Lim vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti



Download 46,79 Kb.
bet3/6
Sana18.02.2022
Hajmi46,79 Kb.
#455926
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O\'zbek adabiyotini o\'qitish metodikasi

Ko‘rgazma. 1. Ko‘rish, tomosha qilish uchun qo‘yilgan narsalar va shu narsalar qo‘yilgan joy. 2. ayn. ko‘rsatma.
Ko‘rgazmali. 1. O‘rgatish, tushuntirishda namuna tarzida xizmat qiladigan narsa , materialga ega. Ko‘rgazmali dars. Ko‘rgazmali mashg‘ulot. 2. (to‘g‘risi – ko‘rgazma) Ko‘rsatish uchun foydalaniladigan, xizmat qiladigan. Ko‘rgazmali qurollar[10].
“Har bir darsning mazmun-mohiyatini turli xil tasviriy rasmlar, jadvallar va boshqa vositalar orqali jonlantirib, qayta yodga solish – ko‘rgazmalilik deb ataladi”[11]. 
Ko‘rgazmali qurollar darsda va sinfdan tashqari ishlarda ma’lum maqsadlarda ishlatiladi. O‘qituvchi ulardan dars jarayonlaridan tashqari fakultativ, to‘garak va boshqa mashg‘ulotlarda ham keng foydalanishi mumkin.
Ko‘rgazmali qurollar darslikda berilgan nazariy va amaliy materiallarni chuqur o‘zlashtirishga yordam berishi, u yoki bu mavzu bo‘yicha hosil bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarni takomillashtirishga, ta’lim oluvchilarning fanni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qilishi lozim. Ko‘rgazmali qurollar (plakat, slayd, jadval va h.k.)da berilgan har bir so‘z, jumla va ularga mos ishlangan shakllar, rasmlar, turli ifodalar ta’limiy xususiyatga ega bo‘lib, o‘quvchini tarbiyalashi, estetik didini shakllantirishi va rivojlantirib borishi kerak.
Ko‘rgazmali qurollarning turli didaktik vazifalari va imkoniyatlarini nazarda tutib, darsda ularni kompleks holda qo‘llash talab qilinadi. Shu holatda darsning har bir vazifasini hal qilishda eng yuqori samaraga erishish mumkin. O‘rganilayotgan mavzularning turli jihatlarini yoritish lozim bo‘lgandagina har xil ko‘rgazmalardan foydalanish yaxshi natija beradi. Ko‘rgazmali qurollarni tanlashda ularning imkoniyatlarini har bir o‘quvchining o‘ziga xos xususiyati va har qaysi darsning mazmuni bilan taqqoslash zarur.
Ko‘rsatish metodidan foydalanganda ta’lim oluvchilarning bilish faoliyati shakllanadi va rivojlanib boradi. Ko‘rgazmali qurollar namoyish qilinib, yaxlit obraz hosil qilinadi, abstraksiyani shakllantirish jarayonini yengillashtiradi, bilimlarning tushunarlilik darajasi oshadi.
Pedagogik adabiyotlarda qayd etilishicha, “ta’lim jarayonida ko‘rgazmalilik namoyish etish, illyustratsiya va ekskursiya shaklida olib boriladi”[12]. Namoyish etish va ekskursiya o‘quvchilarning o‘quv materiallarini aniq obrazlar orqali bevosita idrok qilishlarini ta’minlashi uchun muhim ahamiyatga ega.
Odatda, har bir dars mumkin qadar ko‘rgazmali qurollardan foydalangan holda olib boriladi. Ta’lim jarayonida namoyish etish metodidan foydalanish, asosan, o‘quv materiallarining xarakteriga, mazmuni, shakli va hajmiga bog‘liq bo‘ladi. Ta’lim muassasalarida qo‘llaniladigan ko‘rgazmali materiallarni xarakter jihatidan quyidagi turlarda bo‘lish mumkin:
1. Asl holida ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan buyum va narsalar (tabiiy ko‘rgazmali qurollar).
2. Tasviriy ko‘rgazmali qurollar. Bular:
a) buyum, narsa, hodisa va voqealarning tasvirini ifodalovchi materiallar, rasmlar, fotosuratlar, slaydlar, diafilmlar, kinofilmlar va boshqalar.
b) buyum, narsa va hodisa, voqealar biror shartli belgi orqali ifodalangan timsol va jadvalli tasviriy materiallar, xaritalar, chizmalar, jadvallar, diagrammalar va boshqalar.
Tasviriy ko‘rgazmali materiallarning har ikkala turi ham ikki xil shaklda qo‘llanilishi mumkin:
a) ko‘rgazmali materialni o‘qituvchi namoyish qiladi;
b) ko‘rgazmali materiallar ta’lim oluvchilarga tarqatiladi.
Ta’lim jarayonida o‘qituvchilar tomonidan tasviriy materiallardan keng foydalaniladi. Undan unumli va samarali foydalanish uchun quyidagi qoidalarga rioya qilish lozim: ta’lim oluvchilarga o‘tiladigan dars oldida namoyish o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad qisqacha tushuntiriladi; ko‘rgazmali materiallar o‘qituvchi bayonining ma’lum paytida ko‘rsatiladi yoki tarqatiladi; namoyish jarayoni o‘qituvchi tomonidan izohlab beriladi.


Download 46,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish