Lim vazirligi guliston davlat universiteti


Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar



Download 2,96 Mb.
bet78/160
Sana30.06.2022
Hajmi2,96 Mb.
#719431
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   160
Bog'liq
Lim vazirligi guliston davlat universiteti

Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Ma’muriy-hududiy tuzilish, viloyat, mehnat taqsimoti, xo’jalikni shakllanishi, iqtisodiy rayon, iqtisodiy rayonlashtirish.


1-asosiy savol bayoni: Mintaqaviy iqtisodiyot fani moxiyatan ijtimoiy va geografik mehnat taqsimoti natijasida shakllangan ishlab chiqarishning hududiy tarkib va tizimi bilan shug’ullanadi. Qolaversa, bu fanning vujudga kelishi ham ko’p jihatdan mintaqaviy tadqiqotlar, ishlab chiqariga kuchlarining rivojlaninsh va joylashtirilishidagi mintaqaviy xususiyat hamda muammolardan kelib chiqqan.
Umumilmiy ahamiyatga ega bo’lgan tizim g’oyasi uning ichki tuzilishi, ya’ni tarkibga ega bo’lishi, tarkib va tizimni tashkil etuvchi tik va gorizontal, ichki va tashqi aloqalarni taqozo etadi. O’z navbatida tizimning ichki jixatdan yaxshi tashkil etilganligi uning mustaxkamligi, mustaqil amal qilishi va boshqaruvchanligini ta’minlaydi.
Xar qanday tizim tarkibdan, ichki qismlardan iborat; bu qismlar birligi tizimning butunligiga olib keladi, unga «jon» beradi, butunlik esa qismlarga «xayot» bag’ishlaydi. Shu nuqtai nazardan tizim, jumladan hududiy ishlab chiqarish tizimi turli daraja va miqdordagi tarkibdan tashkil topadi. Ammo, tizimni tabaqalashtirish, uni qism va qismchalarga «tik» holda taqsimlash cheksiz emas; uning birlamchi qismi—element bo’lib (masalan, mintaqaviy iqtisodiyotda korxona), u boshqa parchalanmasligi kerak. Aks holda bunday yondashuv mintaqaviy tizimning ishlab chiqarish va korxonaning boshqaruv, texnik-iqtisodiy tizimiga o’tib ketadi. Element bosqichidan yuqori qavatlarda joylashgan tarkibiy qismlar esa ichki jihatdan tizim yoki tizimcha hisoblanadi, tashqaridan qaraganda esa u tarkibdir. Shu sababdan, turli bosqichdagi tizimlarni ochiq yoki yopiq shaklda qurish mumkin.
Ishlab chiqarishning hududiy tarkibi xar xil ko’rinishga ega. Bu tarkib yoki tizim hosil qiluvchi omillarga bog’liq. Bunday omillar esa oddiy hududiy yoki geografik, gidrogeografik, orogeografik, ma’muriy-hududi (boshqaruv) va iqtisodiy geografik bo’ladi. Chunonchi, O’zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiyotini (halq xo’jaligini) Amu va Sirdaryo xavzasi, tog’ va tekislik rayonlari, viloyatlar hamda iqtisodiy rayonlar yoki mintaqalarga bo’lib taxlil qilish mumkin. Ayni vaqtda ular ham o’z navbatida turli bosqich va miqdordagi qismlarga bo’linadi.
Yuqoridagi xar xil ko’rinishdagi tarkib (tizimlar) asosida umumiy omil sifatida hududiy birlik xizmat qiladi. Binobarin, mamlakatlarni iqtisodiy rayonlashtirish bilan ko’proq iqtisodiy geografiya shug’ullanadi va bu fanning tarixini eng avvalo iqtisodiy rayonlashtirish tarixi bilan bog’laydilar. Shuning uchun ham iqtisodiy geografiya mintaqaviy iqtisodiyotning nazariy, metodologik asosi vazifasini o’taydi.
Milliy iqtisodiyot tarkibini taxlil va tadbiq qilishda ishlab chiqarishning hududiy tarkibini turli shakllaridan foydalaniladi. Ularning barchasi davlatning boshqaruv funktsiyasini va uning mintaqaviy siyosatini amalga oshirishda xizmat qilishlari mumkin. Biroq, bu nuqtai nazardan rasmiy mahalliy hokimiyat tizimiga ega bo’lgan ma’muriy iqtisodiy rayonlar juda ko’l keladi. Shu bilan birga mamlakatning ma’muriy-hududiy bo’linishi, geosiyosiy tuzilmasi ob’ektiv holatda shakllangan iqtisodiy rayonlarga (mintaqalarga) asoslanishi maqsadga muvofiqdir.
O’zbekiston hududining tabiiy geografik jihatdan turli-tumanligi uning «geografik geometriyasini», hududiy iqtisodiyotining shakllanishiga sabab bo’ladi. Jumladan, Respublika maydonining 70 foizdan ko’prog’ini tekisliklar tashkil etishi, an’anaviy sug’orma dexqonchilik uchun kerak bo’lgan suv resurslarining notekis taqsimlanishi, aholi va ishlab chiqarish zich joylashgan voxa va vodiylar bilan bir qatorda yaxshi o’zlashtirilmagan cho’l iqtisodiy rayoni ning mavjudligi ichki hududiy-iqtisodiy tuzilmaning shakllanishini belgilab beradi. Shuningdek, bunga mamlakat geoqiyofasi (hududining konfiguratsiyasi, shimoli-g’arbdan janubi-sharqqa cho’zilganligi), chegara chizig’i, uning oddiy va murakkabligi ham ta’sir etadi.
Biror-bir mamlakatning hududi tabiiy va iqtisodiy jihatdan mutloq bir xil bo’lmaydi. Xuddi shunga mos ravishda ishlab chiqarish kuchlari ham hudud bo’yicha bir tekis joylashmaydi. Notekislik esa o’ziga xos hududiy-iqtisodiy rivojlanish omilidir. Fiziki shundaki, xar qanday mamlakat yoki viloyat o’zining hududida ishlab chiqarish kuchlarini bir tekis joylashtirishga, hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tenglashtirishga xarakat qiladi, ammo mutloq holda bunday tenglik hech qachon amalga oshmaydi.
O’zbekiston iqtisodiyoti asosan maydoni uncha katta bo’lmagan vodiy va vohalarga to’g’ri keladi. Masalan, Farg’ona vodiysida (hududi Respublika maydonining atigi 4 foizini tashkil qiladi) mamlakat iqtisodiy-demografik salohiyatining deyarli 30 foizi joylashgan. Demak, bu erda umumiy ijtimoiy-iqtisodiy zichlik Respublika o’rtacha ko’rsatkichidan 7,5 marta ziyod.
Bozor munosabatlari nafaqat tarmoq va korxonalararo raqobatni, balki hududlar-iqtisodiy rayonlar orasida ham sog’lom raqobat muxitini taqozo etadi. Bunda xar bir hudud o’z ichki imkoniyatlari, rivojlantiruvchi kuchlaridan to’laroq va samarali foydalanishga, qulay investitsiya muxitini shakllantirgan holda eksport salohiyatini oshirishga intiladi.
Respublikamizni iqtisodiy rayonlashtirish ancha boy tarixga ega. Dastlab, masalan, 60-yillarda bu erda iqtisodiy rayon ajratilgan: Toshkent, Farg’ona, Zarafshon, Amudaryo va Janubiy iqtisodiy rayonlar. O’sha davrlarda ham bu masala bilan ToshDU (O’zMU) iqtisodiy geograflari — V.M.Chetirkin, Yu.G.Kapenko, keyinchalik Z.M.Akramov, O.B.Otamirzaev, A.S.Solievlar hamda O’zFA Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish kengashi (K.N. Bedritsev, S.K. Ziyodullaev) shug’ullanishgan. Ular ajratgan iqtisodiy rayonlarning miqdori avvallari bir xil, ammo rayonlarning tarkibida ayrim farqlar mavjud bo’lgan. Chunonchi, ToshDU rayonlashtirishida Qashqadaryo viloyati Janubiy iqtisodiy rayoni tarkibida qurilgan, O’zFA da esa bu viloyat Zarafshon iqtisodiy rayoniga kiritilgan; xar ikkisida ham Toshkent iqtisodiy rayoni Toshkent va Sirdaryo viloyatlaridan tashkil etilgan.
Saksoninchi yillarda ToshDU olimlari yangi Mirzacho’l iqtisodiy rayonini ajratishini taklif qilishgan, O’zFL esa Samaqand — Qashqadaryo rayonini belgilashgan. Ayni vaqtda o’rta maktab darsliklarida bu viloyatlar alohida iqtisodiy rayonlar darajasida (ya’ni Samaqand va Qashqadaryo iqtisodiy rayonlari) ajratilgan va hozirgacha shu tartibda o’qitib kelinmoqda. Shunday qilib, tarkibi jixatidan munozarasiz rayonlar faqat Farg’ona va Quyi Amudaryo bo’lgan. Keyinchalik Toshkent hamda Mirzacho’l (bir vaqtlar u O’zFA da Sirdaryo —Jizzax rayoni deb ham atalgan) rayonlari tarkibi bo’yicha ham o’zaro «murosaga» kelishilgan.
So’nggi yillarda, mamlakatimizning siyosiy mustaqillikka erishuvi, uning iqtisodiyotini bozor munosabatlariga o’tishi, ichki hududiy mehnat taqsimoti va mintaqalararo iqtisodiy integratsiya jarayonini rivojlantirish, transport mustaqilligini ta’minlash kabi dolzarb masalalar iqtisodiy rayonlashtirish muammosini qaytadan kurib chiqishni talab qildi. Agar avvallari iqtisodiy rayonlashtirish va hududiy-iqtisodiy tadqiqotlar «sotsialistik planlashtirish» nuqtai nazaridan olib borilgan bo’lsa, hozirgi sharoitda u, eng avvalo, davlatning ilmiy asoslangan mintaqaviy siyosatini amalga oshirish uchun zarurdir.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan va Uzoq istiqbolni hisobga olgan holda mamlakat milliy iqtisodiyotining xududiy tarkibini 6 ta asosiy iqtisodiy rayonlar yoki mintaqalar majmuasi shaklida kiritish taklif qilinadi. Iqtisodiy rayonlar: Toshkent, Mirzacho’l, Farg’ona, Janubiy, Zarafshon, Quyi Amuddaryo.

Download 2,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish