Lim vazirligi guliston davlat universiteti



Download 2,96 Mb.
bet98/160
Sana30.06.2022
Hajmi2,96 Mb.
#719431
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   160
Bog'liq
Lim vazirligi guliston davlat universiteti

Xo’jaligi. Jizzax viloyatining xo’jaligi mamlakatimiz aksariyat hududlari kabi agrar-industrial taraqqiyot yo’lidan borayotganligini ta’kidlash zarur. Mirzacho’l xududiy-ishlab chiqarish majmuida viloyat xo’jalik ixtisosi paxtachilik bilan bog’liq tarmoqlarning jadal rivojlanayotganligi bilan asosiy o’rinni egallaydi. Bundan tashqari, bu erning tabiiy iqlim sharoiti g’allachilik, lalmikor g’allachilik, bog’dorchilik, pillachilik, meva-sabzavot etishtirish, chorvachilik kabi qishloq xo’jaligi tarmoqlarini rivojlantirish uchun qulay.
Sanoatda rangli metall ruldalarini qazib olish, oziq-ovqat va engil sanoat tarmoqlari alohida ahamiyatga ega. Ushbu tarmoqlarni rivojlantirish hududda mulkchilikning turli shakllariga molik korxonalarni vujudga keltirish, bozor infrastrukturasini shakllantirish asosida olib borilmoqda.
Sanoati. Jizzax viloyati yalpi ichki mahsulotining 19,9 foizi sanoat xissasiga to’g’ri keladi. Sanoatda akkumulyatorlar, mebel, plastmassa buyumlar, ipak gazlama, tri­kotaj kiyim-kechaklar, temir-beton buyumlar, turli xil qurilish materiallari, paxta moyi, un, kiyim-kechak, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan 40ga yaqin korxona faoliyat ko’rsatmoqda.
Yoqilg’i - energetika majmui, Sirdaryo viloyatidan farq qilgan holda, umuman rivojlanmagan, kerakli maxsulot va xom ashyo asosan boshqa mintaqalardan keltiriladi.
Tog’-kon sanoatida rangli metallar, shu jumladan Qo’ytoshdan 1937 yildan beri volfram - molibden rudalarni, Marjonbuloq konlaridan oltin (1980 yil) va Qo’ytoshda volostanit, marmar, granit, oxak, Forish rayonidagi qo’rg’oshin, rux qazib olinadigan Uchkuloch, Banoz konlari mavjud.
Kimyo va Mashinasozlik soxasida irrigatsiya va melio­ratsiya maqsadlarida ishlatiladigan polietilen quvurlar (Jizzax plastmassa quvurlar zavodi) xamda polietilen plyonkalar ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan. Polietilen plyonkalar ishlab chiqarish jami sanoat mahsulotining 1,1 foizini tashkil qiladi.
Mashinasozlik (2,8 foiz) sanoatning nisbatan yangiroq tarmog’i hisoblanib, u asosan qishloq xo’jalik mashinalari, qurilish va yo’l texnikasini ta’mirlashga xizmat qiladi. Jizzax Gagarin, Paxtakorda joylashgan bunday korxonalar Toshkent qishloq xo’jaligi va to’qimachilik mashinasozligi zavodlarining filiallari hisoblanadi.
Qurilish materiallari sanoati birmuncha yaxshi rivojlangan bo’lib, u viloyat halq xo’jaligining qurilish materiallariga bo’lgan talabini qondiradi. Mazkur tarmoqka tegishli korxonalar Jizzax Dashtobod, G’allaorol shaxarlarida joylashgan. Deyarli aksariyat rayonlarda g’isht ishlab chiqariladi; 1930 yildan beri Jizzaxda oxak zavodi ishlamoqda, Shuningdek, irrigatsiya va uy-joy qurilishida keng foydalaniladigan yuqori sifatli silikat ishlab chiqarish ham mavjud.
Sanoat tarmoqlarida engil sanoat ham tez rivojlangan bo’lib, uning asosini mahalliy xom ashyo va qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash tashkil etadi. Jami sanoat mahsulotlari ichida engil sanoat xissasi 45,6 foizga teng. Shundan paxta tozalash sanoati etakchi mavqeni egallagan qolda Paxtakor, Do’stlik, Mirzacho’l paxta zavodlarini o’z ichiga oladi. Paxta tolasi ishlab chiqarish 63,5 ming tonnaga teng (2000 yil) bo’lib, tolasi ajratib olingan texnik chigit yog’-moy kombinatlarida qayta ishlashga jo’natiladi. Bir yilda viloyat bo’yicha 2,7 ming tonnaga yaqin o’simlik yog’i ishlab chiqariladi. Hamkorlikda tashkil etilgan «Kumush tola» (O’zbekiston - Tojikiston), «Bazalt» (O’zbekiston - Ukraina), «Jibri» (O’zbekiston - Angliya) korxonalari Jizzax shaxrida barpo etilgan.
Oziq-ovqat sanoati aholining extiyojini qondirishga xizmat qiladi. Sanoatning bu tarmog’i faqat ichki imkoniyatlar asosida faoliyat yurgizib kelmoqda. Jumladan, Baxmal, G’allaorol, Paxtakor rayonlarida sut, Jizzax Arnasoy, Do’stlik va Jizzax shaxrida meva hamda sabzavotlarni qayta ishlaydigan va shirinli ichimliklarni tayyorlovchi korxonalar ishlab turibdi. Viloyat sanoat korxonalarida ishlab chiqariladigan mahsulot turlarining 20 ga yaqini oziq-ovqat mahsulotlaridir. Un-non sanoati korxonalari Respublika ahamiyatiga ega. Bunday korxonalar Jizzax va G’allaorolda joylashgan.
Viloyatning barcha rayonlarida mahalliy xom ashyodan sanoat mahsuloti ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish, aholini ish bilan ta’minlash asosiy vazifalardan biridir.
Hozirga kelib jami 10 ga yaqin chet el firmalari bilan hamkorlikda qo’shma korxonalar tashkil etilgan. Bunday hamkorlik aloqalari mintaqa ijtimoiy-iqtisodiy holatini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Download 2,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish