Diffyerensial renta. Absolyut rentani qaraganimizda, yerning sifati, joylashuvi bir xil deb faraz qilgan edik. Haqiqatda esa yerlar hosildorligi bo`yicha hamda joylashuviga ko`ra bir-biridan farq qiladi.
326
Faraz qilaylik, tabiiy hosildorligi bo`yicha 3 xil yer bo`lsin, ya′ni, yaxshi, o`rtacha va yomon yerlar. Bu yerlarning hosildorligi har xil bo`lganligi uchun, ularning teng o`lchamdagi uchastkalariga teng miqdorda kapital va mehnat sarflasak, turli xil natija olamiz. Hosildorligi yuqori bo`lgan yerdan, boshqa yerlarga nisbatan ko`proq hosil olamiz va bu ortiqcha olingan hosil yerning faqat tabiiy hosildorligi bilan bog`liqdir. Yaxshi hosildor yerga renta o`rtacha yer rentasiga ko`ra yuqori, o`rtacha yer rentasi esa yomon yer rentasiga ko`ra ko`p bo`ladi, yomon yer egasi esa sof iqtisodiy (absolyut) renta oladi (18.8-rasm).
-
Do'stlaringiz bilan baham: |