- Ushbu metodda nutq birliklari (so‘z birikmasi va gaplar) tuzilishi, qanday qismlardan tashkil topishi, ular orasidagi munosabat, aloqalarni o‘rganadi. Bevosita ishtirokchilar – BI metodiga muvofiq avval gapdagi tayanch nuqta – konstruksiya, so‘ngra mazkur konstruksiya tarkibidan ishtirokchilar va bevosita ishtirokchilar ajratiladi. Konstruksiya bu ma’noli qismlarning ketma-ket munosabatidan tashkil topgan butunlik bo‘lib, kattaroq konstuksiya tarkibiga kirgan barcha so‘z va morfemalar ishtirokchilar, mazkur konstuksiyaning bevosita shakllanishida ishtirok etgan bir yoki bir nechta ishtirokchilar esa bevosita ishtirokchilar deyiladi.
- Masalan, Shabboda qurg‘ur ilk sahar olib ketdi gulning totini misrasida olib ketdi gulning totini BI (bevosita ishtirokchilar), qolgan so‘zlar esa ishtirokchilar sanaladi. Bu gapda bir nechta konstruksiya mavjud bo‘lib, har bir konstruksiya qismlarga bo‘linadi va bu bo‘linish o‘zaro graduallik –darajalanish xususiyatiga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |