Limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi



Download 0,85 Mb.
bet8/11
Sana22.06.2021
Hajmi0,85 Mb.
#73395
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Choriyev Arip

XULOSA VA TAVSIYA

Didaktik o’yinlar o’zining shakli jihatidan asosan o’qitish vazifasiga xizmat etadi va o’quvchilar e’tiborini o’ziga jalb qilib, qiziqarli, maroqli, tushunarli darajada olib boriladi. O’quvchilar berilgan har bir topshiriqni izchil bajarishga odatlanishadi, ularda didaktik topshiriqlarni bajarishga bo’lgan qiziqish orta boradi. Didaktik o’yinlar ta'limning ko’rgazmaliligini, tarbiyachining nutqini va bolalar harakatini o’z ichiga oladi.

Shunday qilib, o‘quvchilarning bilish faoliyati motivatsiyasining rivojlanishida didaktik o‘yinning o‘rni juda katta, o‘qitish jarayonida uning psixologik taxlili quyidagilarni ko‘rsatadi:

-o‘yin maktab o‘quvchilariga erkin tasavvur qilishga, madaniy boyliklariga ega bo‘lish va ma’lum ko‘nikmalarnni qayta ishlashga yordam beradi;

-o‘quvchilar, o‘yin faoliyatiga kirishganda o‘qitishdagi o‘z extiyojlarini qondiradi, boshqa misollar bilan o‘zaro ta’sir etishni o‘rganadi;

-O‘yin o‘quvchilarning shaxsiy indivedualliklarini namoyish etishga va o‘z ichki resurslariga yaqinroq yondashishga ularning shaxsini qismi bo‘lib qoladi, kuzatuvchanlikni, topqirlikni, mustaqil fikrlashni, obrazli va mantiqiy fikrlashni, xar bir o‘quvchi intellektual rivijlantiradi;

-o‘quvchi o‘yindan xursand bo‘ladi;

-o‘yin dastur materialini o‘rganishni engillashtiradi;

-o‘quvchilarning fikrlash faoliyatini, o‘quvchilar diqqatini, kuchi va bilim faoliyatini faollashtiradi. Biz bitiruv malakaviy ishi izlanishlari natijasida quyidagi xulosalarga keldik:


  1. Har bir mashg‘ulot uchun tayyorlanayotgan didaktik materialllar individual xarakterda bo‘lishi, ya’ni har bir mashg‘ulot mazmuni, o‘quvchilarning yosh, psixologik xususiyatlari hamda vaqt imkoniyatlarini inobatga olgan haolda tayyorlash lozim.

  2. Didaktik o‘yinni tayyorlashda yuqorida ishlab chiqilgan talablarga e’tibor qaratish ulardan foydalanish samaradorligini oshirishga hizmat qiladi.

  3. Didaktik o‘yindan foydalanishni takomillashtirish uchun o‘quv qurollari bilan birgalikda bir necha marta foydalanishga mo‘ljallangan didaktik o‘yin tizimini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish o‘qituvchilar uchun juda muhim yordam bo‘ladi.

O’qish darslarida o‘yinli holatlarni yaratish o’qishga qiziqishni oshiradi, o‘quvchiga turlilik va xayajonli yorqinlikni olib kiradi, charchoqni oladi, diqqatni, zehnni, musobaq xissini, o‘zaro yordamni rivojlantiradi. Xarakteri bo‘yicha turli bosqichlarida didaktik o‘yinni muntazam qo‘llash maktab o‘quvchilarining bilish faoliyati motivatsiyasini rivojlantirishning samarali vositasi. U o‘quvchilarning bilimlari, bilishlari va ko‘nikmalarining sifatini oshirishga, aqliy faoliyatini shakllantirishga ijobiy ta’sir etadi. Didaktik o‘yinlar maktab o‘quvchilarini o‘qitish va tarbiyalashning an’anaviy shakllarini to‘ldirish huquqiga ega.

Didaktik o‘yinda ikkilanuvchi xarakter ko‘rinadi o‘yinni tushuntirish da o‘quvchilar uchun asosiysi- o‘yinning o‘zi, o‘qituvchi uchun asosiy- didaktik natija (o‘yinnig metodik ahamiyati). O‘quvchilar uchun qiziqarlilik axborot o‘zlashtirish, takrorlash, mustahkamlash bo‘yicha monoton faoliyatni sezilmaydigan, ijobiy xayajonli va qiziqarli qiladi.

Xulosa qilib aytganda didaktik o’yinlar o’quvchining xis – tuyg’usiga ta’sir etib, unda o’zida ijobiy munosabat va qiziqish xislatlarini targ’ib toptiradi.O’quvchilar o’yinni zo’r mas’uliyat bilan o’ynaydilar. O’yin boshlanishini sabrsizlik bilan kutadilar, ularning ongida ertangi o’quv kirishish quvonchi manzarsini gavdalantiradi.

Boshlangich sinflarda ta’lim jarayonini tashkil etish va uz navbatida samaraga erishish ta’lim mazmuni va moxiyatiga bog‘liqdir. Bu borada ta’limni samarasini oshrishda kurgazma kurollar yangi ta’lim texnologiyalari bilan bir qatorda didaktik o‘yinlardan foydalanish ham bolalarning ijodiy faoliyatini ham ustirib, bolalardagi mustail faoliyatni shakillantiradi.

O‘zbekiston respublikasida xar tomonlama rivojlangan shaxs tarbiyasida asosiy urinni ta’lim bkrish egalaydi. Ta’lim jarayonida bilim berish bilan bir katorda tarbiya hamda beriladi. Bu ishlarni amalga oshirishda o‘qituvchilarni ng tayyorgarligi hamda muxim ahamdaiiyat kasb etadi.

Biz yuqoridagi nazariy- ilmiy,amalaiy va metodik xulosa va ishlarga tayanib kuydagicha metodik tavsiyanomalarni tavsiya etamiz. Bu tavsiyalar uz navbatida boshlangich sinflarda ta’lim jarayonini tashkil etish vaktida didaktik o‘yinlardandan foydalanishnin samarali natijalarini olishga ko‘mak beradi.

Ta’lim mazmunini nazariy jixatdan tahlil qilish

Ta’lim jarayonini pedagogik talablar asosida yo‘lga qo‘yish

Ta’lim jarayonida bolalar faolligini ta’min etish

Ta’lim jaryonida didaktik o‘yinlardandan foydalanishning metod va metodikasini egallash

Pedagogik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish

Maktab predmeti sistemasi fan sistemasini aks ettirib, ta’limning uz vazifalari va xususiyatlariga muvofik tarzda kengayib boradi. Boshlangich sinflarda tabiat va jamiyat olami xodisa va konuniyatlarini ochib berish natijasida o‘quvchilar chukur ilmiy bilimlar bilan kurollantiriladi. O‘quvchilar ana shu bilimlar asosida tevarak-atrofdagi moddiy dunyoni tugri tushunadilar.O‘qituvchi o‘z fanini qanchalik sodda usulda bayon qilmasin, щamisha material mazmunining siyqalanishiga yo‘l qo‘ymasligi, balki chuqur ilmiy asosda bayon qilishi lozim. Ta’limning ilimiylik talabi o‘quvchilarning uni yoritish xarakteri va o‘quvchilarning bilimlaarin o‘zlashtirib olishlariga щam taalluqlidir.

Ta’lim jarayonida o‘quvchilar bilimlar sitetmasini egallab qolmaydilar, balki bir qancha ko‘nikma va malakalar ham hosil qiladilar.

Maktabimiz ta’lim mazmuni takomillashtirib borilayotgan щozirgi vaqtda o‘quvchilarda xilma-xil ko‘nikmalar tarkib toptirishga aloщida etibor berilmoqda.

Demak, boshlangich sinflarda ta’lim jarayonida didaktik o‘yinlardan foydalanishda hamda ta’lim samaradorligini oshirishda yuqoridagi tavsiya va xulosalardan foydlananish xar tomonlama rivojlangan shaxs tarbiyasida uz ko‘magini beradi.

O‘yinli o‘qitishga qiziqishning ortishi uning quyidagi pedagogik imkoniyatlari bilan bog‘iq: birinchidan, o‘yin bilish faoliyatining motivatsiyasi rivojlanishiga yordam beradi, ikkinchidan, u o‘z mazmuni va strukturasida real kasbiy faoliyat xususiyatlarini aks ettirgan holda ko‘p funksionalli xarakterga ega, uchinchidan, kasbiytayyorlash jarayonida o‘quvchilarni o‘yin faoliyatiga jalb etishshaxsning real hayotga moslashgan sifatlarini shakllantirishga yordam beradi. To‘rtinchidan, metodik to‘g‘ri tashkil etilgan didaktik o‘yin nazariy bilimlarni, tizmiylashtirishni, amaliybilish va ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. Har bir o‘qituvchi darslari qiziqarli, zavqli va esda qoladigan bo‘lishini xoxlaydi. YOsh o‘qituvchilar fanni yaxshi bilish va qiziq qilib aytib berish etarli deb o‘ylashadi. Ammo maktabda dars berish bunday xayoldan tez xoli qiladi.

Didaktik o‘yin nafaqat o‘quvchilarning ijodiy izlash darajasida ishini, balki materialni o‘rganishi bo‘yicha kundalik qadamlarini ham qiziqarli va zavqli qilish imkonini beruvchi noyob shakllardan biri. O‘yining qiziqarli shartli olamni eslab qolish, takrorlash, mustahkamlangan yoki o‘zlashtirish bo‘yicha monoton faoliyatni ijobiy rangda qiladi, o‘yin xarakatlarining emotsionalligi o‘quvchining barcha psixik jarayonlari va funksiyalarini faollashtiradi.

Ta'lim jarayonida uyushtiriladigan didaktik o'yinlar ham o'quvchilar tafakkurini rivojlantirish vositasi sanaladi. Didaktik o'yinlarga dam olish yoki vaqt o'tkazish vositasi emas, balki ta'lim beruvchi faoliyat deb qarash lozimdir.

Ta'limiy o'yinlarning turli xil tasnifi mavjudligi xususida ishning birinchi bobida to'xtalib o'tgan edik. O'yinlar mazmuni va amalga oshirish shakliga ko'ra sinflarga ajratilgan edi. Quyida boshlang'ich sinf o‘qish darslarida uyushtiriladigan didaktik o'yinlar va ularning mustaqil fikrlash bilan bog'liq o'ziga xos xususiyatlari haqida fikr yuritamiz.

O'qituvchining vaqti-vaqti bilan rag'batlantirishi o'quvchilarning o'ziga bo'lgan ishonchini orttiradi. Bu o'yindan darsdan tashqari mashg'ulotlarda, to'garaklarda ham bemalol foydalanish mumkin. Masalan: Nafisa, soat, yomg'ir, kitob.

«U kim? Bu nima?». Stol ustiga bir qancha predmetlar terib qo'yiladi. O'qituvchi shu predmetlardan birortasini ta'riflaydi. O'quvchilar shu belgilar asosida gap nima haqida borayotganligini topadilar.

Bu o'yinning afzallik tomoni shundaki, uni dars davomida o'quvchilar diqqatini jamlash, qo'llariga dam berish maqsadida yoki yangi tovushlar bilan tanishtirish, yangi mavzuni bayon qilish jarayonida foydalanish mumkin.

Bu o'yin o'quvchilarda ziyraklik, sinchkovlik sifatlarini va mustaqil fikrlash qobiliyatlarini shakllantirishga imkon beradi.

Masalan: U shar shaklida. Uni mashhur sportchilarimiz ham stadionlarda o'ynaydilar. U yosh bolalarning ham sevimli o'yinchog'i. (javob: koptok).

«Topag'on». O'qituvchi biror belgi asosida savol beradi. O'quvchilar shu belgini o'zida aks ettirgan predmetlar nomlarini aytadilar. Eng ko'p to'g'ri javob topgan o'quvchilar g'olib sanaladi. Bu o'yinni o'tkazish o'quvchilarga so'z turkumlari haqidagi dastlabki ma'lumotlar berish jarayonini engillashtiradi. Bundan tashqari, hozirjavoblik, mustaqillik, ziyraklik, ijodkorlik kabi sifatlarni shakllantiradi.

Savol: Nima oq rangda?

Javob: qog'oz, daftar, bulut, parda, qor, buvimning sochlari, ..

«Noto'g'ri jumla». Bu o'yin suratlar asosida o'tkaziladi. O'qituvchi suratni tasvirlab berish davomida suratga tegishli bo'lmagan jumlalarni ham ishlatadi. O'quvchilar ziyraklik bilan shu jumlani topishlari lozim.

O'quvchilardan bu o'yin davomida ziyraklik, sinchkovlik, kuzatuvchanlik va diqqat talab qilinadi. Ular suratni sinchkovlik bilan kuzatish bilan bir qatorda o'qituvchining hikoyasini ham diqqat bilan tinglab turadilar. Har bir noto'g'ri jumlani topish ularning o'ziga bo'lgan ishonchi va darsga qiziqishini orttiradi.

Bu o'yindan faqat o‘qish darslarida emas, darsdan tashqari mashg'ulotlarda ham foydalanish mumkin.




Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish