Kn .
ок
Havoga va suvga toyingan tog’ jinslari uchun g’ovaklik va namlik - aynan bir xil turdagi tog’ jinslari uchun hajmiy og’irlik qiymatlarining tarqoqligini belgilovchi asosiy omillardir. Solishtirma og’irligi va g’ovakligi bir xil bo’lgan hollarda gazga to’yingan tog’ jinslarining hajmiy og’irligi kamayadi; ayrim tog’ jinslari suvda to’yinganda ularning hajmiy og’irligi ortib boradi. Tog’ jinslarining hajmiy og’irligi ularning yotish (joylashish) chukurligiga bog’liqdir: g’ovakliligi katta bo’lganligi sababli er yuzasida joylashgan tog’ jinslarining hajmiy og’irliklari, ancha chuqurda joylashgan tog’ jinslarining hajmiy og’irliklariga nisbatan kichikdir.
Tog’ jinslarining hajmiy og’irliklarini aniqlash usullari. Tog’ jinslarining hajmiy og’irligi laboratiriya va tabiiy sharoitlarda (massivlarda) aniqlanadi.
Laboratiriya ishlari. Tog’ jinslarining hajmiy og’irligi tabiiy sharoitda qaraganda laboratiriya sharoitida aniqroq o’lchanadi. Laboratiriya sinovlari uchun quyidagi asbob-uskuna va materiallar kerak bo’ladi: tog’ jinslarining namunalari (bir xil turidan 5-6 ta), texnik tarozilar va mayda qadoq toshlar, shtangensirqul, parafin, pech va parafin erituvchi idish, namunalarni quritish uchun elektr pechi ingichka ipakli ip, hajmo’lchagich, stakan - menzurka distillangan suv, filtirlovchi qog’oz, ninalar, dag’al gil cho’tkasi.
Hajmiy og’irligni aniqlashning turlicha usullari bor. To’g’ri shaklli namunalarni ol’chash (kubiklar, prizmalar, silindrlar) - eng oddiy usul. Namunaning o’lchami shtangensirqul yordamida 0,1 mm gacha aniqlikda o’lchanadi. Har bir qirra yoki diametrni ol’chash to’rt marta qaytariladi, keyin har bir qirra uchun o’rtacha arifmetic kattalik aniqlanadi. Kub yoki prizmaning hajmi
uning asosini balandligiga ko’paytirish orqali aniqlanadi. Silindr hajmi Vts quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Vts = 0,785 d2h yoki Vts = r2h, sm3, d - diametrsosi, sm3; r - radius, sm; h - balandligi, sm.
Tabiiy hajmiy og’irlikni aniqlash uchun to’g’ri shaklli tog’ jinsi namunalari texnik torozlarda 0,01 gacha bo’lgan aniqlikda tortiladi. To’g’ri tog’ jinsi namunasining uning og’irligini hajmida nisbati sifatida 0,02 g/sm3 gacha aniqlikda hisoblanadi. Bir xil shakldagi namunalar hajmiy og’irligining o’rtacha qiymati sifatida kamida 5-6 marta aniqlangan natijalar bo’yicha hisoblanadi. Halmiy og’irliklar qiymati keskin o’zgarganda ularning o’rtacha qiymatlari hisoblanmaydi, aniqlangan natijalari xato hisoblanadi va ular natijaning o’rtacha qiymatidan chiqarib tashlanadi yoki tajriba uchun olingan tog’ jinsida kam uchraydigan va aniqlashda xatolikkarda olib keluvchi kavaklar darzliklae, mergelli, ma’danli va boshqa begona qo’shilmalar mavjud bo’lganda ular alohida ko’rsatib o’tiladi.
Mutlaq quruq tog’ jinsining hajmiy og’irligini aniqlash uchun ular quritish shkafida (javonida) 24 soat davomida 1100C haroratda quritiladi (zohiriy hajmiy og’irlikni olish uchun quruq namuna og’irligi uning hajmida bo’linadi). To’g’ri shaklli namunaning o’lchash usuli jiddiy kamchiliklarga ega: 1) to’g’ri shaklli tog’ jinslari namunalarini tosh kesuvchi burg’ilash, silliqlovchi dastgohlarda tayyorlash qiyin; chunki aksariyat tog’ jinslari turli nuqsonlari bo’lganligi uchun kesim paytida buziladi; 2) kesish paytida suv, abrasiv kukundan foydalaniladi, natijada tog’ jinsining tabiiy holati o’zgaradi; 3) nuqsonlarning borligi tufayli namunaning hajmi aniq emas.
Hajmiy og’irlikni hajmo’lchagich yordamida aniqlash. Ixtiyoriy, noto’g’ri shaklli tog’ jinslarining hajmini aniq o’lchash uchun hajmo’lchagichdan foydalaniladi. Hajm o’lchagich-o’lchov belgilari tushirilgan va ichidagi suyuqlikka bir bo’lak tog’ jinsi tushirilganda suyuqlik hajmining ortishini hisoblashda imkon yaratuvchi idishdir, ya’ni suvning hajmi unda tushirilgan tog’ jinsi hajmida teng ravishda ko’tariladi. Hajm o’lchagichning boshqa turi-metall yoki plastmassa silindr bo’lib, uning myayan balandligida diametri 8-10 mm ga yaqin bo’lgan va og’zi pastda qaratilgan jez yoki mis jo’mrak o’rnatilgan. Hajm o’lchagichning jo’mragi yopiladi, ichi uy haroratidagi distillangan suv bilan to’ldiriladi, jo’mrak ochiladi va suv to jo’mrak quvuriga kelib toxtaguncha oqizib yuboriladi, suv tomchilab tushgan vaqtda jo’mrak berkitiladi. Jo’mrak quvuri tagiga oldindan tortilgan toza stakan qo’yiladi. Ixtiyoriy, noto’g’ri shaklli namuna texnik tarozlarda 0,01 gacha bo’lgan aniqlikda tabiiy holatda tortiladi G, tortib ko’rilgandan so’ng ingichka ipak ip bilan chandib bog’lanadi va parafini 70-800C gacha bo’lgan haroratda eritilgan idishga solinadi (undan yuqori haroratning bo’lishiga yo’l qo’yib bo’lmaydi, chunki parafin juda ham suyuqlashib namunaning g’ovaklarida kirib qoladi, agar harorat past bo’lib qolsa, u qotib qoladi va parafinning yupqa pardasi tog’ jinsi yusasida yopishmaydi). Parafin pardasi yopishgan sovigan namunada hosil bo’lgan havo pufakchalarining har biri qizdirilgan ninalar yordamida teshilib yo’qotiladi. Bog’langan ipni echish mumkin, so’ngra tekislanadi va teshikchalar eritilgan parafin yordamida
berkitiladi. G’ovaklar ochiq holda qolmasligi kerak (suv namunaning ichiga kirishi mumkin). Parafinlangan namuna qayta texnik tarozlarda tortiladi G1, g, so’ngra uni ehtiyotkorlik bilan ichida suvi bo’lgan hajmo’lchagichga tushuriladi va jo’mragi ochiladi. Namuna siqib chiqarilgan suv jo’mrak orqali stakanga oqadi. Stakanga suv tomchilari tushib bo’lgandan so’ng, stakan ichidagi suvi bilan yana o’lchanadi hamda namuna siqib chiqargan suvning ogirligi aniqlanadi (G2, g). Mazkur ogirlik parafinlangan namunaning hajmida muvofiq bo’ladi (sm3). Tabiiy shaklli tog’ jinsi namunasining hajmiy ogirligi quyiladi formula orqali aniqlanadi:
G2
G ,
G1 G
g/sm3,
n
bu erda - tabiiy shaklli tog’ jinsining hajmiy ogirligi, g/sm3; G - tabiiy shaklli namuna ogirligi, g; G1 - parafinlangan tog’ jinsi ogirligi, g; G2 - parafinlangan tog’ jinsi namunasi tomonidan siqib chiqarilgan distillangan suv ogirligi, g; p - parafinning hajmiy ogirligi (0,87-0,91), g/sm3.
Do'stlaringiz bilan baham: |