22-jadval. Transport turlari bo’yicha yo’lovchi tashish va yo’lovchi aylanmasi dinamikasi.
Transport turlari
|
hajmi
|
O’tgan yilga nisbatan foizda
|
2003
|
2004
|
2003
|
2004
|
Yo’lovchi tashish , mln kishi
|
3351,5
|
3479,2
|
98,6
|
103,9
|
Temir yo’l transportida
|
15,3
|
15,3
|
102,5
|
100,5
|
Avtomobil transportida
|
3121,0
|
3294,1
|
100,1
|
105,6
|
Shahar elektr transportida
|
214,4
|
168,9
|
80,8
|
78,1
|
Havo transportida
|
0,8
|
0,9
|
96,3
|
107,0
|
Yo’lovchi aylanmasi, mlrd. yo’lovchi-km
|
36218,6
|
40119,6
|
109,3
|
110,7
|
Temir yo’l transportida
|
2065,0
|
2029,0
|
102,3
|
100,9
|
Avtomobil transportida
|
28949,1
|
32534,6
|
112,7
|
112,1
|
Shahar elektr transportida
|
1248,0
|
1007,4
|
82,0
|
80,7
|
Havo transportida
|
3956,5
|
4548,7
|
101,1
|
114,9
|
Keyingi 4-5 yilda yo’lovchi va yuk tashish sohasida xususiy sektorning roli ortib bormoqda. Bugungi kunda Respublikada 25 mingdan oshiq xususiy yuk avtomobillari, 5 mingdan oshiq avtobuslar va 80 mingdan ortiq engil avtomobillar hisobga olingan. Agar kuniga avtotransportda 8 mln. dan oshiq yo’lovchi tashilsa, shundan 25-30 foizi xususiy avtomobilchilar tomonidan amalga oshiriladi.
Shahar yo’lovchilar tashish transporti. O’zbekiston transport tizimida shahar yo’lovchi transport xizmati alohida o’rin tetadi. Respublika shaharlarida aholini belgilangan marshrutlarda tashiydigan jamoat transporti-abtobus, tramvay, trolleybus, er osti transporti (metropoliten), engil avtomobil transporti (taksi) xizmat ko’rsatadi. O’zbekistonda XX asr boshlariga qadar ot-ulov asosiy transport vositasi bo’lgan. 1901 yilda Toshkentda konka –tor temir yo’l izida otlar sudraydigan bir vagonli dastlabki shahar transporti, 1912 yilda 1-tramvay ishga tushirildi.
1926 yili respublikada muntazam avtobuslar yordamida yo’lovchilar tashish boshlangan edi (dastlabki shaharlararo avtobuslar qatnovi 1906 yilda Farg’ona-Marg’ilon marshrutida yo’lga qo’yilgan edi). Ana shundan beri yo’lovchilar tashuvchi avtobuslar ham son, ham sifat jihatidan juda o’sib ketdi.
O’zbekistonning qator shaharlarida, jumladan Toshkent (1947), Samarqand (1967), Olmaliq (1968), Farg’ona (1970), Andijon (1971), Namangan (1973), Buxoro (1987), Nukusda (1992) trolleybuslar qatnab turibdi.
Umuman olganda respublikamiz poytaxti-Toshkent shahrida shahar yo’lovchi transport tizimi yaxshi rivojlangan. Poytaxtda “Toshshaharyo’lovchitrans” Davlat uyushmasiga qarashli 11 ta avtobus parki, 2 ta tramvay va 3 ta trolleybus deposi, 5 ta taksopark mavjud. 1977 yil Toshkentda metro qurilib ishga tushurildi. Hozirda metropolitenning 3 ta yo’nalishi (Chilonzor, O’zbekiston, Yunusobod) va 29 stansiyasi mavjud. Shahar bo’yicha sutkasiga qariyb 3 mln yo’lovchi tashilmoqda (21-22-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |