Личинка хордалилар (Urochordata) ¸ки šобиšлилар (Tunicata) кенжа типи


Tutamjabralilar (Lophobranchii) turkumi



Download 30,53 Mb.
bet81/364
Sana12.07.2022
Hajmi30,53 Mb.
#781312
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   364
Bog'liq
Зоология дадаев

Tutamjabralilar (Lophobranchii) turkumi. Bu turkumga juda ajoyib dengiz baliqlari kiradi. Ularning ichki jabra apparati reduktsiyalanib, o`rniga jabra yaproqchalari bir tutam bo`lib boshining tashqi tomoniga yig’ilgan. Gavdasi halqasimon suyak plastinkadan iborat kosa (pantsir) bilan qoplangan. Boshida uzun naysimon tumshug’i bor, og’zi kichkina, tishi yo`q. Erkaklarining qorin tomonida maxsus xaltachasi bo`lib, bu xaltachada otalangan tuxumlarini olib yuradi.
Bu turkumning vakillari, asosan issiq tropik dengizlarda tarqalgan. MDHda Qora, Kaspiy, Boltiq va Yapon dengizlarda uchraydi. Asosiy vakillariga dengiz ninalari (Syngnathus) va dengiz toychalari (Hippocampus) kiradi. Ular ov ahamiyatiga ega emas. Dengiz toychasi dumi bilan suv tagidagi o`tlarga o`ralib otga o`xshab tanasini g’oz, ya`ni tikka tutadi.
Olabug’asimonlar yoki okunsimonlar (Perciformes) turkumi. Bu turkumga dengiz va chuchuk suvlarda yashaydigan ko`plab tur baliqlar kiradi. Olabug’asimonlarning asosiy xarakterli belgilariga, avvalo qorin suzgich qanotining ko`krak suzgich qanoti ostida yoki biroz oldinroqda joylashganligi, suzgich pufagining yopiqligi, ya`ni ichak bilan qo`shilmaganligidir. Ularning juft va toq suzgich qanotlarida (ayniqsa, orqa suzgich qanotlarida) ma`lum miqdorda uchi o`tkir va bo`g’imlarga bo`linmagan, nurlar, shu`lalar bo`ladi. Orqa suzgich qanoti 2 ta. Bu turkumga 6500 dan ortiq tur kiradi.
Olabug’asimonlar turkumi sistematikasi murakkab bo`lib, ko`plab kenja turkumlari, oilalari va avlodlari mavjud. Olabug’asimonlar turkumi dunyodagi barcha suv havzalarida uchraydi, ayniqsa olabug’alar (Percidae) oilasi vakillari katta ov ahamiyatiga ega. Bu oilaga 160 ta tur kiradi. MDHda Qora va Kaspiy dengizlarda keng tarqalgan va ko`p ovlanadigan olabug’alar oilasiga sudak ya`ni sla baliq (Luciopersa), olabug’a (Perca) va toshbosh, ya`ni yershlar (Acerina) kiradi.
Sudaklar Amudaryoda va Orol dengizida ham uchraydi. Ular 3 yoshida voyaga yetadi, serpusht, ya`ni 200 mingdan 500 mingtagacha uvildiriq tashlaydi. Sudaklar mart oyidan boshlab suvning harorati 13-15°C bo`lganda uvildiriq tashlaydi.
Ular uvildiriqlarini 3-5 m chuqurlikda suv osti o`tlariga biriktirib qo`yadi. Urg’ochi sudaklar qo`ygan tuxumlarini erkaklari butun rivojlanish davrida, ya`ni 7-15 kun davomida qo`riqlaydi. Sudaklar yirtqich. Ular baliqlar va umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi. Ov ahamiyatiga ega.
Okunlar, ya`ni olabug’alar daryo va ko`llarda keng tarqalgan. Ular, asosan o`troq holda yashaydi, kattaligi 50 sm gacha va og’irligi 1-2 kg atrofida bo`ladi. Okunlar ayniqsa Sibir daryolarida keng tarqalgan. O`rta Osiyoda olabug’alar Orol dengizida va unga quyiladigan suvliklarda uchraydi. Suvning harorati +16°C bo`lganda, aprel oylaridan boshlab uvildiriq tashlaydi. Uvildiriqlarining soni 900 mingtagacha boradi. Olabug’alar 3 yoshida jinsiy voyaga yetadi.
Yersh, ya`ni toshbosh baliqlar, asosan O`rta Osiyoda Orol dengizi, Sirdaryo va Amudaryoda yashaydi. Bizning sharoitda ularning eng kattasi 15 sm uzunlikda bo`ladi, unchalik ov ahamiyatiga ega emas.
Okunsimonlar turkumiga yana labirintlar (Anabantidae), skumbriyalar (Scombridae), tunetslar (Thunnoidae) va buqa baliqlar (Gobiidae) oilalari ham kiradi.
Labirintlar oilasining vakillaridan biri anabas (Anabas testudineus) bo`lib, u uzoq vaqtgacha suvdan tashqarida turadi va hatto daraxtlarga ham o`rmalab chiqa oladi.
Bu baliqlarning xarakterli belgisi jabra bo`shlig’ining qopsimon o`sib chiqqanligidir, ya`ni anabaslarda jabra yaproqlari kam taraqqiy etgan, lekin jabra bo`shlig’ida talaygina qon tomirlar bilan ta`minlangan shilliq pardali yupqa suyak plastinkalaridan iborat murakkab labirint bo`ladi. Mana shu labirint anabasning asosiy nafas olish organi hisoblanadi. Labirintlar tropik Afrika va Osiyoning chuchuk va uncha sho`r bo`lmagan suvlarida yashaydi.
Skumbriyalar oilasining vakillari, asosan ochiq dengizlarning tagida hayot kechiradi. Ular yaxshi suzadi. Tipik ov ahamiyatiga ega bo`lgan vakili oddiy skumbriya (Scomber scomberus) hisoblanadi. MDHda skumbriyalarning bir necha turlari Boltiq va Qora dengizlarda tarqalgan. Ular Qora dengizda ovlanadigan juda qimmatli va eng muhim baliqlardan biri hisoblanadi.
Tunetslar oilasining vakillari skumbriyalarga yaqin turadi. Shuning uchun ham ayrim sistematik olimlar tunetslarni skumbriyalar oilasiga qo`shadi. Tunetslarning uzunligi 40 sm dan 3 m gacha boradi. Ular dengizlarda, Tinch va Atlantika okeanlarida ko`p uchraydi va ovlanadi. Qora dengizda yil bo`yi oddiy tunets (Thunnus thunnus) uchraydi. Tunetslar juda ham harkatchan, soatiga 90 km tezlikda suzishi mumkin. Tunetslar muhim ov ahamiyatiga ega.
Buqa baliqlar oilasining vakillari uncha yirik emas. Ular ko`pincha dengiz qirg’oqlariga yaqin suvlarda va chuchuk suvlarda yashaydi. Ular suv tubida umurtqasiz hayvonlarni yeb hayot kechiradi. Buqa baliqlarning erkaklari ko`payish paytida uya yasaydi. Urg’ochilari bu uya ichiga ikrasini qo`ygandan so`ng erkaklari tuxumlarni qo`riqlaydi. Bu baliqlar tropik dengizlarda, Qora, Azov va Kaspiy dengizlarida va bir qancha daryolarda tarqalgan, ular ovlanadi.
Buqa baliqlarning gavdasi yuqoridan pastga qarab bir oz yapaloqlashgan va qorin suzgich qanotlari shaklan o`zgarib, so`rg’ichga aylangan. O`rta Osiyoda Orol dengizida buqa baliqlarning 7 ta turi uchraydi. Yopishqoq baliqlar (Echenoidae) oilasi vakillarining boshi ustida so`rg’ichi bo`ladi, ular shu so`rg’ichi yordamida boshqa baliqlarning terisiga yopishib, o`sha baliqlarning energiyasidan foydalanadi. Tipik vakiliga yopishqoq baliq (Echeneis naucrates)ni misol qilib olish mumkin.

Download 30,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   364




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish