Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov



Download 8,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/257
Sana16.06.2022
Hajmi8,97 Mb.
#677101
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   257
Bog'liq
MOLIYA VA SOLIQLAR

bir 
qator 
yo‘riqnomalar
kiritiladi. 
Yuqorida aytib o‘tilganidek, boshqa asosiy masalalar bilan 
birga, soliqqa doir masalalarni ham o‘z ichida ko‘rib o‘tadigan 
bir-qancha 
xalqaro kelishuvlar
mavjud.
Birinchidan, ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar 
asosini tashkil etuvchi keng tarqalgan kelishuvlar. Ushbu 
kelishuvlarda qoidaga binoan, soliqlar bo‘yicha diskriminatsiya 
qilmaslik, ya’ni boshqa mamlakatning fuqaro va kompaniyalariga 
xuddi mahalliy fuqaro va kompaniyalar uchun joriy qilingan soliq 
tartibini joriy qilish to‘g‘risidagi yo‘riqnomalar aks etadi. Ammo, shu 
narsa qayd etiladiki, har bir mamlakat o‘z fuqarolariga va 
kompaniyalariga beradigan soliq imtiyozlarini boshqa mamlakat 
fuqarolariga va kompaniyalariga berishga majbur emaslar. 
Ikkinchidan, diplomatik va konsullik munosabatlarini o‘rnatish 
bo‘yicha kelishuvlar. Ushbu kelishuvlarda tomonlar diplomatik va 
konsullik idoralari hamda ularda faoliyat yuritayotgan shaxslarga 
beriladigan soliq imtiyozlarini o‘zaro kelishadilar. Imtiyozlar hajmi, 
odatda, ushbu shaxslarning boshqa mamlakat hududida bo‘lish 
maqsadlari va faoliyat doiralari bilan chegaralanadi. Mazkur 
imtiyozlar ro‘yxati Vena konvensiyalarida ham o‘z aksini topgan. 
Aksariyat mamlakatlari ushbu konvensiyaga a’zo. Shuni ta’kidlash 
lozimki, yuqoridagi ikki xil kelishuvlarda ko‘zda tutiladigan 
kelishuvlar, u yoki bu ko‘rinishda, umumiy soliq kelishuvlarida ham 
inobatga olinadi. 
Uchinchidan, hamkor mamlakatdan olib kiriladigan tovar va 
xizmatlarga maksimal darajadagi qulay soliq muhitini yaratishga 
yo‘naltiriladigan tartibni qo‘llash bo‘yicha, tomonlar o‘rtasida 
tuziladigan savdo kelishuvi va shartnomalari. Soliqlar bo‘yicha ta’sir 
etishga ko‘ra, ushbu kelishuvlar, ko‘pchilik holatlarda faqatgina boj 
to‘lovlari bo‘yicha keng tarqaladi. Ammo, ba’zi hollarda, ushbu 
kelishuvlar umumiy soliqlarga ham taalluqli bo‘lishi mumkin hamda 
tashqi savdo faoliyatining boshqa me’yorlarini (valyuta bo‘yicha, bank 
operatsiyalari bo‘yicha va boshqalarini) ham qamrab olishi mumkin.
Davlatlar o‘rtasida soliq munosabatlarini to‘g‘ri tashkil qilish, 
tashqi iqtisodiy munosabatlardagi faoliyatlarni samarali yo‘lga 


268 
qo‘yish jarayonida ayrim muammolarga duch kelamiz. Bu 
muammolardan biri davlatlar o‘rtasida soliqqa tortish huquqini 
haqqoniy ravishda taqsimlash muammosidir. Ikkinchi asosiy 
muammolardan biri esa dunyoning aksariyat davlatlarida soliq 
to‘lashdan bo‘yin tovlashning aniq chora-tadbirlarini ishlab chiqish 
muammosi turibdi. Bundan tashqari soliq masalalariga oid halqaro 
nizo va kelishmovchiliklarni hal etishni eng maqbul yo‘llarini 
yaratish va qo‘llash muammosi hozirgi kundagi dolzarb 
muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. 

Download 8,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish