Ijara haqi (to`lovi) - yerdan foydalanuvchi tomonidan bir yilda yer egasiga to`lanadigan pul miqdori.
Izokvanta - bir xil hajmda mahsulot ishlab chiqarishni ta`minlovchi omillar sarflari kombinasiyalarini ifodalovchi egri chiziq.
Izokosta - yig`indisi bir xil yalpi xarajatga teng bo`lgan resurslar sarflari kombinasiyalarini ifodalovchi chiziq.
Iqtisodiy ne`mat - ehtiyojni qondirish vositasi.
Iqtisodiy renta - resursni sotilishi mumkin bo`lgan narx bilan muvozanat narx ayirmasiga teng. Noyob, cheklangan resur va ishchining yuqori malakasi uchun to`lanadigan qo`shimcha to`lov.
Do'stlaringiz bilan baham: |