P
Pmax N
Pm M MC
-
15.3-rasm. Narxlar diversifikatsiyalanmagandagi foydani ifodalovchi grafik
Buning uchun umumiy ishlab chiqarilgan va sotilgan tovar hajmi Qm ning har bir qo`shimcha ishlab chiqarilgan va sotilgan birlik mahsulotdan olinadigan qo`shimcha foydani qo`shib chiqamiz. Bu qo`shimcha foyda har bir birlik mahsulot uchun MR MC ga teng. Ushbu chekli daromad MR birinchi mahsulot uchun maksimal bo`lib, uning chekli xarajati MC eng minimaldir. Keyingi har bir qo`shimcha mahsulot uchun chekli daromad kamayib boradi, chekli xarajat esa ortib boradi. Firmaning ishlab chiqarish hajmi Qm ga teng bo`lganda oxirgi Qm -mahsulotdan olinadigan foyda Qm MR MC 0 bo`ladi va MR MC .
260
Qm hajmdan ko`p ishlab chiqarilgan har qanday mahsulot hajmidagi chekli xarajat uning chekli daromadidan yuqori bo`ladi va bu firma foydasini kamaytiradi. Umumiy foyda har bir sotilgan mahsulotdan tushadigan foydalarning yig`indisiga teng. Rasmda umumiy foyda chekli daromad chizig`i bilan chekli xarajat o`rtasidagi (NDF) shtirxlangan yuza bilan ifodalangan.
Endi firma ideal diversifikatsiyadan foydalanadi deylik. U mahsulot narxini har bir xaridor uchun u to`lashi mumkin bo`lgan maksimal darajada qilib belgilaydi va natijada chekli daromad chizig`i firma foydasini maksimallashtiradigan ishlab chiqarish hajmi bilan bog`liq bo`lmay qoladi. Har bir birlik qo`shimcha mahsulotni sotishdan tushadigan qo`shimcha foyda tovarga to`lanadigan narxga bog`liq funktsiya bo`lib, chekli daromad chizig`i talab chizig`i bilan ustma-ust tushadi
Masalan, agar har bir xaridor bittadan mahsulot sotib olsa, birinchi
ishlab chiqarilgan tovardan olinadigan daromad
|
TR P1P
|
ga, ikkita
|
11
|
1
|
tovardan tushadigan umumiy daromad
|
TR R P 1PP
|
21
|
2
|
1
|
2 ga, uchta
|
tovardan
|
TR PP P
|
ga teng. Har bir tovar uchun alohida narx
|
3123
|
belgilangani uchun umumiy daromad har bir sotilgan tovarlar narxlarining yig`indisi bilan aniqlanadi. Chekli daromadni quyidagicha topamiz:
-
MR P;
|
MR R R PP P P;
|
1
|
1
|
2
|
|
2
|
1
|
1
|
2
|
1
|
2
|
MR R R PP P PP P
|
,
|
3
|
3
|
2
|
1
|
2
|
3
|
1
|
2
|
3
|
Demak, har bir qo`shimcha sotilgan tovarning chekli daromadi ideal diversifikatsiyalashda ushbu tovar uchun belgilangan narxga teng.
Ko`rinib turibdiki, narx diversifikatsiyasi firmaning xarajatlari tarkibiga ta`sir qilmaydi. Shunday qilib, har bir birlik qo`shimcha ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulotdan tushadigan qo`shimcha foyda talabdan chekli xarajatni ayrilganiga teng. Masalan, agar yuqoridagi misolni qarasak, uchinchi qo`shimcha mahsulotni sotishdan olinadigan
qo`shimcha foydani 3 deb belgilasak, 3 MR3 MC3 P3 MC3 ko`rinishida aniqlanadi.
261
Talab (MR) chekli xarajatdan ustun bo`lganda firma ishlab chiqarish hajmini oshirib o`z foydasini orttiradi. Ishlab chiqarishni kengaytirish
ishlab chiqarish hajmi Qe* hajmga etguncha davom ettiriladi. Qe* hajmda chekli daromad, ya`ni talab chekli xarajatga teng bo`ladi va ishlab chiqarish yanada oshirilsa chekli xarajat talabdan, ya`ni MR dan yuqori bo`lgani uchun firma foydasi qisqaradi. Umumiy foydaga endi chekli xarajat chizig`i bilan talab chizig`i o`rtasidagi shtrixlangan FEN yuzaga teng bo`ladi. Har bir iste′molchi uchun u to`lashi mumkin bo`lgan narxni
o`rnatilishi firma tomonidan iste′molchi ortiqchaligining hammasini egallashga imkon beradi. Bu o`z navbatida ishlab chiqaruvchi daromadini oshiradi. 15.4-rasmdan ko`rish mumkinki, firma daromadi ancha oshgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |