Lim vazirligi guliston davlat universiteti



Download 2,96 Mb.
bet85/160
Sana30.06.2022
Hajmi2,96 Mb.
#719431
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   160
Bog'liq
Lim vazirligi guliston davlat universiteti

Qishloq xo’jaligi. Toshkent viloyati agrosanoat kompleksi rivojlanganlik darajasiga ko’ra, Respublikada etakchi o’rinlardan birini egallaydi. Dexdonchilikda meva-sabzavot, don, paxta xom ashyosi, ko’p etishtiriladi. Shuningdek, mamlakatda etishtiriladigan kanopning hammasi ushbu viloyatga to’g’ri keladi. Chorvachilikda yirik shoxli qoramolchilik va qo’ychilik yaxshi rivojlangan.
2000 yil yakunlari bo’yicha, qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotining 47,9 foizi dexqonchilik va 52,1 foizi chorvachilikka to’g’ri keladi. Keyingi yillarda ob-xavo sharoitlarining dexqonchilik uchun noqulay kelishi, viloyat qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotida uning ulushini qisqarishiga sabab bo’ldi. 2000 yili viloyatda jami 526,6 ming tonna sabzavot, 127,0 ming tonna kartoshka, 105,5 ming tonna meva, 93,8 ming tonna uzum, 350 ming tonnadan ko’proq don, 5,1 ming1 tonna kanop etishtirildi.
Qishloq xo’jalik yalpi mahsulotining 61,0 foizini dexqon xo’jaliklari, 33,3 foizini qishloq xo’jalik korxonlari va qolgan 5,7 foizini fermer xo’jaliklari ishlab chiqaradi. Mustaqillik yillarida viloyatda sabzavot, meva, uzum va ayniqsa don etishtirish xajmi ortgan.
Viloyatda jami ekin maydonlari 339,1 ming gektarni (2000 yil) tashkil etadi. Uning tarkibi 6-chizmada keltirilgan. Sug’orma dexqonchilik asosan viloyatning g’arbiy va janubiy tekislik hududlarida rivojlangan. Tog’oldi xududlarda esa mevachilik, lalmi erlarda asosan don etishtiriladi.
Sut-go’sht chorvachiligi yaxshi rivojlangan. 388 ming bosh qoramol (2000 i.), 390 ming bosh qo’y va echki, 3229,8 ming bosh parranda bor. 2000 yilda go’sht etishtirish 102,8 ming tonna, sut—346,8 ming tonnani, tuxum—315 mln. donani tashkil etdi.
Viloyatda jami 3684 fermer xo’jaligi mavjud bo’lib, ularda 20 mingga yaqin kishi mehnat qiladi (jami ekin maydoni 54,2 ming gektar). Etishtirilgan paxtaning 12 foizi, boshoqli donning 9,4, kartoshkaning 7,2, sabzavotning 10,5, poliz ekinlarining 35,2 foizi hamda go’sht va sutning mos ravishda 1 va 1,5 foizlari fermer xo’jaliklariga to’g’ri keladi.
Poytaxt—Toshkent shaxrining qishloq xo’jalik maxsulotlariga bo’lgan extiyojini qondirishga xizmat qiluvchi shaxar atrofi qishloq xo’jaligi ham rivojlangan.
Toshkent viloyati ijtimoiy sohalarning rivojlan­ganlik darajalariga ko’ra mamlakatda alohida o’rin tetadi. 2000 yilda aholi jon boshiga pulli xizmat ko’rsatish xajmi 9 ming so’mni, chakana savdo aylanmasi —74,4 ming so’mni, maishiy xizmatlar xajmi 1,1 ming so’mni tashkil etdi.
Tashqi savdo aylanmasi 2000 yili 766,9 mln. AQSh dollariga teng bo’ldi. Shundan 379,1 mln. dollari eksport, 387,8 mln. dollari import xissasiga to’g’ri keldi. Eksport tarkibida birgina rangli va qora metallarning ulushi 50 — 55 foizni tashkil qiladi. Import tarkibida asosiy o’rinni mashina va asbob-uskunalar (30,0 foiz) egallaydi. Tashqi iqtisodiy aloqalar «Uzoq» xorij mamlakatlari hamda hamdo’stlik davlatlari bilan olib boriladi. Jumladan, viloyat tashqi savdo oborotining 60 foizga yaqini «Uzoq» xorij davlatlariga to’g’ri keladi. (Niderlandiya, Turkiya, Germaniya, Shveytsariya, Italiya, Janubiy Koreya, Xitoy). Hamdo’stlik davlatlari bilan tashqi savdo aylanmasi xajmi o’sib bormoqda va unda Rossiyaning ulushi—18,3 foizni, Qozog’iston—14,3 foiz, Ukraina —5,5 foizni tashkil qiladi.
2000 yilda viloyatda xorijiy investorlar bilan 182 ta qo’shma korxona ruyxatdan o’tqazilgan. Shundan 109 tasi faoliyat ko’rsatmoqda, 13 tasi yangi shakllanmoqda va 60 tasi vaqtincha faoliyatini to’xtatgan. Jami qo’shma korxonalarning 128 tasi ishlab chiqarish bilan, 29 tasi tijorat bo’yicha, 8 tasi qishloq xo’jaligi, 17 tasi boshqa sohalarda (transport, qurilish, aloqa, moddiy-texnika ta’minoti va boshqalar) faoliyat olib boradi.
Eng yirik qo’shma korxonalar qatoriga Toshkent tumanidagi «Ganjboyjon», O’rta Chirchiq tumanidagi «Kobo’l O’zbek», Bo’stonliq tumanidagi «Konmit» va «Konvin», Qibray tumanidagi «Mediz», Zangiota tumanidagi «FarVab», Olmaliqdagi «Pallada Vostok», Chirchiqdagi «Kibo bolalar» va boshqalarni kiritish mumkin.

Download 2,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish