Daromad samarasi (income effect) - iste`mol majmuasiga kiruvchi ne`matlardan birining narxi o`zgarishi natijasida hosil bo`lgan real daromad hisobidan iste`mol tarkibini o`zgarishi.
Diversifikasiya - tavkkalchilikni pasaytirish usuli bo`lib bunda tavakkalchilik (yo`q otishlar) bir qator tovarlarga shunday taqsimlanadiki, tovarlardan bittasini sotib olishdan tavakkalchilikning ortishi boshqa tovarni sotib olishdagi tavakkalchilikning pasayishini bildiradi.
Diskontlash - qiymatlarni (daromadni, xarajatni, kapitalni) boshlang`ich yilga yoki oxirgi yilga keltirish.
Dispersiya - kutiladigan natijadan haqiqiy natijaning o`rtacha kvadratik chetlanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |