Transporti. Jizzax viloyatida transportning ba’zi turlari, ya’ni temir yo’l, avtomobil, xavo transporti mavjud. Ammo asosiy transport turi avtomobil bo’lib, u barcha rayonlarni bir-biri bilan bog’laydi. Viloyatda jami avtomobil yo’llari 36,8 ming km. ni tashkil etadi. 1427 km yo’l davlat, 248 km viloyat, 1330 km yo’l xo’jalik va korxonalar tasarrufida. Avtomobil yo’llarining qattiq qoplama zichligi 1 kv. km ga 0,180 km. Respublikaning boshqa viloyatlari bilan aloqa qilishda katta O’zbek traktining ahamiyati katta.
Viloyat hududidan Toshkent - Samaqand shaxarlarini bog’laydigan temir yo’llar (217 km) o’tgan. Ushbu transport turi mazkur viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida xizmat qiladi.
Bundan tashqari, mamlakat ahamiyatiga ega bo’lgan gaz quvurlari, elektr uzatish shaxobchalari (Sirdaryo IESdan)ning o’tganligi hudud iqtisodiyotini rivojlantirishda alohida ahamiyat kasb etadi.
Havo transportida Jizzax shaxridan Respublikaning boshqa viloyat markazlariga aloqa yo’li o’rnatilgan. Umumiy maydoni 18 km2 bo’lgan Uchtena aeroporti mavjud.
Shaxar yo’lovchi tashish transportida aholiga yo’lovchilarni belgilangan marshrutlarda tashiydigan jamoat transporti - avtobus, trolleybus, engil avtomobil transporta hisoblanadi.
Avtomobil transporti Jizzax shaxrini viloyatning tuman markazlari bilan bog’lashda hamda shaxar ichida aloxida o’rin tetadi. 1997 yilda Jizzax shaxrida uzunligi 14 km bo’lgan trolleybus yo’li ishga tushirilgan.
Viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida, infrastruktura aloqalarini yaxshilashda transportning barcha turlarini imkoniyat darajasida yo’lga qo’yish maqsadga muvofiqdir.
Tashqi iqtisodiy aloqalari. Jizzax viloyatining iqtisodiy faoliyatini keng majmuada rivojlantirish uchun xar tomonlama qulay, tabiiy imkoniyatlar mavjud. Shu boisdan ham Buyuk Britaniya, Germaniya, Turkiya, Xitoy, Rossiya, Ukraina, Tojikiston kabi davlatlar bilan aloqalar o’rnatilgan.
Tashqi savdo aylanmasi 45,0 ming AQSh dollarini tashkil etadi. Shundan eksport xajmi 81,3 foizga teng bo’lsa, qolgani import mahsulotlariga to’g’ri keladi. Mustaqillikka erishgandan buyon viloyatda 30 dan ortiq qo’shma korxonalarga asos solindi. Tashqariga chiqariladigan maxsulot turlariga paxta tolasi, kunjara, o’simlik yog’i, qurilish materiallari kiradi.
Tashqi savdo aylanmasida «Jibri» (O’zbekiston - Buyuk Britaniya), «Kumush tola» (O’zbekiston — Tojikiston), «Bazalt» (O’zbekiston —Ukraina) kabi qo’shma korxonalarning o’rnini alohida ta’kidlash lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |