Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov



Download 8,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/257
Sana16.06.2022
Hajmi8,97 Mb.
#677101
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   257
Bog'liq
MOLIYA VA SOLIQLAR

 
2. Soliq va to‘lovlar tushunchasi 
Soliq to‘lovchining muayyan soliq yoki boshqa majburiy 
to‘lovni to‘lash, shuningdek, Soliq kodeksida nazarda tutilgan 
holatlar bo‘lgan taqdirda, mavjud soliq qarzini uzish majburiyati 
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyati deb 
hisoblanadi. 
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyati soliq 
to‘lovchining hisobvarag‘ida yetarlicha pul mablag‘lari bo‘lgan 
taqdirda, tegishli soliq yoki boshqa majburiy to‘lovni to‘lash uchun 
bankka to‘lov topshiriqnomasi taqdim etilgan paytdan e’tiboran, 
soliq yoki boshqa majburiy to‘lov naqd pul mablag‘lari bilan 
to‘langanda esa pul summasi bankka yoki vakolatli organ kassasiga 
topshirilgan paytdan e’tiboran bajarilgan deb hisoblanadi. 
Soliq yoki boshqa majburiy to‘lov summasini o‘tkazish uchun 
to‘lov topshiriqnomasi soliq to‘lovchi tomonidan chaqirib olingan 
yoki bank tomonidan soliq to‘lovchiga qaytarilgan taqdirda, 
shuningdek, agar soliq to‘lovchi bankka to‘lov topshiriqnomasini 
taqdim etgan paytda bu soliq to‘lovchining hisobvarag‘iga qo‘yilgan, 
qonun hujjatlariga muvofiq birinchi navbatda bajarilishi lozim 
bo‘lgan, bajarilmagan talablar mavjud bo‘lsa hamda soliq to‘lovchi 
barcha talablarni qanoatlantirish uchun hisobvaraqda yetarlicha pul 
mablag‘lariga ega bo‘lmasa, soliq yoki boshqa majburiy to‘lov 
to‘langan deb hisoblanmaydi. 
Soliq kodeksida belgilangan to‘lovlari quyidagilar: 

soliqlar; 

boshqa yig‘imlar. 
Soliqlar
– Soliq kodeksida belgilangan, muayyan miqdorlarda 
undiriladigan, muntazam, qaytarib berilmaydigan va beg‘araz 
xususiyatga ega bo‘lgan, byudjetga yo‘naltiriladigan majburiy pul 
to‘lovlari tushuniladi. 


228 
Boshqa majburiy to‘lovlar
– Soliq kodeksida belgilangan 
davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy pul to‘lovlari, bojxona 
to‘lovlari, shuningdek, vakolatli organlar hamda mansabdor shaxslar 
tomonidan yuridik ahamiyatga molik harakatlarni to‘lovchilarga 
nisbatan amalga oshirish uchun, shu jumladan muayyan huquqlarni 
yoki litsenziyalar va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni berish uchun 
to‘lanishi lozim bo‘lgan yig‘imlar, davlat boji tushuniladi. 
Soliqlarning elementlari: 

soliq solish obyekti; 

soliq bazasi; 

soliq stavkasi; 

soliq davri; 

soliqni hisoblab chiqarish tartibi; 

soliq hisobotini taqdim etish tartibi; 

soliq to‘lash tartibi. 
Soliq solish obyekti molk-mulk, harakat, harakat natijasi yoki 
qiymat, miqdoriy yoki fizik xususiyatiga ega bo‘lgan boshqa holat 
bo‘lib, u mavjud bo‘lganda soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari soliq 
to‘lovchida soliq majburiyatini vujudga keltiradi.
Soliq to‘lovlari quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ladi: 

Daromad keltiruvchi mehnat yoki faoliyatning ma’lum bir 
qismidan majburiy undirilishi; 

Moddiy boyliklarning qaytarilmaslik sharti bilan olinishi; 

Moddiy boyliklarni o‘zaro almashinish o‘rtasida aniq 
farqlarning mavjud emasligi. 
Soliqlar davlatning amal qilish uchun zaruriy unsur hisoblanadi, 
shuning uchun soliqlarni to‘lashning majburiyligi O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasida ham aniq belgilab qo‘yilgan. Unga 
ko‘ra Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy 
yig‘imlarni to‘lashga majburdirlar. O‘zbekiston Respublikasi 
hududida yagona soliq tizimi amal qiladi. Soliqlar joriy qilishga faqat 
O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi haqli (11-bob, 51-modda, 
25-bob 123-modda). 
Soliqlarning belgilanishi va to‘lanishi mulkning ixtiyoriy 
ravishda tortib olinishini anglatmaydi, balki uning ma’lum bir qismi 


229 
qonunga muvofiq huquqiy majburiyat sifatida to‘lov tarzida 
undiriladi. 
To‘lovlarning xususiyatlari quyidagilar: 

Muayyan sharoit vujudga kelganda pul to‘lovlarini amalga 
oshirishning majburiyligi; 

To‘lovlar shaxsiy va qaytarib to‘lash xususiyatiga ega; 

Majburiy to‘lovlar davlat tomonidan ko‘rsatiladigan turli 
xizmatlarga to‘lanadigan to‘lov(xizmat haqi)dan farq qiladi. 

Download 8,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish