Adabiyot darslarida innovatsion texnologiyalardan foydalanish.
Adabiyot o‘qitish metodikasi fanini o‘qitishda erishilgan tajribalar va bu
sohada amalga oshirilhan tadqiqotlarni inobatga olib, bu sohaga innovatsion tarzda
yondashuvning eng zarur jihatlari haqida to‘xtalish lozim.
Birinchidan, umumnazariy jihatdan yondashilganda barcha adabiy asarlarda
ifodalangan hayot in’ikosi, umuminsoniy qadriyatlarning badiiy ifodasini
o‘quvchilar badiiy idrok etishiga erishish.
Ikkinchidan, adabiyot o‘qitish metodikasi sohasida erishilgan yutuqlarga
tayangan holda o‘quvchilarda ezgu maqsadlarni kamol toptirish.
Uchinchidan, bunda birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov asarlariga tayanish va ularda ilgari surilgan g‘oyalar, mamlakatimiz oldida turgan vazifalardan kelib chiqqan holda ish ko„rish nazarda tutiladi.
To‘rtinchidan, adabiy ta’limda kutilgan natijalarga erishish uchun yangi
ta’lim texnologiyalaridan maqsadli foydalanish lozim.
Beshinchidan, o‘zbek xalqining qadimiy yozma va og‘aki adabiyot namunalari bilan tanishtirish jarayonida ularning tarixiy negizlarini o‘rganishga mos texnologiyalarni qo‘llash orqali Vatanga muhabbat tuyg‘ularini tarbiyalash zarur.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, pedagogikada oqitishni bir qolipga solib
qo‘ymaslik doim uqtirib kelinadi. Chunki bu o‘quvchilarning ong va tafakkuriga
salbiy ta`sir ko‘rsatadi. Vaholanki, yoshlarda fikr va qarashlar xilma-xilligiga
erishish o‘qitishdan ko‘zlangan asosiy maqsaddir.Yurtboshimiz ta’kidlagalaridek,
yoshlarda erkin va mustaqil fikrlashni shakllantirishda yangicha ta’lim tamoyillariga tayanish lozim.
Shuning uchun ham adabiyot o‘qitishning innovatsiyon texnologiyalai fanini
o‘qitish jarayonida mamlakatimiz tarixi. Xususan, adabiyot o‘qitish metodikasi
tarixi bilan bog‘liq holatlarga mushohadali tarzda yondashishda o‘ta darajada
formal mantiqqa tayanish emas balki, har bir o‘qituvchi, ma’ruzachi va amaliy
mashg‘ulot olib boruvchi adabiyot taraqqiyoti bilan birga hayotni ham chuqur
bilishi, undagi yutuq hamda kamchiliklarni teran anglashi, tahlil etishi talab
etiladi.
Ma’lumki, pedagogikada o‘qitishni bir qolipga solib qo‘ymaslik qayta-qayta
uqtiriladi. Chunki takrorlar o‘quvchi ong va tafakkuriga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Vaholanki, bugungi kunda yoshlarda mustaqil, ilmiy asoslangan fikr xilma-
xilligiga erishish talimning asosiy maqsadlaridan biriga aylangan.
Shu o‘rinda, ta’limda izohli-tasvirli yondashuv – an’anaviy o‘qitish
texnologik yondashuvga o‘z o‘rnini bo‘shatib berayotganligi, ya’ni o‘qitish
jarayonini texnologiyalashtirish ustivorlik kasb etayotganligining sababi nimada,
degan haqli savol tug‘ilishi tabiiy.
“Birinchidan, an’anaviy o‘qitish yozma va og‘zaki so‘zlarga tayanib ish
ko‘radi hamda “axborotli o‘qitish” sifatida tavsiflanadi. Bunda o‘qituvchi
nafa qat o‘quvchi -yoshlarning o‘quv-biluv faoliyatini boshqaruvchisiga, balki nufuzli bilimlar manbaiga aylanib qolayotganligi xavfli holatdir.
Ikkinchidan, axborotlar hajmining ko‘payib borishi, ulardan foydalanish
uchun vaqtning cheklanganligi hamda ularni saralash va tizimlashtirishning
birmuncha murakkabligi ham yangicha yondashuvni taqozo etadi.
Uchinchidan, sanoat va boshqa texnologiyalarning auditoriyaga uzluksiz
kirib kelishi va jonli o‘quv obyektlariga aylanishi o‘qituvchining an’anaviy
metodika doirasidan chiqib ketishiga va tabiiy ravishda, texnologik yondashuvlarni
qo‘llashga ehtiyoj tug‘dirmoqda”.
Bugungi kunda ta’lim tizimi davlat talablari va buyurtmalari asosida e’tirof
etilgan holda o‘quv-tarbiya jarayonini yangi o‘quv-uslubiy majmualar, ilg‘or ta’lim
texnologiyalari bilan to‘liq ta’minlangan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Ta’lim tizimida texnologiyalardan foydalanish muammolari bo‘yicha adabiyotlarni o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, bugungi ta’lim texnologiyalari bundan 5-
10 yil oldingilaridan tubdan farq qiladi.
Yillar davomida “texnologiya” tushunchasi ham mazmun jihatdan o‘zgardi:
zamonaviy yondashuvlar uchun birmuncha aniq qarashlar yuzaga keldi. Ayrim
pedagog-tadqiqotchilar texnologiya tushunchasini tarbiya va rivojlantirish sohasida
ishlatish maqsadga muvofiq emasligini ta’kidlashdi. Shuni alohida ta’kidlash
joizki, pedagogik faoliyat oldindan tashxisli maqsadni o’rnatish va unga erishish
yo’llarini aniqlab olishni taqozo etadi. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda,
konseptual ta’limni amalga oshirishda tashxisli maqsadni aniqlash muhim
ahamiyat kasb etadi. Buning uchun talabani kasbiy faoliyatga tayyorlash uchun
zarur bo‘lgan o’quv materiali zarur bo‘lish bilan birga maqsadga erishish yakuniy
nazorat asosida amalga oshiriladi. Bu esa ta’limni innovatsion texnologiyalar
asosida tashkil etish mumkinligini ko’rsatadi.
Ta’lim jatayonini texnologiyalashtirish borasidagi tadqiqotlar shuni
ko‘rsatadiki, texnologiya – zamonaviy ilmiy-amaliy tafakkur usuli desak
mubolag„a bo„lmaydi. Chunki, u faoliyatni tubdan takomillashtirishga,
natijaviylik, tezkorlikka asoslanibgina qolmay, texnikaviy qurollanganligini o‘zida
mujassam etadi.
Texnologiya tushunchasini yanada aniqroq tasavvur qilishimiz uchun texnik
fanlardagi mohiyatiga murojaat qilib ko„ramiz. Birinchidan, texnologiya tayyor
mahsulot olish uchun ishlov berish jarayoni; ikkinchidan, bu jarayonning zaruriy
o‘zgartiruvchi bosqichlarini amalga oshirish uchun nima qilish kerakligini
aniqlovchi me’yoriy tomonlarni qamrab oladi.
Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, “texnologiya” insonning aniq, murakkab
jarayonni ketma-ketlikda o‘zaro bog‘liq amallar tizimiga taqsimlash yo‘li bilan
kafolatli natijaga erishish usulidir.
Demak texnologik jarayonda o‘zaro bog‘liq bosqichlardan iborat;
izlanayotgan natijaga erishishga qaratilgan harakatlarning izchil, bosqichma-
bosqich amalga oshirilishi; qo‘yilgan maqsdaga mos natijaga erishishning zaruruiy
sharti hisoblangan texnologik muolaja va amallarni bajarish muhim ahamiyat
kasb etadi. Yani muayyan texnik vositalardan foydalanish asosida mahsulot ishlab
chiqariladi, bunda har qanday o‘zgarish ko‘rsatkich va texnologiyalarning
o‘zgarishiga olib keladi.
Endi anashu jarayonlarni ta’lim tizimi bilan qanday bog‘liqligiga e’tibor
qaratamiz.
Ta’lim texnologiyasi bevosita o‘qitish texnologiyasi didaktik maqsadga
qaratilgan bo‘lib, unda darsdan ko‘zlangan maqsadga erishish kafolatlanadi. Bunda maqsadga erishish uchun o‘quv jarayoni loyihalashtirilishi lozim bo‘ladi.Shunday qilib, o‘quv jarayonidagi “texnologiya” tushunchasi o‘rganilayotgan fan asoslarining mohiyatini yoritishga qaratilgan muhim omil hisoblanadi.Yuqoridagilardan ayon bo‘ladiki, har qanday o‘qitish texnologiyasida
didaktik funksiyalarni joriy etishda asosiy e‘tibor o‘qitish vositalarining
qollanishiga qaratilmog„i lozim, ammo bu jarayon ni mutloqlashtirish ham yaxshi
samara bermaydi.
Ishlab chiqarishda unumdorlik va samaradorlikni ta’minlash texnik
vositalardan o‘rinli foydalanish orqali amalga oshsa, o‘quv jarayonidagi
unumdorlik va samaradorlik o‘qitish vositalatidan, ya’ni ta’lim texnologiyalaridan
oqilona foydaalnish vazifasini, mutlaqo yangi o‘qitish modeli, ta’lim jarayonining
o‘ziga xos madaniyatini vujudga keltiradi.Innovatsion ta’lim texnologiyasining sifatida uning tizimliligi, ilmiyligi, qayta tiklanuvchanligi, qo‘shiluvchanligi, samaradorligi, sifatida va motivlashganligi, algoritmliligi, axborotliligi kabi jihatlariga e’tibor qaratiladi.Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, o‘qitish texnologiyasi ilmiy asoslangan didaktik jarayon loyihasini amalga oshiruvchi va yuqori darajadagi samaradorlik, ishonchlilik va kafolatga ega natijalarga molik innovatsiyon faoliyatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |