Nazorat savollari:
1.O’zbekiston chorvachilik tarmoqlarining rivojlanishini mazmunan izohlab bering?
2. Qoramolchilik. Qo’ychilik (Qorako’lchilik) ni tushuntirib bering?
3.Echkichilik tarmog’ini tushuntirib bering?
4. Chorvachilikning boshqa tarmoqlariga ta’rif bering?
5. O’zbekiston chorvachiligining asosiy tarmoqlarini aytib bering?
6. Mamlakat chorvachiligida qaysi tarmoq valyuta tushumlariga ega?
7. Qorako’lchilik haqida gapirib bering?
8. Cho’chqachilik qanday mintaqalarda rivojlangan?
8.Sizning fikringizcha O’zbekistonda chorvachilikning qaysi tarmog’i nisbatan rivojlangan? Fikringizni izohlang?
9. Pillachilik O’zbekistonning qaysi viloyatlarida rivojlangan?
10. Respublikada yilqichilik va tuyachilik qanday rivojlangan?
13-mavzu: O’zbekiston respublikasi transport geografiyasi
Ko’rib chiqiladigan asosiy savollar:
1. Transportning respublika iqtisodiyotidagi ahamiyati. Temir yo’l transporti. Avtomobil transporti. Havo transporti.
2. O’zbekiston transportining boshqa turlariga ta’rif.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Tranzit yuklar, transport tuguni, transport magistrallari, trakt, avtomagistral, tonnel, port, bandargoh, suzma ko’prik (parom)lar, Buyuk ipak yo’li, TRASEKA (Trans Osiyo magistral-Istanbul-Toshkent-Olmaota-Pekin) dasturi.
1-asosiy savol bayoni: Har qanday hududning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti va aholining hayot darajasini ko’tarishda transportning o’rni va mohiyati beqiyosdir. Transport moddiy ishlab chiqarishning muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Uning rivojlanish darajasi mamlakat iqtisodiyotiga, unda ishlab chiqarish kuchlarining joylashish va rivojlanishiga bevosita ta’sir ko’rsatadi.
Transport avvalo, ishlab chiqarish infratuzilmasi bo’lib, uning ishlab chiqarish xarajatlari va tovar narxiga ta’siri yuqoridir. Tarmoqning rivojlanishi tabiiy resurslarni o’zlashtirish, sanoat va agrar soha integratsiyasi chuqurlashishi hamda milliy xo’jalikning jahon bozoriga qo’shilishining shart-sharoitlarini yaxshilaydi. Transportning texnikaviy, savdo-sotiq va madaniy aloqalarda ham ahamiyati katta.
Transport mamlakatimiz iqtisodiy rivojlanishida muhim shart-sharoit va omillardan biri hisoblanadi. Bu sohada (aloqa bilan birga) YaIMning 9,8 foizi yaratilmoqda, iqtisodiyotda band bo’lganlarning 1,5 foizi mehnat qilmoqda. Transport sohasining iqtisodiy ko’rsatkichlari keyingi yillarda birmuncha turg’un xarakterda bo’lib, bu sohadagi investitsion faollikning pasayishi, tarkibiy siljishlarning sekinlashishi, xususiylashtirish va tadbirkorlikning rivojlanish darajasi hamda umuman iqtisodiy o’sish sur’atlari va xorijiy investitsiyalarning jalb etilish darajasini pastligi bilan izohlanadi.
Mamlakat transport tarmog’i temir yo’l, avtomobil, havo, quvurlar va daryo suv yo’llaridan iborat. Transportning barcha turlari yordamida respublikada har yili xalq xo’jaligi uchun zarur bo’ladigan turli-tuman yuklar va yo’lovchilar tashiladi. O’zbekistonda yiliga barcha transport turlari vositasida 715 mln tonnadan oshiq yuk va 3480 mln yo’lovchi tashilmoqda (2004 y).
Do'stlaringiz bilan baham: |