Har bir olimning fan rivojiga qo‘shgan hissasiga beriladigan baho turli davrlarda turlncha bo‘lishi mumkinligini hech kim inkor etmaydi. Ammo Sossyurning nomi mana qariyb bir asr davomida tildan tushmaydi, uning ta’limotini kamsitishga hech kim jur’at qilmaydi. Olimning tilshunoslik nazariyasiga qo‘shgan hissasi, lisoniy belgilar tizimi haqidagi ta’limoti doimo yuqori baholanib kelinmokda. Shu sababli Ferdinaid de Sossyurning nomini buyuk fan arboblari bilan bir qatorga qo‘yishadi. Sossyur ta’limoti negizida strukturalizmning turli yo‘nalishlari rivoj toidi va shuni aytish joizki, bu yo‘nalishlarning ba’zilari sossyurona strukturalizmdan qanchalik uzoqlashmasinlar (masalan, N.Xomskiy nomi bilan bogliq Amerika strukturalizmi), baribir metodologik asos saqlanadi.
Struktural maktablarning va struktural metodlarning yaratilishi.
Strukturalizm (ingl. structural so‘zidan olingan) bo‘lib, tilni o‘zaro bog‘langan va nisbatlangan til birliklaridan iborat butun bir tahlil metodi hisoblanadi. Ushbu metod til va nutq birliklari, ushbu birliklarning o‘xshash va noo‘xshash jihatlari, joylashish tartibi va boshqa nisbiy aloqalarni aniqlash bilan shug‘ullanadi. Struktual tilshunoslik uchun tilning ichki qurilishi, til tarkibini tashkil etuvchi tarkibiy qismlar orasidagi munosabatlar, oppozitsiyalar, ya’ni tilning struktural tomonlari tilning asosiy aspekti hisoblanadi.
Olamdagi narsa va hodisalarning har biri o‘zaro chambarchas bog‘liq ichki guruhlarning bir butunligidan iborat bo‘lib, bunda har qaysi butunlik boshqa butunlik bilan uzviy munosabatda bo‘ladi. Buni hayvonot olami va o‘simliklar dunyosining o‘zaro va ayni paytda bilan insoniyat bilan uzviy aloqalari, ularning bir-birisiz yashay olmasligidan ham ko‘rish mumkin.
Har qanday sistema ichki bo‘linuvchanlik xususiyatiga, muayyan ichki tuzilishga ega bo‘lgan 2 va undan ortiq birliklarning o‘zaro munosabatidan iborat bo‘lib, ayni paytda o‘zi alohida strukturani tashkil etadi. Demak, sistema qismlardan, bo‘laklardan iborat bo‘lsa, struktura ushbu qismlar, bo‘laklar o‘rtasidagi ichki munosabatdir. Ya’ni, sistema - butunlik, struktura – xususiylik hisoblanadi. Ular o‘zaro uzviy bog‘liq, bir-birini taqazo qiladi, ayni paytda har biri o‘ziga xos tomonlari, xususiyatlari bilan mustaqil bo‘ladi.
Sistema strukturaga nisbatan murakkab, ko‘p tarmoqli hodisa, u bir-birini taqozo etuvchi, bir- biri bilan pog‘onaviylik munosabatida turuvchi uzvlardan tashkil topadi. Bu munosabatlar jins va tur, butun va bo‘lak munosabatlaridan iborat bo‘lib, ushbu pog‘onaviy munosabat tufayli ma’lum turlarga nisbatan jins, bo‘laklarga nisbatan butun bo‘lgan qism boshqa butun yoki jins tarkibiga bo‘lak yoki tur bo‘lib kirishi mumkin. Masalan, olma bir qator navlar (masalan, jonoqi, razmarin, semerinka va h.z. ) ga nisbatan jins, ushbu navlar o‘z navbatida tur bo‘lib kelsa, mevali daraxtlarga va umuman o‘simlikka nisbatan tur, chunki daraxt ham o‘simliklarning muayyan turi hisoblanadi va ayni paytda, avvalo, mevali, mevasiz, dekorativ daraxtlar turlariga bo‘linadi. Ushbu turlarning har biri o‘z ichida har xil turlarga bo‘linishi ham barchaga ma’lum.
Til sistemasi uni tashkil etuvchi qismlari, strukturasiga ko‘ra juda murakkabligi, ko‘p yarusliligi bilan ajralib turadi. Tilning fonetik, leksik, morfologik, sintaktik sathlari struktura qatlamlari bo‘lib, ular bir butunlikni tashkil etadi va o‘zaro dialektik aloqadorligi bilan tilning mavjudligini ta’minlaydi. Tilning har bir birligi butunlikning qismi sifatida sistema tarkibiga kiradi. Ayni paytda til sistemasining har bir sathi o‘ziga xos sistemalar bo‘lib, ular ham muayyan struktural elementlardan – muayyan ijtimoiy vazifani bajaruvchi moddiy birliklardan tashkil topadi. Demak, tilni sistemalarning sistemasi, deb atash mumkin. Bunda til sathlarining yig‘indisi makrosistema bo‘lsa, ichki yaruslar sistemasi mikrosistema sifatida namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |