Lim vazirligi guliston davlat universiteti



Download 2,96 Mb.
bet125/160
Sana30.06.2022
Hajmi2,96 Mb.
#719431
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   160
Bog'liq
Lim vazirligi guliston davlat universiteti

Iqtisodiyot. Viloyat xo’jaligi ko’proq birlamchi sektorning tog’-kon sanoati va yaylov chorvachiligiga ixtisoslashgan. Respublika mehnat taqsimotida rangdor metallur­giya, kimyo, qurilish materiallari, elektr energetika va qorako’lchilik mahsulotlarini etishtirish bilan ajralib turadi.
Boshqa viloyatlarda bo’lganidek, bu erda ham bozor isloxotlari amalga oshirilmoqda. Qishloq xo’jaligining deyarli barcha mahsuloti, sanoat mahsulotining 71 foizi nodavlat korxonalarida yaratiladi. Ushbu ko’rsatkichning nisbatan pastligi viloyat sanoatining ixtisoslashuv xususiyatlariga bog’liq.
Navoiy viloyatida 20 dan ortiq qo’shma korxonalar mavjud. Ulardan eng kattalari «Qizilqumtsement», «Qizilkum—Rus—Hyp», «Elektroximzavod», «Zarafshon—Nyu—mont» va boshqalar. Ushbu korxonalarning ko’pchiligi viloyatning tashqi savdo oborotida faol katnashadi, 2000 yilda ham viloyatda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning yuqori ko’rsatkichlariga erishildi. Jumladan, yalpi ichki mahsulot 1999 yilga nisbatan solishtirma narxda 104,4 foizga, sanoat 102,7, qishloq xo’jaligi 104,5, halq iste’mol mollarini ishlab chiqarish 116,6, savdo oboroti 103,8, aholiga pullik xizmat ko’rsatish 118,5 foizga o’sdi.
Sanoati. Viloyat sanoatining eng muhim xususiyati shundaki, bu erda undiruvchi (tog’-kon) sanoati ko’proq rivojlangan. Masalan, agar Respublikada ushbu tarmoqqa o’rtacha 14,4 foiz sanoat mahsuloti to’g’ri kelsa, Navoiy viloyatida bu ko’rsatkich 48,7 foizga teng. Mazkur viloyat O’zbekistonda ishlab chiqariladigan 30 foizdan ortiqroq mi­neral o’g’itlar va tsementini beradi (2000 y).
Mustaqillik yillarida viloyat sanoat mahsuloti solishtirma narxda 1,4 martaga o’sdi. Bu davrda xususan rangdor metallurgiya tezroq rivoj topdi va ayni paytda sanoat tarmoq tuzilishining takomillashuviga katta e’tibor berildi. Biroq, shunga qaramasdan, Navoiy viloyatida asosan bazaviy sohalar-elektr energetika, qurilish materiallari va tog’-kon sanoati etakchilik qiladi. Shu bilan birga, mamakatimizning ko’pchilik viloyatlariga xos an’anaviy tarmoqlar—engil va oziq-ovqat sanoati bu erda nisbatan sust rivojlangan.
Keltirilgan jadval ma’lumotlariga ko’ra, 1991—2000 yillarda elektr energetika, rangdor metallurgiyaning nisbiy ko’rsatkichlari biroz ko’paygan, engil sanoat, kimyo va neft kimyosiniki kamaygan. Ayni vaqtda, qurilish materiallari sanoatining o’rni yanada mustaxkamlangan.
Hozirgi paytda bu erda elektr energetika, kimyo va neft kimyosi hamda rangdor metallurgiya ixtisoslashgan tarmoqlar hisoblanadi. Navoiy viloyati mamlakatimizning 37,2 foiz undiruvchi sanoat mahsulotini, 12,3 foiz elektr energetika, 73,7 foiz rangdor metallurgiya, 26,4 foiz kimyo va neft kimyosi va 11,3 foiz qurilish materiallari sanoati mahsulotini etishtirib beradi. Barcha sanoat korxonalarida band bo’lgan xodimlar 23 ming kishi bo’lib, bu O’zbekiston Respublikasiga nisbatan 8,0 foizni tashkil etadi. Viloyatda O’zbekiston jami sanoat ishlab chiqarish asosiy fondlarning 13,1 foizi mujassamlangan.
Viloyatda bir yilda 5,9—6,0 mlrd. kVtG’s, elektr energiya, 300 ming tonnadan ziyod mineral o’g’itlar (Respublikada 832 ming tonna), 200 ming tonnadan ko’proq oltingugurt kislotasi, 730 ming tonna azot kislotasi, 1,3 mln.tonna tsement, 35 ming tonna paxta tolasi va boshqa sanoat mahsulotlari ishlab chiqariladi. Shu bilan birga, bu erda marmar plitalari, kir yuvuvchi mashinalarni ishlab chiqarish, zargarlik sanoati (yuvelir) ham yo’lga qo’yilmoqda. Ayni vaqtda viloyatda ip va ipak gazlama, o’simlik yog’i yoki konserva sanoatlari uncha rivojlanmagan.
Ta’kidlash joizki, Navoiy viloyati mamlakatimiz uchun eng muhim va noyob «strategik» ahamiyatga ega bo’lgan sanoat tarmoqlariga ixtisoslashgan. Bu erda oltinning asosiy qismi olinadi, milliy iqtisodiyot uchun eng zarur bo’lgan fosforit kombinati ham ishga tushirildi (2001 y).
Viloyat sanoatining hududiy tarkibiga kelsak, bu borada eng avvalo Navoiy va Zarafshon shaxarlari ajralib turadi. Jumladan, Navoiy shaxriga jami viloyat sanoat mahsulotining 51,0 foizi va Zarafshonga 40,0 foizi to’g’ri keladi. Qolgan hududlar ichida sanoat biroz Qiziltepa va Xatirchi tumanlarida rivojlangan, Tomdi va Uchquduk qishloq joylarida esa bu tarmoqning mujassamlashuvi ancha past.
Navoiy shaxri viloyat tashkil etilishidan oldin O’zbekistondagi mavjud tipik industrial shaxarlardan biri edi (Chirchiq Angren, Olmaliq, Bekobodga o’xshash). Hozirgi kunda bu erda yirik issiqlik elektr stantsiyasi, azot o’g’iti va boshqa kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi, tsement zavodlari, tog’-kon metallurgiya kombinati joylashgan. Undiruvchi sanoat, shuningdek, Uchquduk, Langar, Myruntov kabi «resurs» shaxar va shaxarchalarda ham rivojlanib bormoqda. Qiziltepada g’isht, Konimeh Yangirabodda paxta tozalash zavodlari bor.

Download 2,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish