Asarning yozilish uslubi shundayki, unda hammaga yaxshi ma
’lum masalalar bilan
birga, kam uchraydigan holatlar, u yoki bu masalaning nozik tomonlari ikir-chikirigacha
izohlab beriladi. Hozirgi
davr tili bilan aytadigan b
o‘lsak, chiqarilgan asosiy qonunga
t
o‘la-to‘kis sharhga o‘xshaydi. Kitobda kimlar va qancha zakot to‘lashi kerakligi haqida qiziq
ma
’lumotlar keltiriladi. Odatda daromadning qirqdan bir hissasi (2,5 foizi) hisobidan zakot
t
o‘lanishi kerak. Chorvachilikda 40 echkidan bittasi zakot hisobida beriladi, mol soni kam
b
o‘lsa, olinmaydi. Zakot to‘lashda bir yoshdan kichik qo‘zilar hisobga kiritilmaydi.
Otlarda esa boshqacha hisob-kitob qilinadi, ya
’ni har otdan bir dinor yoki ot
bahosining 9 foizi miqdorida zakot t
o‘lanishi kerak. Ammo eshak, xachir va boshqa ishchi
hayvonlar (x
o‘kiz, tuya) dan to‘lov olinmaydi. Agar ular oldi-sotdi muomalasida bo‘lsa, ahvol
o‘zgaradi va zakot beriladi. Bir yoshga to‘lmagan echki, buzoq va bo‘taloqlar ham umumiy
hisobga
kiritilmaydi, ammo 25 ta tuyadan bittasi, 66 tadan boshlab ikkita, 145 tadan
orti
g‘idan uchta tuya zakot hisobiga berilishi kerak. Shu yerda muhim bir fikr borki, agar mol
egasi shu molning (natura)
o‘rniga uning bahosiga teng zakotni pul shaklida to‘lashi ham
mumkin, deyiladi.
Yana muhim bir k
o‘rsatma diqqatga sazovorki, zakot yig‘uvchi eng yaxshi (sara)
molni emas,
o‘rtacha bahodagi molni olishi talab etiladi. Undan tashqari, zakotni oldindan
ham t
o‘lash mumkinligi ko‘rsatiladi.
Kumush narsalardan olinadigan zakotda
o‘rtacha nisob (soliq
olinishi mumkin
b
o‘lgan miqdori) 200 dirham deb belgilangan, bundan 2,5 foiz (ya’ni 5 dirham) zakot
olinadi. Agar kumush miqdori 200 dirhamdan ortiq b
o‘lsa, har qo‘shimcha 40 dirhamdan
yana zakot beriladi va hokazo.
Oltindan olinadigan zakot miqdori
o‘ziga xosdir. 20 misqolgacha zakot olinmaydi (bir
misqol
o‘rtacha 4,5 gramm), 20 misqoldan yarim misqol(2,5 foiz) zakot to‘lanadi. 20
misqoldan ortiq har 4 misqoldan 2 karat, (ya
’ni 12 dan 1 unsiya) zakot berish kerak.
Shaxsiy, xususiy mulk hisob-kitobi kumush yoki ekvivalentiga qarab belgilanadi.
Xatto kumush va oltin ham umumiy baho asosida yagona qiymatga keltirilishi mumkin.
Topilgan kon xazina uchun beshdan bir (20 foiz) zakot olinishi lozim. Masalan, biror
yerdan yoki ekilayotgan joydan xazina topilsa, shu usuldan foydalaniladi. Qimmatbaho
toshlardan zakot t
o‘lanmaydi, chunki toshlar zakotdan mustasnodir.
Tabiiy (yom
g‘ir, qor suvi bilan) sug‘oriladigan yerlardagi hosilning o‘ndan biri (10
foizi) ushr shaklida olinadi. Ammo
o‘rmon, yaylov, chalakalakzor zakotdan ozod etilgan.
Sun
’iy sug‘oriladigan yerlar hisobidan ushrning yarmi (50 foizi) miqdorida soliq to‘lanadi.
Burhoniddin al-Mar
g‘inoniy o‘z asarida zakotni taqsimlash qonun-qoidalarini ham
bayon etadi. Aholining ayrim toifa vakillari: faqir, miskin, zakot yi
g‘uvchilar, qarzdorlar
yi
g‘ilgan zakotdan foydalanish imkoniyatlari egaligi haqida ham qimmatli fikrlar bildirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: