2-asosiy savol bayoni: Suv transporti. U rayonlararo va xalqaro ahamiyatga ega bo’lib, xalq xo’jaligi yuklarini tashish hamda Turkmaniston, Tojikiston, Afg’oniston davlatlari bilan iqtisodiy aloqalar uchun xizmat qiladi.
Respublika suv transporti salohiyatida Amudaryoning ulushi katta. Shu bois, birinchi marta 1950 yil Amudaryoning o’rta oqimida Surxondaryo viloyati hududida Termiz daryo porti tashkil etilgan. 1952 yilda esa Xo’jaylida kema tamirlash zavodi qurilgan. Amudaryoning quyi qismida daryo sohillarida turli yillarda Sharlavuq, To’rtko’l, Beruniy, Qoratov, Xo’jayli bandargoh (pristan)lari qurilgan.
Istiqlol sharofati bilan 1994 yildan boshlab mamlakat suv transporti xizmatini yaxshlash maqsadida bir qator tashkiliy ishlar amalga oshirila boshlandi. Jumladan, O’rta Osiyo paroxodchiligining O’zbekistondagi bo’limlari negizida "Termiz daryo porti", "Xorazm daryo porti", "Qoraqalpog’iston daryo porti" ishlab chiqarish birlashmalari tashkil etildi (1995). "O’zavtotrans" korporatsiyasi huzurida daryo floti ishini muvofiqlashtirish bo’yicha (Toshkentda) bosh boshqarma tuzilgan bo’lib, u mamlakat suv transportiga umumiy rahbarlik qiladi. Uning tarkibiga Termiz daryo porti, Sharlavuq, To’rtko’l, Beruniy, Qoratov, Xo’jayli bandargohlari, Amudaryo orqali To’rtko’l-Xonqa, Chalish-Beruniy suzma ko’prik (parom)lari, Xo’jayli kema tamirlash zavodi ishlab turibdi. Termiz daryo porti yiliga 2,5 mln t yukni qabul qilish-jo’natish quvvatiga ega, Afg’onistonning Hayraton bandargohi orqali eksport-import yuklarini etqazib berishda xalqaro ahamiyatga molik.
Respublikada suv yo’llarining umumiy uzunligi 1000 km ga yaqin. Xalq xo’jaligi yuklari asosan Termiz-Hayraton, Sharlavuq-To’rtko’l, Xo’jayli-To’rtko’l, Xo’jayli-Beruniy, Qoratov-Taxiatosh yo’nalishlarida tashiladi. O’zbekistonning barcha port va bandargohlari temir yo’llar bilan bog’langan.
Quvur transporti tez rivojlanib bormoqda. Mamlakat neft hamda gaz sanoatining rivojlanishi, aholini ichimlik suvi bilan to’la taminlash bo’yicha katta istiqbolga ega. Tarixga nazar tashlasak, O’zbekistonda birinchi neft quvuri 1908 yilda ishga tushganini ko’ramiz. O’sha yili Chimyon neft konidan Oltiariq neftni qayta ishlash zavodiga 20 km. lik quvur tortilgan edi. Keyinchalik mamlakatda yangi-yangi neft va gaz konlarining topilishi quvur transporti rivojlanishiga asos bo’la boshladi. Endilikda birgina Farg’ona va Oltiariq neftni qayta ishlash zavodlariga neft konlaridan jami 228,5 km. lik quvurlar o’tqazilgan.
Shuningdek, turli yillarda Surxondaryo (1947 yil Lalmikor-Qumqo’rg’on va 1969 yil Amudaryo-Amu Zang), Qashqadaryo (1977 yil G’arbiy Toshloq-Qashqadaryo stansiyasi va 72 km li Shimoliy O’rtabuloq-Oltingugurt zavodi) va Buxoro (1994 yil 100 km li Ko’kdumaloq-Qorovulbozor) viloyatlarida ham neft quvurlari qurilgan.
O’tgan asrning II yarmidan boshlab respublikada gaz sanoatining rivojlanishi gaz quvurlari geografiyasini juda kengaytirib, uning xalqaro ahamiyatini oshirib yubordi. O’zbekistonda gaz quvurlari qurish 1958 yilda boshlangan. 1960 yillarning boshigacha "Asaka-Andijon", "Xo’jaobod-Farg’ona", "Shimoliy So’x-Qo’qon", "Gazli-Kogon" gaz quvurlari qurilgan.
Shu bilan birga ushbu davrda mamlakatimiz hayoti uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan "Jarqoq-Buxoro-Samarqand-Toshkent" gaz quvuri ham ishga tushgan.
Keyinchalik g’oyat qisqa muddatlarda Buxoro-Ural (1,2,3-navbatlari), O’rta Osiyo-Markaz, Buxoro-Toshkent-Frunze (Bishkek) –Olmaota gaz quvurlari qurib foydalanishga topshirildi. Ana shu quvurlar orqali xalqimizning milliy boyligi xo’jasizlarcha tashib ketilgan.
Mustaqillikka erishishimiz bilan ushbu boyliklarga bo’lgan munosabat tubdan o’zgardi. Endilikda respublikadagi gaz uzatish bo’linmalari 7 magistral gaz quvuri tarmog’iga (Buxoro-Gazli-Toshkent, 522 km; Muborak-Navoiy, 112 km; Sho’rtan-ToshIES, 602 km; Kalif-DO’shanbe, 408 km; Buxoro-Ural, 489 km; O’rta Osiyo-Markaz, 369 km) ega.
Diametri 720-1220 mm li magistral gaz quvurlarining umumiy uzunligi 12,6 ming km bo’lib, uning to’la quvvat bilan ishlashi uchun 25 ta kompressor stansiyasi xizmat ko’rsatadi. Bugungi kunda quvur transporti orqali Qozog’istonning janubiy viloyatlari, Qirg’iziston va Tojikiston O’zbekiston tabiiy gazi bilan ta’minlanadi.
Aholini, ayniqsa shahar aholisini chuchuk suv bilan taminlashda ham quvur transportining ahamiyati ortib bormoqda. Jumladan, 1993 yilda Buxoro va Navoiy shaharlarini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida Damxo’ja-Buxoro suv quvuri ishga tushdi.
Umuman, quvur transporti mamlakat iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotida muhim omil bo’lib, u sanoat korxonalari va xo’jaliklarni, aholi manzilgohlari va shaharlarni tabiiy gaz va chuchuk suv bilan taminlashda katta ahamiyatga ega. Quvur transportining rivojlantirilishi va uning xalq xo’jaligida mavqeining oshirilishi ishlab chiqarishda mehnat unumdorligi oshishiga, mahsulot tannarxi pasayishiga, atrof-muhitning ekologik jihatdan toza bo’lishiga olib keladi.
O’zbekiston transport tizimi nafaqat milliy xo’jalik rivojlanishida, balki mintaqaviy va xalqaro savdo iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishda, mintaqaviy integratsion aloqalarni chuqurlashtirishda muhim omil bo’lib hisohlanadi. Xususan, Buyuk ipak yo’lini tiklash va undan samarali foydalanish maqsadida qabul qilingan TRASEKA dasturi doirasida mamlakatimizning tutgan o’rni yuqori.
TRASEKA Evropani Markaziy Osiyoga Kavkaz orqali bog’lovchi transport karidori bo’lib, 1993 yil mayda Bryusselda Evropa Komissiyasining tashabbusi bilan qabul qilingan. Bu dasturda asosan Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Turkmaniston, Tojikiston, O’zbekiston qatnashmoqda. 1998 yildan bu dastur faoliyatida Bolgariya, Moldova, Ruminiya, Turkiya va Ukraina ishtirok etmoqda.
TRASEKA asosan tegishli yo’nalishlarda temir yo’l transporti xizmatini yo’lga qo’yishni maqsad qilsada, avtomobil va suv transporti tizimini takomillashtirish ham dastur tarkibiga kiritilgan. Hozirda TRASEKA yo’nalishida transport tizimidan 50 dan ortiq davlat foydalanmoqda.
Xulosa: transportning ishi uning yuk tashish hajmiga qarab belgilanadi. Yuk tashish hajmi ma’lum vaqtda ma’lum masofaga tashilgan yuk miqdoridir. U tonna, kilometrda ifodalanadi.Jizzax-Samarqand oralig’idagi temiryo’l dengiz sathidan 850 metr balanddan o’tgan. Hozirda temiryo’llarning umumiy uzunligi 6 ming kilometrdan ortiq. Yil davomida temiryo’ldan 10-15 mln dan ortiq yo’lovchi foydalanmoqda. Qo’ng’irot-Beynov temir yo’li qurildi (410 km). Tranzit-yuk yoki yo’lovchilarning oraliqdagi stantsiya, viloyat, davlat orqali o’tishi. Elektrlashtirilgan yo’llar-800 km. Yo’llarning o’tkazish imkoniyati-temiryo’ldan bir kecha-kunduzda o’tishi mumkin bo’lgan poezdlar miqdori. Ikki yo’lli temiryo’llarning o’tkazish imkoniyati bir kecha-kunduzda 150 juft poezdga, bir yo’lli temiryo’llarda esa, 30 juft poezdga etishi mumkin. Farg’ona vodiysini mamlakatimizning boshqa hududlaribilan bog’lovchi umumiy uzunligi 125 km bo’lgan “Angren-Pop” temiryo’lini va 19 km uzunlikdagi temiryo’l tonnelini qurish boshlandi. Magistral-(lotincha magistralis-asosiy)-asosiy yo’nalish, asosiy transport yo’li. “Drujba” stansiyasi (Qozog’iston), Turkmanistonda Tajan-Saraxs va Eronda Saraxs-Mashhad qismlari qurib foydalanishga topshirildi (1996 yil) va yo’lda poezdlar qatnovi boshlandi. Aynan 133 km li Tajan-Saraxs yo’lini qurishda o’zbekistonlik quruvchilarning hissasi katta bo’ldi. 2012 yilda uzunligi 116 km bo’lgan Guliston-Ohangaron avtomobil yo’li hamda Qo’qon shahrini aylanib o’tadigan avtoyo’l foydalanishga topshirildi. Uzunligi 64 km bo’lgan Toshkent xalqa yo’li shaharda transport harakatini kamaytirish maqsadida shakllantirildi. 20 asr boshlarida Amudaryo va Orol dengizidagi suv yo’llari bo’ylab ko’plab yo’lovchilar va yuklar tashilgan. 1924 yilda kema va qayiqlar qatnaydigan suv yo’llarining umumiy uzunligi 887 km edi. 1980 yilda suv yo’llarining umumiy uzunligi 2800 km ga etdi. Respublikada “Termiz daryo porti”, “Xoraz daryo floti”, “Qoraqalpog’iston daryo floti” birlashmalari tashkil etilgan. Daryo flotida 150 ga yaqin teploxod, shuningdek, barjalar, yordamchi kemalar va boshqa texnika vositalari bor. Suv yo’llarining umumiy uzunligi 1000 km ga yaqin. Yuklar asosan Termiz-Hayraton, Sharlovuq-To’rtko’l, Xo’jayli-To’rtko’l, Xo’jayli-Beruniy, Qoratov-Taxiatosh yo’nalishlarida tashiladi.
Kelajakda O’zbekiston ham jahon okeanida o’zining flotiga ega bo’ladi. Hozircha chetga chiqarilayotgan va chetdan keltirilayotgan yuklarning muayyan qismini kira haqi-fraxt evaziga boshqa davlatlarning kemalari tashib bermoqda. Fraxt-suv yo’lida yuk tashish haqi. Bu haq yukning og’irligi, qancha masofaga tashilishi, hajmi, kemada tashish vaqt miqdoriga ko’ra belgilanadi. O’zbekiston chetga sotgan mollarini chet el kemalarida tashib, ko’p mablag’ sarflashga majbur bo’lmoqda. Havo transporti yiliga 800 mingdan ortiq yo’lovchi tashimoqda. Mahalliy havo yo’llarining umumiy uzunligi 60 ming km dan ortdi.
Gaz quvurlaridan-Jarqoq-Buxoro-Samarqand-Toshkent, Muborak-Toshkent mavjud. O’zbekistondan Uralga (2100 km), Moskvaga (3500 km) o’tkazilgan gaz quvurlari diametrining kattaligi va uzunligi jihatidan jahonda oldingi o’rinlardan birini egallaydi. Quvur transportining ish unumi quvirning diametridan tashqari, gaz yoki neft qanday bosim bilan harakatlanishiga ham bog’liqdir. Fan va texnika yutuqlari 120 atmosfera bosimida gazni yuborish imkonini bermoqda. Lekin mamlakatimiz quvur transportida hozircha bosim 40 atmosferadan oshmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |