goya targibi doirasida talqin qilinmokda. Buning ustiga, ko‘nchilik Sossyur ta’limotini anglashning kaliti ham aynan ixtiyoriylik goyasida deb hisoblaydi. Biroq bu masala atrofida ma’lum darajada tortishuvlar ham yo‘q emas. Masalan, R.Amaker ta’kidicha, Sossyur
«Umumiy tilshunoslik kursi»ni nashrga tayyorlovchilar muallifning ayrim fikrlarini buzib talqin qilishgacha borib etishgan. Sossyurning «ifodalanmish va ifodalovchini boglovchi aloqa to‘ligncha ixtiyoriydir» mazmunidagi fikrida narsa-hodisalar va ularni atovchi nutqiy birliklar munosabati nazarda tutilmasdan, balki insonlarning tarixan shakllangan ijtimoiy tajribasiga asoslangan voqelik haqidagi bilimi inobatga olinadi. Ixtiyoriylik goyasi lisoniy belgilarning mazmundorligi (mazmuniy ahamiyati) tushunchasining talqinida ham o‘z ifodasini topadi.