Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov


A) Byudjet xarajatlarining vazifasi bo‘yicha tasnifi



Download 8,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/257
Sana16.06.2022
Hajmi8,97 Mb.
#677101
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   257
Bog'liq
MOLIYA VA SOLIQLAR

A) Byudjet xarajatlarining vazifasi bo‘yicha tasnifi:
Xarajatlarni davlat organlari funksiyalari bo‘yicha tasnifi davlat 
sektoriga 
kiruvchi 
organlariga 
yuklatilgan 
funksiyalar 
va 
ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarning to‘liq tasnifidan iborat.


182 
B) Byudjet xarajatlarining tashkiliy tasnifi: 
A)
Muassasa va tashkilotlar bo‘yicha byudjet tasnifi byudjet 
xarajatlari 
B)
hokimiyatlar, davlat organlari va tashkilot va muassasalar 
bo‘yicha taqsimlashda foydalaniladi.
D) Byudjet xarajatlarining iqtisodiy tasnifi:
Byudjet iqtisodiy tasnifining asosiy vazifasi byudjet va 
xarajatlar smetasidan o‘z aksini topgan xarajatlar va daromadlar 
turlari va naturalarini belgilab berishdan iborat.  
Byudjet iqtisodiy tasnifi 7 ta raqamdan tashkil topgan.
Byudjetdan quyidagi xarajatlar amalga oshiriladi: 
1. Fan, talim, madaniyat, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va 
sport (respublika byudjetidan – respublika byudjetida turuvchi 
tashkilotlar mablag‘ bilan ta’minlanadi; mahalliy byudjetlardan esa – 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar 
byudjetlarida turuvchi tashkilotlar mablag‘ bilan ta’minlanadi); 
2. Ijtimoiy taminot (respublika byudjetidan – respublika 
byudjetida turuvchi tashkilotlar mablag‘ bilan ta’minlanadi; mahalliy 
byudjetlardan esa – Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, 
viloyatlar va Toshkent shahar byudjetlarida turuvchi tashkilotlar 
mablag‘ bilan ta’minlanadi); 
3. 
Aholini 
ijtimoiy 
himoya 
qilish 
(Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar byudjetlarida 
turuvchi tashkilotlar mablag‘ bilan ta’minlanadi); 
4. Mudofaa, milliy xafsizlik va jamoat tartibini ta’minlash 
(respublika byudjetidan mablag‘ bilan ta’minlanadi); 
5. Sudlar va prokuratura organlari faoliyatini ta’minlash. 
(respublika byudjetidan mablag‘ bilan ta’minlanadi); 
6. Davlat zahirasi va safarbarlik zahirasini vujudga keltirish 
hamda ularni saqlash (respublika byudjetidan mablag‘ bilan 
ta’minlanadi); 
7. Davlat markazlashtirilgan investitsiyalarini amalga oshirish 
(respublika byudjetidan mablag‘ bilan ta’minlanadi); 
8. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, O‘zbekiston 
Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari faoliyatini 
ta’minlash (respublika byudjetidan mablag‘ bilan ta’minlanadi), 


183 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv 
organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini 
ta’minlash esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va 
Toshkent shahar byudjetlaridan mablag‘ bilan ta’minlanadi); 
9. Iqtisodiyotning turli tarmoqlari tashkilotlarini saqlash 
xarajatlari (respublika byudjetidan – respublika byudjetida turuvchi 
tashkilotlar mablag‘ bilan ta’minlanadi; mahalliy byudjetlardan esa – 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent 
shahar 
byudjetlarida 
turuvchi 
tashkilotlar 
mablag‘ 
bilan 
ta’minlanadi); 
10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
qarorlariga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning 
maqsadli davlat dasturlari va taldablarini amalga oshirish (respublika 
byudjetidan mablag‘ bilan ta’minlanadi); qonun hujjatlariga muvofiq 
iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning tarmoq dasturlari va 
tadbirlarini amalga oshirish esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar byudjetlaridan mablag‘ bilan 
ta’minlanadi); 
11. Yer tuzish, melorativ, tabiyatni muhofaza qilish va 
epizootsiyaga qarshi kurash chora tadbirlarini amalga oshirish 
(respublika byudjetidan mablag‘ bilan ta’minlanadi); 
12. Qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurash 
(respublika byudjetidan mablag‘ bilan ta’minlanadi); 
13. Gidrometeorologiya, do‘lga qarshi kurash chora – tadbirlari 
va boshqalar (respublika byudjetidan mablag‘ bilan ta’minlanadi); 
Ijtimoiy-madaniy tadbirlarga qilinadigan xarajatlar davlatning 
ijtimoiy funksiyalarini bajarish bilan bog‘liqdir. Bu xarajatlar 
quyidagi asosiy guruhlarga bo‘linadi: 
1) xalq ta’limi, mutaxassis kadrlari tayyorlash; 
2) madaniyat, san’at va ommaviy axborot vositalari; 
3) sog‘liqni saqlash; 
4) jismoniy tarbiya va sport; 
5) ijtimoiy ta’minot. 
Ijtimoiy-madaniy tadbirlarga qilinadigan xarajatlar smeta 
tartibida rejalashtirish tamoyillari asosida aniqlanadi. Bu xarajatlarni 
mablag‘ bilan ta’minlash aniq tadbirlar va xarajat turlari bo‘yicha 


