20-jadval. Chorvachilikning asosiy turdagi mahsulotlarini ishlab chiqarish (2005 yil, ming tonna).
Mintaqalar
|
Go’sht
(tirik vaznda)
|
Sut
|
Tuxum
mln. dona
|
O’zbekiston Respublikasi
|
1061,2
|
4554,9
|
1966,7
|
Qoraqalpog’iston Respublikasi
|
42,1
|
133,1
|
29,2
|
Andijon
|
70,9
|
419,8
|
144,6
|
Buxoro
|
89,2
|
342,1
|
108,0
|
Jizzax
|
79,4
|
244,0
|
53,8
|
Qashqadaryo
|
119,4
|
444,6
|
124,5
|
Navoiy
|
64,9
|
185,5
|
78,6
|
Namangan
|
60,5
|
292,0
|
53,3
|
Samarqand
|
142,4
|
602,8
|
362,3
|
Surxondaryo
|
87,8
|
403,8
|
113,8
|
Sirdaryo
|
30,6
|
145,0
|
37,9
|
Toshkent
|
129,9
|
427,3
|
596,6
|
Farg’ona
|
73,4
|
446,1
|
112,1
|
Xorazm
|
70,7
|
468,8
|
152,0
|
Jadval Statisticheskiy ejegodnik regionov Uzbekistana 2005. Statisticheskiy sbornik. –T., 2006. ma’lumotlari asosida tuzildi.
Echki ob-havoning noqulay sharoitlariga chidamli. Echkilar asosan respublikamizning baland tog’li va tog’ oldi zonanalarida boqiladi. Echkichilik Surxondaryo, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand viloyatlarida rivojlangan.
Cho’chqachilik asosan rusiyzabon aholi yashaydigan shaharlar va ularning atrofi hamda g’allachilik mintaqalarida nisbatan rivojlangan. Cho’chqachilik O’rta Osiyoda Rossiya imperiyasi bosib olgandan keyin vujudga keldi.
Cho’chqa Go’shtidan kolbasa ishlab chiqarishda foydalaniladi. Yilda har ona cho’chqadan 18-20 tagacha cho’chqa bolasi olinadi. Ularni bo’rdoqiga bogib 1,5-2,0 t Go’sht olish mumkin. O’zbekistonda cho’chqalarning Yirik oq, Landras, Shimoliy Kavkaz va Dyurok zotlari boqiladi.
Sobiq Ittifoq davrida cho’chqachilik O’zbekistonda juda tez rivojlandi. Respublikamizda 1991 yil 741,1 ming bosh cho’chqa bo’lgan. Mustaqillik yillarida esa cho’chqachilik ayrim sabablarga ko’ra qisqarmoqda. 2006 yilda mamlakatda 86,9 ming bosh cho’chqa bo’lgan. Cho’chqachilik Toshkent (27,2 ming bosh), Navoiy (15,4 ming bosh) va Samarqand (10,3 ming bosh) viloyatlarida yaxshi taraqqiy etgan. Mazkur viloyatlarga O’zbekistondagi jami cho’chqalarning 60,9 foizi boqilmoqda.
Yilqichilik xalq xo’jaligida muhim ahamiyatga ega. Otlarning eng asosiy mahsuldorligi ularning ish layoqati bilan belgilanadi. Sut, Go’sht, teri va boshqalar esa ulardan olinadigan qo’shimcha mahsulotlardir.
Qorabayir Markaziy Osiyo, jumladan O’zbekistondagi asosiy mahalliy ot zotidir. Bu otdan minishga, yuk tasishda, harbiy ishlarda, qishloq xo’jaligi ishlarida, sport musobaqalari (ayniqsa ko’pkari)da va Go’sht-sut ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Ot Go’shti yuqori sifatli parhez xususiyatiga ega. Biya sutidan shifobaxsh qimiz tayyorlanadi. Biyalarning sog’in davri 6-9 oy, bu davrda har biyadan 750-3700 kg sut sog’ib olish mumkin. Biya suti (qimiz) sil, kamqonlik, oshqozon-ichak, yurak, asab kasalliklarini davolashda qo’llanadi.
Tuyachilik. Tuyalar miloddan 2000 yilcha ilgari xonakilashtirilgan. Ularning bir o’rkachli (dromedar) va ikki o’rkachli (baktriya) turlari mavjud. Tuyachilik cho’l, chalacho’l va quruq dasht zonalarida taraqqiy etgan.
Buyuk ipak yo’li orqali boshqa ashyolar qatori Xitoyga Baqtriya va Davan (Farg’ona vodiysi)dan tuyalar ham olib ketilgan. Tuyachilik O’zbekistonda Qoraqalpog’iston Respublikasi, Navoiy, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida yaxshi rivojlangan.
Tuyalardan asosan ulov sifatida (200-400 kg yuk ko’taradi), shuningdek, Go’sht, sut va jun tayyorlashda foydalaniladi. O’rtacha bir bosh tuya 300-350 kg Go’sht, sog’in davridagi har bir biyadan 1500-5300 kg sut olish mumkin. Bir o’rkachli tuyalardan 2-4 kg, ikki o’rkachlilaridan 5-10 kg jun olish mumkin. Tuya juni to’qimachilik sanoati va gilamchilik uchun xom ashyo hisoblanadi. Tuya junining 75 foizini tivit tashkil qiladi.
Parrandachilik ham tez ko’payadigan va serdaromad tarmoqdir (tovuq yetti xazinaning biri). Bu tarmoq keyingi davrda Respublikaning barcha mintaqalarida asosan shaxsiy va fermer xo’jaliklarda tez rivojlanib bormoqda. Tarmoqda 2005 yilda 1966,7 mln dona tuxum ishlab chiqarilgan. Mamlakatda poytaxt viloyati tuxum ishlab chiqarishda etakchi. Unda 2005 yil 596,6 mln dona, Samarqand viloyatida esa 362,3 mln dona tuxum tayyorlangan (22-jadval).
Pillachilik. Qishloq xo’jaligining qadimiy va istiqbolli tarmoqlaridan biri bo’lgan pillachilik ham mamlakatimiz iqtisodiyotida katta o’rin tetadi. O’zbekiston hududida ipak qurti juda qadimdan boshlab boqilgan. Ayrim ma’lumotlarga ko’ra ipak qurti boqish milodning IV asrida Xitoydan O’rta Osiyoga tarqalgan. 1913 yilda O’zbekistonda 4 ming tonnaga yaqin pilla yetishtirilgan bo’lsa, uning 90 foizi Farg’ona vodiysiga to’g’ri kelgan. Sobiq Ittifoq davrida pillachilik geografiyasi ancha o’zgarib ketdi. Endilikda pillachilik O’zbekistonning barcha viloyatlarida va Qoraqalpog’istonda ham rivojlangan.
Hozirda O’zbekiston yiliga o’rtacha 15-18 ming t pilla ishlab chiqarmoqda. Jumladan 2004 yil 16859 t., 2005 yil 16211 t. pilla yetishtirilgan.
Mamlakatimiz jon boshiga pilla etkazish bo’yicha jahonda birinchi, umumiy hajmi bo’yicha beshinchi o’rinda turadi.
Pillachilikning O’zbekiston iqtisodiyotida katta o’rin tutishini e’tiborga olib 1998 yil 30 martda O’zbekiston Prezidenti “Respublika pillachilik sohasini boshqarish tizimini takomillashtirish to’g’risida”gi farmonga imzo chekdi.
Ushbu farmonga ko’ra Respublikada pillachilik sohasini rivojlantirish borasida qator tadbirlar belgilandi va ular amalga oshirilmoqda.
Baliqchilik O’zbekistonda tabiiy va sun’iy suv havzalarida rivojlantirilmoqda. O’zbekistonning daryo va ko’llarida 62 baliq turi yashaydi. Shulardan zog’ora baliq, do’ngpeshona, sudak, oqcha (leshch), ilonbosh, cho’rtan qizilko’z xo’jalik ahamiyatiga ega.
1960 yilgacha respublikada baliqning asosiy qismini Orol dengizi berar edi. Orol suvining kamayib ketishi natijasida uning baliqchilikdagi ahamiyati tobora pasayib bormoqda.
Ayni paytda baliq mahsulotlari etishtirishda intensuv rivojlanayotgan sun’iy suv havzalarining hissasi oshib bormoqda.
Yirik baliqchilik xo’jaliklari Jizzax, Sirdaryo (Aydarko’l, Arnasoy), Toshkent (Damachi), Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog’iston Respublikasidadir.
Arnasoy suv havzasida yiliga 2 ming t, Qoraqalpog’iston Respublikasining Orolbo’yi ko’llarida esa 3 ming tonnagacha baliq ovlanmoqda.
Respublikadagi suv omborlari ham baliqchilikni rivojlantirishda ma’lum ahamiyatga ega.
Har yili To’dako’l suv omboridan 500, Chimqo’rg’on va Jizzax suv omborlaridan 70-100 tonnagacha baliq ovlanadi.
Darrandachilik. Respublika chorvachiligining an’anaviy tarmoqlari qatorida darrandachilik ham rivojlanmoqda. Asosan muskulli kalamush (ondatra), suv bobri (nutriya), tulki, norqa kabilar Quyi Amudaryo, Mirzacho’l hamda Surxondaryo mintaqalarida boqiladi.
Shuningdek, mamlakat chorvachiligida quyonchilik va asalarichilik kabi tarmoqlar ham mavjud. Mazkur tarmoqlarining mamlakat chorvachilik mahsulotlari etishtirishdagi salmog’i uncha katta bo’lmasada, o’ziga xosligi bilan ajralib turadi (20-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |