27-rasm. Minoganing qon aylanish sistemasi sxemasi:1 - orqa aorta ildizi, 2 - qon olib ketuvchi jabra arteriyalari, 3 - oldingi kardinal vena, 4 - orqa aorta, 5 - keyingi kardinal vena, 6 - ichak arteriyasi, 7 - olib keluvchi jabra arteriyalari, 8 – qorin aortasi, 9 - jabra yoriqlari, 10 - yurak qorinchasi, 11 - yurak oldi bo`lmasi, 12 - venoz sinusi, 13 - jigar venasi, 14 - ichak osti venasi,
15 - dum venasi va arteriyasi.
Nerv sistemasi. To`garak og’izlilarning bosh miyasi barcha umurtqalilarnikiga o`xshab beshta bo`limdan iborat (28-rasm).
Bosh miyadan 10 juft nervlar chiqadi. Oldingi miya katta yarimsharlari juda kichik, nerv hujayralari miya tubida va hidlash bo`laklarida to`plangan. Hidlash bo`laklaridan oldingi tomoniga hidlash nervlari (birinchi juft bosh nervlari) chiqadi. Bu nervlar hid bilish kapsulasida hid bilish nervlariga tarmoqlanadi. Oraliq miyaning yo’g’onlashgan yon devori (ko’rish do’mboqchasi)dan ko`zining to`r qavatiga ko`rish nervlari (ikkinchi juft bosh nervlar) chiqadi. O`rta miyaning ko`rish bo`lagidan ko`z muskullarini harakatlantiruvchi va blokli nervlar (uchinchi va to`rtinchi juft bosh nervlar) chiqadi. Miyacha skelet muskullari ishini koordinatsiya qilish va tana muvozanatini saqlash vazifasini bajaradi. To`garak og’izlilarning kam harakat bo`lishligi tufayli miyachasi kuchsiz rivojlangan. Uzunchoq miya boshqa bo`limlarga nisbatan yaxshi rivojlangan. Undan oltinchi juft nervlar chiqadi.
Xususan, uchlamchi nervlar (beshinchi juft) bosh terisi, og’iz bo`shlig’i shilliq qavati va jabra yoylari muskullarini, oltinchi juft olib ketuvchi nervlar ko`z muskullarini, yettinchi juft yuz nervlari boshning turli qismlarini, sakkizinchi juft eshitish nervlari muvozanat saqlash va eshitish organlarini, to`qqizinchi juft til – halqum nervlari halqum shilliq qavati va boshqa organlarini, o`ninchi juft adashgan nervlar tanadagi seysmosensor va boshqa teri sezish organlari, jabra muskullari va ichki organlar (yurak, ichak va boshqalarni) nervlar bilan ta`minlaydi. Bosh miya nervlarining birinchi, ikkinchi, sakkizinchi juftlari sezuvchi, uchinchi, to`rtinchi, oltinchi juftlari harakatlantiruvchi; beshinchi, yettinchi, to`qqizinchi, o`ninchi juftlari esa aralash nervlar deyiladi. Aralash nervlarining ayrim shoxlari sezuvchi, boshqa shoxlari harakatlantiruvchi nervlar hisoblanadi.
Orqa miya tasma shaklida uzunchoq miyadan tananing keyingi uchigacha davom etadi. Nerv hujayralari miyaning ichki qismida tor nevrotsel bo`shlig’ini o`rab turadi. Orqa miyadan orqamiya nervlari chiqadi. Ularning soni muskul segmentlari soniga teng bo`ladi. Har qaysi nerv orqa miyadan ikkitadan orqa va qorin ildizchalari orqali chiqadi. Orqa ildiz nervlari sezuvchi, qorin ildiz nervlari harakatlantiruvchi bo`ladi. Harakatlantiruvchi nervlar bosh miyadan keladigan nerv impulslarini o`tkazadi. Orqa miya nervlari teri, tana, dum va ichki organlar muskullarini innervatsiya qiladi. Ko`rsatib o`tilgan 10 juft bosh miya nervlari hamma umurtqali hayvonlar uchun xos bo`ladi. Bu hol umurtqalilarning monofilitik kelib chiqishini ko`rsatadi. Biroq evolyutsiya davomida organizmlar tuzilishining murakkablashib borishi, yangi organ-larning paydo bo`lishi, ayrim organlarning yo`qolib ketishi tufayli yangi nervlar paydo bo`lishi yoki ayrim nervlar yo`qolib ketishi mumkin. Umurtqalilarning uchta yuksak sinflarida (sudralib yuruvchilar, qushlar, sutemizuvchilar) uzunchoq miya bilan bog’langan yana ikki juft bosh miya nervlari paydo bo`ladi. Bu nervlarning o`n birinchi jufti qo`shimcha nervlar ayrim muskullarni, o`n ikkinchi jufti tilosti nervlar esa tilni innervatsiya qiladi.
S
28-rasm. Minoganing bosh miyasi:
A - yug`oridan va B - pastdan ko`rinishi:
1 - oldingi miya katta yarimsharlari,
2 - hidlov bo`lagi, 3 - hidlov nervi,
4 - oraliq miya, 5-6 - o`ng va chap gabenulyar gangliyalar, 7 - parietal (tepa) organni berkitib turuvchi pineal (epifiz) organ, 8 - ko`rish nervi, 9 - miya voronkasi, 10 - ko`rish bo`lagi, 11 - o`rta miya qopqog’i teshigi, 12 - o`rta miya tubi, 13 - ko`zni harakatlantiruvchi nerv, 14 - uchlamchi nerv, 15 - yuz nervi, 16 - eshitish nervi,
17 - uzunchog` miya, 18 - rombsimon chuqurcha, 19 - miyacha murtagi.
Do'stlaringiz bilan baham: |