- Ushbu metod lisoniy birliklarning nutq faoliyatidagi, asosan matndagi qo‘llanish miqdorini tadqiq qiladi. Mazkur metod til sathlarining barchasiga nisbatan qo‘llanishi mumkin. Biroq uning eng ko‘p ishlatiladigan sohasi leksikologiya va leksikografiya hisoblanadi. Statistik tahlil asosida qo‘lga kiritilgan ma’lumotlar yordamida eng faol va eng passiv so‘zlar, so‘zlarning me’yoriy va me’yoriy bo‘lmagan qo‘llanishi belgilanmoqda, tarqalish chegarasi, ko‘lami aniqlanmoqda. Bu metod nazariy va amaliy tilshunoslik uchun qimmatli ma’lumotlar beradigan chastotali lug‘atlar tuzish, lug‘at minimumlari yaratishda qo‘llanadi.
- Shuningdek, so‘z shakllari, fonema, morfemalarning qanday taqsimlanishi, o‘zaro birikuvda qanday faollikka egaligini ham aniqlashga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |