Avtomobil transporti
O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy hayotida transport tizimining yana bir muhim qismi bo’lgan avtomobil transporti va avtomobil yo’llari ham o’rin tetadi. Milliy iqtisodiyotning avtomobil transportidan foydalanmaydigan birorta sohasi yo’q. Qisqa masofalarga yuk va yo’lovchilarni tashishda, zamonaviy transportning boshqa xillari mavjud bo’lmagan manzilgohlarda aholi va tashkilotlarga xizmat ko’rsatishda, ayniqsa transport uchun noqulay bo’lgan tog’li joylarda avtomobil transportining ahamiyati beqiyosdir.
O’zbekiston hududida avtomobil yo’llari tarmog’i ancha keng har 1000 km² maydonga avtomobil yo’llarining zichligi 210 km ga yetadi. Qator avtomobil yo’llari xalqaro va davlat ahamiyatiga ega. Hozirgi kunda avtomobil yo’llarining umumiy uzunligi 115 ming km dan ortiq. Shularning 95,6 foizi qattiq qoplamali yo’llardir. Mamlakatimiz hayotida muhim o’rin tutgan avtomobil yo’llari jumlasiga eng avvalo Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo va boshqa viloyatlar orqali o’tgan Katta O’zbek avtomobil trakti kiradi. 1940 yili qurib bitqazilgan va 700 km dan ortiq uzunlikka ega bo’lgan ushbu ravon yo’l qanchadan-qancha yuk va yo’lovchilar tashishga hamda hududlar orasida transport xizmati ko’rsatishni yaxshilashga olib keldi.
Ikkinchi Jahon urushi boshlanishdan oldin Farg’ona vodiysidagi 3 viloyat va qator shaharlarni jumladan Qo’qon, Marg’ilon, Asaka, Andijon, Namangan, Chust shaharlarini bog’lab turuvchi aylanma yo’l qayta qurildi. Shuningdek, turli davrlarda ishga tushgan Toshkent-O’sh, Samarqand-Buxoro, Toshkent halqa yo’li, Nukus-G’uzor, Qo’ng’irot-Beynov kabi yana qator avtomobil yo’llari ham O’zbekistoning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida katta ahamiyat kasb etadi.
1959 yilda Toshkent-Angren-Qo’qon avtomobil yo’li (248 km) qurildi. Bu yo’l Qurama tog’idagi Qamchiq (890 m) va Rezak (368 m) tonnellaridan o’tadi. Mazkur yo’l orqali Toshkentdan Farg’ona vodiysiga tashiladigan yuklar, temir yo’lda tashiladigan yuklarga qaraganda 3-4 baravar tez etqaziladi.
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin mavjud avtomobil yo’llarini xalqaro andozalarga moslash, yo’llarni saqlash va ta’mirlash, yangi barpo etilayotgan sanoat rayonlariga xalqaro magistrallar bilan bog’laydigan yo’llar qurilishi masalalariga e’tibor kuchaydi.
Shu bilan birga endilikda avtomobil transportida ham xususiylashtirish, kichik va o’rta biznesni rivojlantirish davom etmoqda.
Transport vositalari-avtobuslar, yuk va engil mashinalarga ega bo’lgan jamoa hamda xususiy xo’jaliklar ko’paymoqda, ularning yo’lovchi va yuk tashishda salmog’i asta-sekinlik bilan o’sib bormoqda.
Mamlakat avtotransportining moddiy-texnik baO’zasi mustahkam-lanmoqda. Avtotransport parki xorijiy mamlakatlar (Germaniya, Janubiy Koreya)dan keltirilgan va vatanimizda ishlab chiqarilayotgan avtobuslar, engil mashinalar hisobiga tobora yangilanib bormoqda. Avtoxo’jaliklar, yo’l qurilishi xo’jaliklari zamonaviy texnikalar bilan taminlanmoqda.
O’zbekiston avtomobil transportida qo’shni uzoq xorijiy davlatlar bilan bog’lanish istiqboli ochilmoqda. Mamlakatimiz O’rta Osiyo davlatlarining barchasi bilan xalqaro ahamiyatga molik bo’lgan yirik avtomagistrallar qurishda tashabbuskor bo’lib chiqmoqda yoki bevosita qatnashmoqda.
Jumladan, u Xitoyga (va Tinch okeani iqtisodiy rayoni ga) chiqish imkoniyatini beruvchi "Andijon-O’sh-Ergashtom-Qashqar" avtomobil yo’li hamda Hind okeaniga chiqishga imkon beradigan "Termiz -Hirot-Karachi" avtomobil yo’li qurilishida va shu yo’nalishda mavjud bo’lgan yo’llarni qayta tamirlashda o’z ulushini qo’shish bilan qatnashmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti taO’kidlaganidek, "O’zbekiston Xitoy va Pokistonga olib boradigan Andijon-O’sh-Ergashtom-Qashqar, shuningdek, Buxoro-Seraxs-Mashhad-Tehron va Termiz-Hirot-Qandaxor-Karochi avtomobil yo’llarini qurish va qayta tamirlash ishlariga hissa qo’shgan holda qatnashishdan ham manfaatdor".4
Do'stlaringiz bilan baham: |