184 
mablag‘ bilan ta’minlashtiriladi. Xarajatlar hajmi o‘zaro bir-biri bilan 
bog‘liq bo‘lgan noishlab chiqarish tarmoq sohalari tashkilotlarida 
ishlab-chiqiladigan smetalar va moliya organlarida tuziladigan 
mablag‘ bilan ta’minlash hisob-kitoblari asosida aniqlanadi. Hamma 
hisob-kitoblar asosida tashkilotlarning faoliyatini xarakterlaydigan 
qancha kontengentga (o‘quvchilar, hisob guruhlari, sinflar, koykalar, 
o‘tkazilgan operatsiya va boshqalar miqdori) xizmat qilish 
ko‘rsatkichlari yotadi. Bunda yil davomida qancha vaqt faoliyat 
ko‘rsatishi ham hisobga olinadi. Bu ko‘rsatkichlar hisob-kitob 
o‘lchovlari sifatida xizmat qiladi. Hisob-kitob o‘lchovi qilinadigan 
pul xarajatlari byudjet tashkilotining faoliyat ko‘rsatishini va 
rivojlanishini ta’minlaydigan me’yor bo‘yicha belgilanadi. 
Sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish va uni bosqichma – 
bosqich qayta tashkil qilish, ko‘p kanalli mablag‘ bilan ta’minlashni 
joriy etish, davolash tashkilotlariga mablag‘lar amalga oshiriladigan 
xizmatlarning hajmi va sifatiga ko‘ra ajratishni ko‘zda tutadi. 
Byudjet mablag‘larining katta so‘mmasi internat uylarini saqlashga, 
tibbiy mehnat ekspertizalariga, protezlashga va boshqa tadbirlarga 
yo‘naltiriladi. 
Davlat byudjeti xarajatlari tasdiqlangan byudjetdan mablag‘ 
bilan ta’minlash (mablag‘ ajratish) doirasida quyidagi shakllarda 
amalga oshiriladi: 
1)
byudjet mablag‘lari oluvchilarning joriy xarajatlari; 
2)
joriy byudjet transfertlari; 
3)
kapital xarajatlar: a) asosiy fondlar va vositalarini (ular bilan 
bog‘liq ishlar va xizmatlar ham ular jumlasiga kiradi) davlat 
ehtiyojlari uchun sotib olish va takror ishlab chiqarish; b)chet elda 
davlat ehtiyojlari uchun yer va boshqa mol-mulk sotib olishga; d) 
davlat ehtiyojlari uchun yerga bo‘lgan huquqni va boshqa nomoddiy 
aktivlarni sotib olishga; e) davlat zahiralarini vujudga keltirishga; 
4)
kapital xarajatlarini qoplash uchun yuridik shaxslarga 
beriladigan byudjet transfertlari; 
5)
rezidentlik shaxslarga va chet davlatlarga beriladigan byudjet 
ssudalari; 
6)
davlat maqsadli fondlariga beriladigan byudjet dotatsiyalari 
va byudjet ssudalari (byudjet dotatsiyasi deganda o‘z daromadlari va 


185 
byudjetni tartibga soluvchi boshqa mablag‘lar yetishmagan taqdirda 
quyi byudjetning xarajatlari bilan daromadlarni o‘rtasidagi farqni 
qoplash uchun yuqori byudjetdan quyi byudjetga qaytarmaslik sharti 
bilan ajratiladigan pul mablag‘lari tushuniladi. Byudjet ssudasi 
deganda yuqori byudjetdan quyi byudjetga yoki respublika 
byudjetidan rezident yuridik shaxsga yoki chet davlatga qaytarish 
sharti bilan ajratiladigan mablag‘ tushuniladi); 

Download 8,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish