Nazorat savollari:
1. O’zbekiston respublikasi xo’jaligining hududiy tarkibini mazmunan izohlab bering?
2.O’zbekiston respublikasini iqtisodiy rayonlashtirish asoslarini tushuntirib bering?
3.Iqtisodiy rayonlarga qo’yiladigan talablarni mazmunan izohlab bering?
4.Iqmucodiy rayonlarni o’rganishda qo’yiladigan tartiblarni tushuntirib bering?
5. Hududiy tarkib va tizim mohiyatini tushuntirib bering?
6. O’zbekiston milliy iqtisodiyotini qanday hududiy birliklarga ajratish mumkin?
7. O’zbekiston iqtisodiy rayonlari nechta va ular qaysi tamoyillar asosida belgilangan?
8. Iqtisodiy rayonlar ta’rifi qanday tartibda olib boriladi?
17-mavzu: Toshkent iqtisodiy rayoni
Ko’rib chiqiladigan asosiy savollar:
1. Toshkent iqtisodiy rayoni iqtisodiy geografik o’rni.
2. Toshkent viloyati.
3. Toshkent shahri.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Iqtisodiy-geografik o’rin, aholi, mehnat resurslari, xo’jalik, ixtisoslashuv, tashqi aloqalar, ma’muriy birliklar.
1-asosiy savol bayoni: Toshkent iqtisodiy rayoni (iqtisodiy rayoni) ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ko’ra O’zbekistonda etakchi o’rinni egallaydi. Uning tarkibiga Toshkent viloyati va mamlakat poytaxti—Toshkent shaxri kiradi. Umumiy maydoni
Mazkur iqtisodiy rayonda, 01.01.2001 yil ma’lumotlariga ko’ra, jami 4508,7 ming aholi yashagan va bu ko’rsatkich mamlakat aholisining 18 foiziga barobar. Aholining o’rtacha zichligi 1 km2 ga 290 kishi (O’zR-55 k). Urbanizatsiya darajasining birmuncha yuqoriligi bilan ushbu iqtisodiy rayon mamlakatda alohida ajralib turadi.
Toshkent iqtisodiy rayonining shakllanishida muhim omillardan biri uning iqtisodiy geografik o’rnidir. Jumladan, uni mamlakatning shimoli-sharqiy qismida, Chirchiq va Oxangaron daryolari xavzasida joylashganligi, Farg’ona iqtisodiy rayoni bilan tutashganligi, hududi orqali muhim transport yo’llarining o’tganligi va qo’shni respublikalar hamda uzoq xorij mamlakatlari bilan aloqa qilishga qulay sharoit yaratadi.
Rayon hosil qiluvchi yana bir muhim omil uning xududida qudratli ilmiy-texnik hamda iqtisodiy salohiyatga ega bo’lgan mamlakat poytaxti-Toshkent shaxrining joylashganligi bilan belgilanadi. Shuningdek, uning mineral xom ashyo resurslariga boyligi xo’jaligida sanoatning etakchi ekanligiga va zamonaviy tarmoqlarni taraqqiy etishiga asos bo’lgan. Bu erda yaratilayotgan yalpi milliy mahsulotning 2G’3 qismi sanoat xissasiga to’g’ri keladi.
Toshkent mamlakat ichki mehnat taqsimotida qora va rangdor metallurgiya, mashinasozlik, ximiya, yoqilki energetika, qurilish sanoati, paxtachilik, meva, sabzavot va uzumchilikka ixtisoslashgan. Ushbu rayonga mamlakatda ishlab chiqariladigan po’lat, tayyor prokat, kaprolaktam, traktorlar, kabel va oynaning yuz foizi, ko’mir, kompressorlar, elektr energiyasi, mineral o’g’itlar, tsementning katta qismi to’g’ri keladi. Shuning bilan birga, engil va oziq-ovqat sanoati ham yaxshi rivojlangan.
Toshkent viloyati va Toshkent shaxri demografik saloxiyatiga ko’ra deyarli teng bo’lsalarda, tabiiy sharoiti va boyliklari hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlariga ko’ra o’zaro farqlanadi. Jumladan, viloyat o’zining o’lkan qazilma boyliklari, er-suv resurslariga ega bo’lsa, poytaxt—Toshkent shaxri esa sanoat ishlab chiqarishining yuqori darajada mujassamlashuvi hamda yuksak ilmiy-texnik salohiyati bilan ajralib turadi.
Toshkent iqtisodiy rayonining xissasiga mamlakat yalpi ichki mahsulotining 23,4 foizi, sanoat mahsulotining 27,7 va qishloq xo’jalik mahsulotining esa 14,4 foizi to’g’ri keladi.
O’zbekistonda xorijiy investorlar bilan qurilgan korxonalarning asosiy qismi Toshkent iqtisodiy rayoni da to’plangan. Chunonchi, bunday korxonalarning umumiy soni rayonda jami 2803 tani tashkil etsa, birgina Toshkent shaxri xissasiga uning 93,5 foizi to’g’ri keladi.
Mazkur iqtisodiy rayon kelajak taraqqiyotining asosiy yo’nalishlari bir tomondan viloyatning mavjud resurslari hamda, ikkinchi tomondan, Toshkent shaxrining ilmiy-texnik salohiyati va mintaqaviy mavqeidan oqilona foydalanish bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |