Iqtisodiy resurslar - ishlab chiqarishda foydalaniladigan omillar yoki ishlab chiqarish omillari.
Iqtisodiy o`sish - ishlab chiqarishda foydalaniladigan resurslar miqdorini oshirish yoki texnologiyani takomillashtirish orqali jamiyatning ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish.
Investision loyihani oqlash muddati- joriy foydalar yi?indisini investisiya qiymatiga teng bo`lishini ta`minlovchi minimal vaqt oralig`i.
Investisiyalash - asosiy kapitalni to`ldirish va o`stirish uchun vapital qo`yish jarayoni.
Investisiyani ichki oqlash normasi - investision loyiha samaradorligi ko`rsatkichi. Investisiyani qiymati bilan kelajakda olinadigan sof foydaning diskontirlangan qiymati yig`indisini nolga aylantiruvchi ichki qaytim normasi.
Inglizcha auksion- bunda stavka pastdan yuqoriga tovar sotilgunga qadar oshib boradi, tovar taklif qilingan maksimal narxda sotiladi.
Inson kapitali nazariyasi - inson kapitaliga investisiya qo`yish natijasida ish haqining har xil darajada bo`lishi sabablarini tushuntirib beruvchi nazariya.