Личинка хордалилар (Urochordata) ¸ки šобиšлилар (Tunicata) кенжа типи


ISBN 978-9943-13-103-3 «IQTISOD-MOLIYA», 2010



Download 30,53 Mb.
bet2/364
Sana12.07.2022
Hajmi30,53 Mb.
#781312
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   364
Bog'liq
Зоология дадаев

ISBN 978-9943-13-103-3 «IQTISOD-MOLIYA», 2010
S.Dadayev, Q.Saparov, 2010


Mundarija




So`z boshi……………………………………………………………………

6




Kirish………………………………………………………………………...

8

I BOB.

Zoologiya (xordalilar) fanining qisqacha rivojlanish tarixi………………….

8

II BOB.



Xordalilar (Chordata) tipining umumiy tavsifi va sistematikasi.
Tuban xordalilar…………………………………………………………......

14


II.1.

Lichinka xordalilar (Urochordata) yoki qobiqlilar (Tunicata) kenja tipi…….

16




Astsidiyalar (Ascidiae) sinfi…………………………………………………

16




Salplar (Salpae, Thaliasea) sinfi……………………………………………..

20




Appendikulyariyalar (Appendiculariae, Larvasea) sinfi…………………….

22

II.2.

Boshskeletsizlar (Acrania) kenja tipi………………………………………..

23

II.3.

Boshskeletsizlar kenja tipining sistematikasi, biologiyasi va kelib chiqishi...

29

II.4.

Umurtqalilar (Vertebrata) yoki boshskeletlilar (Craniata) kenja tipi………..

31

II.5.

Umurtqalilar yoki boshskeletlilar kenja tipi sistematikasi…………………..

42

II.6.



Murtak pardasiz umurtqalilar (Anamnia) guruhi. Jag’sizlar (Agnatha) bo`limi. Jag’sizlar (Agnatha) katta sinfi……………………………………...

43


II.7.

To`garak og’izlilar (Cyclostomata) sinfining umumiy tavsifi, tuzilishi va ko`payishi…………………………………………………………………….

44

II.8.

To`garak og’izlilar sinfining sistematikasi va ekologiyasi………….............

52

II.9.

To`garak og’izlilarning kelib chiqishi va ahamiyati…………………………

56

III BOB.

Jag’og’izlilar (Gnathostomata) bo`limi……………………………………...

60

III.1.

Baliqlar (Pisces) katta sinfining umumiy tavsifi va sistematikasi…………..

60

III.2.



Tog’ayli baliqlar (Chondrichthyes) sinfining umumiy tavsifi, tuzilishi va ko`payishi……………………………………………………………………..

62


III.3.

Tog’ayli baliqlar sinfining sistematikasi……………………………………..

73

III.4.

Suyakli baliqlar (Osteichthyes) sinfining umumiy tavsifi va sistematikasi....

80

III.5.

Tog’ay-suyakli baliqlar (Chondrostei) kenja sinfi …………….…………….

81

III.6.



Shu`laqanotlilar (Actinopterygii) kenja sinfi vakillarining tuzilishi va ko`payishi .......…...........……………………………………………………..

83


III.7.

Shu`laqanotlilar (Actinopterygii) kenja sinfining sistematikasi…..................

96

III.8.

Ikki xil nafas oluvchilar (Dipnoi) kenja sinfi ………….................................

106

III.9.

Panjaqanotlilar (Crossopterygii) kenja sinfi…………………………………

109

III.10.

Baliqlarning ekologiyasi…………………………………………….

111

III.11.

Baliqlarning kelib chiqishi va iqtisodiy ahamiyati…………………………..

127

IV BOB.

To`rtoyoqlilar yoki quruqlikda yashovchi umurtqalilar (Tetrapoda) katta sinfi…………………………………………………………………………...

136


IV.1.



Suvda hamda quruqlikda yashovchilar (Amphibia) sinfining umumiy tavsifi, tuzilishi va ko`payishi ………………..…….....……………………...

137


IV.2

Suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfining sistematikasi….…………..

157

IV.3.

Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning ekologiyasi…………………….

167

IV. 4.

Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning kelib chiqishi va ahamiyati ……

177

IV.5.

Anamniyalar (Anamnia) va amniotalar (Amniota) guruhlariga kiruvchi umurtqali hayvonlarning xarakterli xususiyatlari ..…………………………..

183


V BOB.

Murtak pardali umurtqalilar (Amniota) guruhi. …………………………….

186

V.1.

Sudralib yuruvchilar (Reptilia) sinfining umumiy tavsifi, tuzilishi va ko`payishi…………………………………………………………………….

186


V.2.

Sudralib yuruvchilar sinfining sistematikasi…………………………………

203

V.3.

Sudralib yuruvchilarning ekologiyasi………………………………………..

224

V.4.

Sudralib yuruvchilarning kelib chiqishi va ahamiyati ………………………

231

VI BOB.

Qushlar (Aves) sinfi…………………………………………………………

241

VI.1.

Qushlar sinfining umumiy tavsifi, tuzilishi va ko`payishi ………………….

241

VI.2.

Qushlar sinfining sistematikasi ……………………………………………..

272

VI.3.

Qushlarning ekologiyasi…………………..………...………........................

318

VI.4.

Qushlarning kelib chiqishi va iqtisodiy ahamiyati ………………………….

336

VII BOB.

Sutemizuvchilar (Mammalia) sinfi…………………………………………..

349

VII.1.

Sutemizuvchilar sinfining umumiy tavsifi, tuzilishi va ko`payishi.................

349

VII.2.

Sutemizuvchilar (Mammalia) sinfining sistematikasi……………………….

383

VII.3.

Sutemizuvchilarning ekologiyasi……………………....................................

435

VII.4.

Sutemizuvchilarning kelib chiqishi va amaliy ahamiyati …………………...

446




Darslikda uchraydigan ayrim so`zlarning izohli lug’ati……………………..

456




Tavsiya etilgan adabiyotlar ………………………………….........................

462



SO`Z BOSHI

O`zbekistonda milliy mustaqillikka erishilgandan so`ng ta`limni tubdan qayta qurish orqali uni jahon andozalariga mos keladigan darajada tashkil etishga katta e`tibor berilmoqda. Bu boradagi dastlabki muhim qadam yurtimizda «Ta`lim to`g’risida»gi yangi Qonunni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning qabul qilinishi bo`ldi. Respublikamizda xalq ta`limi tizimini qayta qurishni yo`lga qo`yishda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil Respublika Oliy Majlisi IX sessiyasida so`zlagan nutqi va undan keyingi, «Ta`lim - tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish to`g’risida»gi qator farmonlari muhim o`rin tutadi. Prezident farmonlarida, Vazirlar Mahkamasini ta`limga oid qator qarorlarida kadrlar tayyorlashning hal qiluvchi omili sifatida barcha bosqich o`quv yurtlari uchun darsliklar va o`quv qo`llanmalar tayyorlashga katta e`tibor berilmoqda.


Bugungi kun dasrliklari va o`quv qo`llanmalarida millat ruhi, tafakkuri va mafkurasining eng ilg’or namunalari aks etishi lozimligi uqtiriladi.
Darhaqiqat, tabiiy fanlar yo`nalishidagi o`quv adabiyotlari, shu jumladan zoologiya (xordalilar) o`quv predmetiga oid adabiyotlar o`zbek tilida juda kam yaratilgan. Hozirgi amalda qo`llanilayotgan o`quv adabiyotlari rus tilidan tarjima qilingan bo`lib, unda eski g’oya ruhi singdirilgan, mahalliy shart-sharoitlar hisobga olinmagan. Ana shu sababdan mahalliy va milliy sharoitga mos keladigan yangi tipdagi darslik va o`quv qo`llanmalar yaratish davr talabi hisoblanadi.
Zoologiya (xordalilar) fanidan yozilgan ushbu darslikda yuqorida ko`rsatilgan omillar hisobga olindi hamda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining keyingi qo`ygan talablari asosida qayta ko`rib chiqildi. Darslikni yozish jarayonida mahalliy materiallardan keng foydalanildi.
Darslikning har bir bobi yoki yirik mavzulari oxirida talabalar bilimini aniqlash va ularning zoologiya (xordalilar) o`quv predmeti bo`yicha fikrlash qobiliyatini rivojlantirish uchun yangi pedagogik texnologiyalar asosida ko`p tanlov javobli va kombinatsiyali test topshiriqlari ishlab chiqilgan.
Darslik zoologiya (xordalilar) fani bo`yicha tuzilgan o`quv dasturiga to`liq mos keladi, har bir dars mavzusidan so`ng o`rganilishi lozim bo`lgan o`quv materiali rejasi keltirilgan.
Darslikda talabalar o`zlashtirishi lozim bo`lgan o`quv materiallari to`laqonli bayon qilingan va o`rganiladigan hayvonlarning sistematik guruhlari hamda ularning lotincha nomlari keltirilgan. Taqdim etilayotgan ma`lumotlar zoologiya (xordalilar) fanini o`rganishda umumiy yo`llanma bo`lib hisoblanadi. Mavzular mazmunini chuqur o`zlashtirish uchun darslik so`ngida keltirilgan zoologiyaga oid ko`plab manbalardan foydalanish tavsiya etiladi. Ushbu darslikda bayon qilinayotgan ma`lumotlar respublikamizda bajarilayotgan zoologik va ekologik muammolar bilan bevosita bog’liq bo`lib, bu sohada talabalarga kerakli bilimlarni berishga harakat qilindi.
Darslikning kirish qismi, I, II, VI va VII – boblar hamda umurtqali hayvonlarga oid ayrim so’zlarning izohli lug’ati prof. S.Dadayev tomonidan, III, IV va V – boblar dots. Q.A.Saparov tomonidan yozilgan.
Ushbu darslik Respublikamizda mahalliy materiallardan foydalangan holda lotin alifbosida birinchi marta yozilayotganligi uchun, albatta ayrim kamchiliklar bo`lishi tabiiy. Shuning uchun darslik bo`yicha bizga bildirilgan barcha kamchiliklar, istaklar va maslahatlarni mamnuniyat bilan qabul qilamiz va kelgusida ushbu darslikni qayta ishlash jarayonida ko`rsatilgan kamchiliklarni tuzatishga harakat qilamiz.

KIRISH

Xordalilar hayvonot dunyosi sistematikasida yakunlovchi tip ekanligi; umurtqali hayvonlarning qishloq xo`jaligi, tibbiyot va inson hayotidagi ahamiyati; umurtqalilar zoologiyasining qisqacha rivojlanish tarixi.


Umurtqalilar zoologiyasi o`quv predmeti oliy o`quv yurtlari tabiiyot fanlari fakulteti bakalavriat bosqichi 5140400 - biologiya yo`nalishi II kurs talabalariga o`qitiladigan zoologiya fanining yakunlovchi bo`limi hisoblanadi. Sistematik jihatdan umurtqali hayvonlar xordalilar tipining kenja tiplaridan biri hisoblansada, umurtqalilar zoologiyasi kursida bu tipga mansub barcha hayvonlar o`rganiladi. Xordalilar tayanch o`q skeleti - xordasi tanasining orqa tomoni bo`ylab joylashgan hayvonlardir.


Xordalilar tipi turlari umurtqasiz hayvonlarga nisbatan ancha kam bo`lsada, gavdasining yirik bo`lishi, individlarning murakkab va xilma-xil tuzilganligi, fiziologik va ekologik xususiyatlarining turli tumanligi bilan ulardan keskin farq qiladi.
Xordalilar inson hayoti va faoliyatida beqiyos katta ahamiyatga ega. Yovvoyi umurtqali hayvonlar go`shti, terisi, mo`ynasi, yog’i uchun va boshqa maqsadlarda ovlanadi. Yovvoyi umurtqali hayvonlardan uy hayvonlari zotlarini yaxshilash, mahsuldor hayvonlar zotlarini chiqarish maqsadida ham foydalaniladi. Shuning uchun noyob va yo`qolib borayotgan umurtqali hayvonlar turlarini muhofaza qilish orqali ularni saqlab qolish eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Bundan tashqari uy hayvonlarining deyarli barchasi xordalilar tipiga kiradi. Uy hayvonlari inson uchun sifatli oziq - ovqat manbai; ularning mo`ynasi, terisi va juni esa yengil sanoat uchun qimmatli xom ashyo hisoblanadi. Odamlar qadim zamonlardan boshlab itlardan qo`riqchi; ot, eshak, tuya, fil va boshqa sutemizuvchilardan transport vositasi, ishchi hayvon sifatida va sport musobaqalarida foydalanib kelishgan.
Bir qator umurtqali hayvonlar ustida inson hayoti va sog’ligi uchun nihoyatda muhim bo`lgan tadqiqotlar o`tkaziladi. Nihoyat, umurtqali hayvonlarning tuzilishi va hayotini o`rganish ekologiya, genetika, sistematika, qiyosiy anatomiya, fiziologiya, biogeografiya, evolyutsion ta`limot va boshqa fanlarning ko`plab muammolarini tushunib olishga va yechimini topishga yordam beradi.



Download 30,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   364




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish