Lim vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti


Texnik vositalardan foydalanish ko‘rgazmaliligi



Download 46,79 Kb.
bet4/6
Sana18.02.2022
Hajmi46,79 Kb.
#455926
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O\'zbek adabiyotini o\'qitish metodikasi

Texnik vositalardan foydalanish ko‘rgazmaliligi.
3. Texnik vositalardan foydalanish ko‘rgazmaliligi – bunda plastinkalar, magnitofon, kompakt disklar, televizor, videomagnitofon, kodoskop kabi vositalardan dars davomida o‘rinli foydalanish mumkin.
Ayrim mavzularning mazmuniga bog‘liq bo‘lgan narsa, hodisa va voqealarni hamma vaqt sinf yoki auditoriya sharoitida namoyish qilish ko‘zlangan maqsadni bermasligi mumkin. Shuning uchun o‘tiladigan mavzularning xarakteriga qarab, ekskursiya metodidan ham foydalaniladi. Ekskursiya ham ko‘rgazmalilik metodining eng samarali va tabiiy usuli hisoblanadi.
Dars berish jarayonida doska, undagi yozuvlar va xomaki rasmlar ham ko‘rgazmali vosita sanaladi. Har bir o‘qituvchi doskadan foydalanishda unga qo‘yilgan didaktik talablarga to‘liq rioya qilishi kerak bo‘ladi.
Ta’limda ko‘rgazmalilik metodidan foydalanishga quyidagi didaktik talablar qo‘yiladi:
1. Ko‘rgazmalar o‘quvchilarda ko‘rgazmali, obrazli taffakkurni rivojlantirishga yordam berishi lozim.
2. Ko‘rgazmali qurollar o‘rganilayotgan o‘quv materialini o‘zlashtirishda nazariy bilimlarni aniqlashtirish va sistemaga solishga imkon yaratishi kerak.
3. Ko‘rgazmali qurollardan maqsadga muvofiq o‘rganiladigan mavzuning asosiy muhim masalalarini o‘zlashtirishga bevosita yordam beradigan holda foydalanish kerak.
4. Ko‘rgazmali qurollar tegishli sinf yoki guruhning o‘ziga xos xususiyatlari, ta’lim oluvchilar tafakkurining og‘zaki mantiqiy yoki ko‘rgazmali, obrazli ekanligiga qarab tanlanishi kerak.
5. Ko‘rsatiladigan ko‘rgazmali qurollarni namoyish qilishda ularning tuzilishini aniq tushuntirish, butun sinf yoki guruh uchun aniq ko‘rinishini ta’minlash va tushuntirishlarni ko‘rgazmali qurollar, darslik va daftardagi yozuvlar bilan birgalikda qo‘shib olib borish kerak.
O‘zbek tili va adabiyot darslarida ham ko‘rgazmalilikni amalga oshirishda birinchi o‘rinda ta’lim oluvchilarning yoshi, bilimi va tarbiyalanganlik darajasi hisobga olinadi. Darsdagi har bir ko‘rgazmali quroldan foydalanishning o‘ziga xos talablari va xavfsizligiga to‘liq rioya qilish o‘qituvchilarning doimiy e’tiborida bo‘lishi lozim. Chunki tayyorlangan ko‘rgazmali qurollar gigiyenik va psixologik tomondan o‘quvchilarga mos bo‘lishi kerak. Bundan tashqari har bir tayyorlangan ko‘rgazmali quroldan foydalanishda vaqt miqdorini to‘g‘ri belgilash va unga rioya qilishning o‘ziga xos asoslarini bilish hamda darsning maqsadiga muvofiq qo‘llash talab qilinadi. Tayyorlangan ko‘rgazmalarning sifati, ko‘zda tutilgan maqsadlarga mosligi, qulayligi va ulardan to‘g‘ri foydalanish dars samaradorligini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ko‘rgazmalilik ta’lim oluvchilar tomonidan o‘rganilayotgan u yoki bu narsalar to‘g‘risida muayyan tasavvurga ega bo‘lmagan paytda juda zarurdir. Ammo shuni ham unutmaslik kerakki, ko‘rgazmali qurollarni namoyish etishga tayyorlanmaslik yoki ularni noto‘g‘ri tanlash ta’lim oluvchilarga va dars jarayoniga faqat salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ko‘rgazmali qurollar ta’lim oluvchilarning bilimlarini izchillashtirish va boyitishda, shuningdek, ularning fikr yuritish jarayonini faollashtirishda katta ahamiyatga ega.
Barcha fanlar kabi o‘zbek tili va adabiyot ta’limida ham yuqorida sanab o‘tilgan ko‘rgazmalilik turlari bilan bir qatorda ifodali so‘z ko‘rgazmaliligi, tasviriy san’at ko‘rgazmaliligi, grafik ko‘rgazmalilik, texnika vositalaridan foydalanish ko‘rgazmaliligi va adabiy ekskursiyalar kabi turlari faol qo‘llaniladi.
Dars jarayonlarida o‘quvchilarga ta’sir etish uchun sinf yoki auditoriyada emotsio‘zbek l sharoit yaratish, “ko‘rish ko‘rgazmaliligi” ni tashkil etish, sinf yoki auditoriyani jihozlash ham muhim rol o‘ynaydi. Masalan, adabiyot darslarida shoirlarimiz ijodiga mansub bo‘lgan bahor mavzusidagi she’rlar o‘rganilganda sinfni bahoriy gullar, qushlar va kapalakchalar tasviri bilan jihozlash maqsadga mos keladi. O‘quvchilar bilan ertak matni ustida ishlaganda esa sinf xo‘zbek sini ilmiy-fantastik va sarguzasht adabiyotlar bilan jihozlash, shuningdek, tabiat to‘g‘risidagi asarlarni o‘rganishda darslarni tabiat qo‘ynida tashkil etish yuqori samara berishi tajribada sinalgan.
O‘qituvchining o‘rganiladigan mavzu materialini bayon qilish jarayonidagi hikoyasi, ya’ni izohi ham ko‘rgazmalilik hisoblanadi. Bu, ayniqsa, o‘zbek tili va adabiyot darslarida fan o‘qituvchisiga eng katta yordam beradigan ko‘rgazmali quroldir. “Hikoyalash ko‘rgazmaliligini qo‘llashda darsda shunday vaziyatni yaratish kerakki, ta’lim oluvchilar faol holda o‘qituvchining suhbatiga qatnashib, berilgan vazifalarni mustaqil tarzda bajarsinlar”[13]. Mana shunday ko‘rgazmalilik asosida tashkil qilingan darslarda ta’lim oluvchilar o‘rganilayotgan mavzuning mohiyatini aniq tushuna olishi va o‘zicha xulosalar chiqarishi, erkin mushohada qilishi mumkin bo‘ladi.
Ko‘rgazmali qurollar orasida grafik-chizma shakli ham muhim ahamiyatga ega. Unda muhim ma’lumotlarni so‘z va raqamlar vositasida doskaga yozish, namoyish qilish mumkin. Eng muhimi, ular shu joydayoq ta’lim oluvchilar ishtirokida tuziladi. Bunday ko‘rgazmalar jadval, sxema, sitata, plakat, diagramma, xarita, albom kabi shakllardagi qurollar bo‘lib, ular ta’lim oluvchilarning o‘rganilayotgan mavzular bo‘yicha xulosa va umumlashma fikrlarini aks ettiradi. Dars davomida o‘quvchilarning ko‘rish, e**ish va topshiriqlarni mustaqil bajarishi orqali mavzuni tez, oson o‘zlashtirib olishlariga yordam beradi. Shuningdek, grafik ko‘rgazmali qurollar o‘zining tuzilishi va shakllari bilan ko‘rgazmalilikning boshqa turlaridan ajralib turadi.
Umuman, ko‘rgazmalilikning vazifalari xilma-xil bo‘lib, u ta’lim oluvchilarda emotsio‘zbek llikni uyg‘otadi, fanlar bo‘yicha egallagan bilimlarini to‘ldirishda, ularni tartibga solishda muhim rol o‘ynaydi. Ta’lim jarayonida ko‘rgazmalilikning muhim ahamiyat kasb etishi uchun o‘qituvchi tomonidan har bir darsda uning didaktik vazifalari aniqlab olinishi kerak bo‘ladi.
Til va adabiyot ta’limida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish so‘z boyligini oshirishga, mustaqil fikrlashga va o‘rganilgan bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi. Asosiysi, ta’limning sifati va samaradorligiga erishiladi. Kompyuterdan foydalanishda ona tili darslari uchun “Videotopishmoq” o‘yini o‘quvchilarni darsga qiziqtirishning qulay usullaridandir. Bu usul orqali o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutq qobiliyatini rivoj­lantirish, o‘z nutqini to‘g‘ri va ravon bayon qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, Internet tarmog‘idan foydalanib, mavzularga mos ravishda rasmlar tanlab olinadi. Kompyuter dasturiga joylanadi va rasmlar videoproyektor yordamida o‘quvchilarga maxsus ekran orqali namoyish qilinadi. “Videotopishmoq” shartiga ko‘ra, rasm asosida og‘zaki yoki yozma matn tuzish topshiriladi. Masalan, rasmda biror tarixiy shaxs yoki ona tabiat tasviri bo‘lishi mumkin. O‘quvchilar bilganlarini ixcham holda bayon qiladi. Rasmlardan tashqari, ibratli fikrlar, Prezident asarlaridan parchalar ham berilishi mumkin. Ushbu holatda quyidagicha savollar e’lon qilinadi:
Ushbu matndagi gaplar ifoda maqsadiga ko‘ra qanday gaplar deyiladi?
Matndagi ot kesimlar qaysi so‘zlar?
Ushbu parcha qaysi asardan olingan?
Savollar o‘tgan mavzular asosida tuziladi. Javoblarni tahlil qilishda adabiy talaffuz, so‘zlarni o‘z o‘rnida qo‘llay bilish, jumlalarni ravon va ixcham bayon qilinishi e’tiborga olinadi. Adabiyot darslarida ham internet tizimi orqali ko‘plab qiziqarli ma’lumotlarni, videofilmlardan parchalarni, yozuvchi yoki shoir haqidagi ko‘rsatuvlarni, bolalar qo‘shiqlarini, ifodali o‘qigan g‘azallarni o‘quvchilar e’tiboriga havola qilish mumkin. Masalan, 8-sinfda “Mu­hammad Yusufning she’rlari” mavzusini o‘tishda televideniye orqali berilgan shoir bilan suhbatdan parchani ko‘rsatish mumkin. Bundan tashqari, darsda shu dars bosqichlarida beriladigan topshiriqlar, lug‘at so‘zlarni kompyuter orqali yoritish samara beradi. Texnika asrida yashayotgan o‘quvchilar uchun kompyuterlar orqali berilgan manbalar ularning darsga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshiradi, xotiralaridagi ma’lumotlarni mustahkamlaydi.


Download 46,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish