Lim vazirligi guliston davlat universiteti


Viloyat iqtisodiyotining umumiy ta’rifi



Download 2,96 Mb.
bet118/160
Sana30.06.2022
Hajmi2,96 Mb.
#719431
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   160
Bog'liq
Lim vazirligi guliston davlat universiteti

Viloyat iqtisodiyotining umumiy ta’rifi. Farg’ona viloyatida ishlab chiqarishning barcha tarmoqlari mavjud va uni ancha shakllangan ko’p yo’nalishli hududiy-iqtisodiy majmua sifatida ta’riflash mumkin. Qolaversa, bu erda O’zbekistonda «birinchi» bo’lib qurilgan talaygina ishlab chiqarish korxonalari bor. Farg’ona to’qimachilik, issiqlik elektr stantsiyasi, Chimyon neft qazib olish, Oltiariq neftni qayta ishlash, Qo’qon paypoq ishlab chiqarish, Qo’qon superfosfat, Marg’ilon ipakchilik kabi sanoat korxonalari shular jumlasiga kiradi. Qishloq xo’jaligi, eng avvalo, paxta, pilla, meva etishtirishda katta tajribaga ega. Bu borada Quva anorlari, Oltiariqning bodring, turp, sholg’om va boshqa mahsulotlari mamlakatimiz bozorlarida mashxurdir.
Mustaqillik yillarida xo’jalikning turli sohalarini rivojlanishiga katta e’tibor berilmoqda. Sanoat ishlab chiqarishi 1998 yilda 1991 yil darajasidan o’tib ketdi, birgina 2000 yilda uning o’sish ko’rsatkichi 109,3 foizga teng bo’ldi. Nixoyat qishloq xo’jaligida ham yuqori ko’rsatkichlarga erishildi (2000 yilda o’sish 114 foiz), yalpi ichki mahsulotning o’sishi esa 106,7 foizni tashkil etdi.
Viloyatda 70 ga yaqin qo’shma korxona, shuningdek, xorijiy mamlakat korxonasi mavjud «DEU Tekstayl Kompani»). Ular mintaqa salohiyatini yuksaltirishga o’zlarining salmokli ulushlarini qo’shmoqdalar.
Viloyat iqtisodiyotining tarmoqlar solohiyatlarga mos holda bu erda nodavlat etishtirish biroz pastroq. Uning zimmasiga 12 fo­optikroq mamlakat sanoat mahsuloti to’g’ri keladi.
Farg’ona viloyati O’zbekiston Respublikasi sanoati mahsulotining 12,7 foizini ta’minlaydi. Bu erda mamlakat sanoatidagi ishlab chiqarish fondlarining qiymati bo’yicha 5,5 foizi va sanoatda band bo’lgan ishchi xodimlarining 11,4 foizi mujassamlangan. Xususan, yoqilg’i, kimyo va neft kimyosi, shisha-chinni sanoat tarmoqlarining hududiy mujassamlashuv darajasi yuqori: 39,7, 13,3 va 65,8 foiz. Bularning xar birini indeksi umumiy o’rtacha ko’rsatkichdan (1,00) katta: 3,13; 1,05 va 5,18. Demak, bu sanoat tarmoqlari viloyatning ixtisoslashgan yo’nalishlari hisoblanadi. Shuningdek, neftni qayta ishlash, mineral o’g’it ishlab chikarish, to’qimachilik, oziq-ovqat sanoatlarining rivojlanganlik darajasi ham yuqori.
Viloyatda quyidagi QK mavjud: Dangara tumanida «Beshtov» O’zbek— Rossiya, Rishtonda sopol idishlari ishlab chiqaruvchi O’zbek —BAZ, Quqonda O’zbek—Rossiya «Quqon—mebel», O’zbek—Isroil «Xuqand», Marg’ilondagi O’zbek-Gruziya «Dil—Bad Kompani» va boshqalar. Bulardan tashqari, Farg’onada «O’zsalamon», «Lufer» (teri mahsulotlari), Bag’dodda «Fayz—Yavar» (mebel), Yozyovonda «Mehnat» (poli­etilen plyonkalari), Quvada «Aqror» (sut mahsulotlari), Beshariqda «Farteks», Quvasoyda qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar ham faoliyat ko’rsatmoqdalar. Yaqinda Yaponiya bilan birgalikda Farg’ona neftni qayta ishlash zavodi ta’mirlanib, bu erda toza dizel yonilg’isi ham ishlab chiqariladigan bo’ldi. Buning uchun ketgan xarajat taxminan 200—250 mln. AKSh dollariga teng bo’ldi.
Hammasi bo’lib 40 ga yaqin ishlab turgan QK mavjud, shundan sanoatda 23 ta. Ularning barchasi 2000 yilda 32,4 mln. AQSh dollari xajmida mahsulot eksport qilgan va bu viloyat eksportining 20 foizga yaqinini tashkil qiladi. Qo’shma korxonalarda 4100 kishi ishlaydi.
Sanoat majmuasida Farg’onadagi yirik issiqlik markazi va Quvasoydagi IES, kimyo va neft kimyosi, neftni qayta ishlash zavodlari (Farg’ona va Oltiariq), azot va su­perfosfat ishlab chiqaruvchi korxonalar (Farg’ona va Qo’kon), furan birikmalari korxonasi (Farg’ona) kabilar katta ahamiyatga ega. Qurilish sanoati Quvasoyda, to’qimachilik mashinasozligi Qo’qonda, gaz apparati zavodi Farg’onada, don mahsulotlari kombinati Quvada joylashgan.
Farg’ona—Marg’ilon rayoniga Oltiariq, Quva, Yozyovon, Farg’ona tumanlari, Quvasoy shaxri, Qo’qon gurux rayonlariga O’zbekiston, Beshariq, Bog’dod, Dangara, Toshloq, Uch—ko’prik, Furqat, Rishton, Suh Buvayda tumanlari kiradi.
Tumanlar ichida Toshloq, Quva sanoati yaxshiroq rivojlangan (viloyatga nisbatan 5,9 va 3,5 foizdan). Rishton, Oltiariq va Bog’dod tumanlarida ham qishloq sanoati birmuncha shakllangan. Ayni vaqtda u Suh Furqat, Oxunboboev, Dangara va Buvayda kabi tumanlarda sust darajada.
Qishloq xo’jaligi mahsuloti bo’yicha oldingi o’rinlarda Farg’ona, Quva, Uchko’prik, Oltiariq va Beshariq tumanlari turadi, o’rtacha mavqega Bog’dod, Huvayda, Dangara, Oxunboboev va Rishton tumanlari ega. Qolgan tumanlarning ishlab chiqarish salohiyati pastroq (eng kichik ko’rsatkich Suh Yozyovon va Furqat tumanlarida).
Viloyatning Markaziy Farg’ona yoki Qoraqalpoq hududida o’rnashgan hududlari hamda tog’ oralig’ida joylashgan. Sux tumani nisbatan sust rivojlangan. Binobarin, kelajakda ushbu hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirish, qishloq mehnat resurslarini ish bilan ta’minlash, Farg’ona-Marg’ilon aglomeratsiyasi ekologik vaziyatini yaxshilash mintaqaning dolzarb muammolaridir.
Agar Respublika darajasini 1,00 deb olsak, Farg’ona viloyatida jon boshiga sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish indeksi 1,15, Andijonda 0,91 va Namanganda 0,47 ga teng. Demak, Namangan viloyati bu jihatdan mamlakat ko’rsatkichidan 2 martadan ko’proq orqada. Qishloq xo’jaligi indeksi esa faqat Farg’onada o’rtachadan kamroq, qolganlarda va, ayniqsa Andijon viloyatida u yuqori.
Viloyatlarda sanoat ishlab chiqarishining korxona darajasidagi mujassamlashuvi ham xar xil. Masalan, Namangan viloyatining xar bir sanoat korxonasiga 276 kishi to’g’ri kelsa, Andijonda u 365 kishiga teng. Farg’ona viloyatida ham bu ko’rsatkich yuqoriroq iqtisodietining asosini ma’nodagi agrosanoat majmui tashkil qiladi (10-chizmaga qarang). Shu bilan birga bu erda elektr energetika yaxshi rivojlanmagan. Binobarin, rayonda elektr quvvatini talab qiluvchi tarmoqlar uchun sharoit uncha uncha qulay emas. Ayni vaqtda iqtisodietning rivojlanishida mahalliy sanoat hamda katta an’analarga boy bo’lgan xunarmandchilik va kosibchilikning o’rnini ham ta’kiddash joizki Shahrixon pichoqlari, Chust va Qo’qon do’ppisi, Marg’ilon xonatlasi, Andijon maqsilari, Rishton sopol idishlari va h.k). Kelajakda bu erda rekreatsiya resurslaridan ham keng foydalanish, turizmni rivojlantirish zarur. Chortoq, Chimyon, Suh so’lim tabiatli soylar vodiylari, qadimiy Pop Axsikent, Kosonsoy arxiologik ob’ektlari, Quva kabilar, sug’orish borada katta ahamiyatga ega.

Download 2,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish