Личинка хордалилар (Urochordata) ¸ки šобиšлилар (Tunicata) кенжа типи



Download 30,53 Mb.
bet251/364
Sana12.07.2022
Hajmi30,53 Mb.
#781312
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   364
Bog'liq
Зоология дадаев

Tok (qo`narg’a). Ko`pchilik qushlarda ko`payishdan oldin va ko`payish davrida tok (qo`narg’a) deb ataladigan hodisa kuzatiladi. Urchish vaqtida erkak qushlar urg’ochilarining e`tiborini o`zlariga jalb qilish maqsadida har xil ovozlar chiqaradi, sayraydi, bir-birlari bilan urishib cho`qishadi, turli xil maqomda uchadi va harakatlar qilib, o`yinlar ko`rsatadi. Bunga tok hodisasi deyiladi. Tok hodisasi turli qushlarda turlicha bo`ladi. Masalan: o`rmon loyxo`ragining erkaklari kechqurun kunbotarda va ertalab kunchiqarda o`rmon yaqinidagi yalangliklar ustida g’alati jo`rli tovush chiqarib uchib yuradi. Loyxo`rakning erkagi dumini yozib ancha yuqoridan o`zini pastga o`qday tashlaydi, shunda qush dumining ingichka patlari havoda tebranib qo`yning ma`rashiga o`xshagan tovush chiqaradi (184-rasm).
G
184-rasm. Erkak o`rmon loyxo`ragining
ko`payish davridagi uchish holati.
agara erkaklarining qo`narg’asi suvda bo`ladi, ular qaddini baland ko`tarib, suvni kesib qiyqirib tez suzadi, bunda ularning atrofidagi suv ko`pirib ketadi va qushning orqasidan keng iz qoladi. Qizilishtonlar tumshug’i bilan quruq daraxtlarni nog’ora chalgandek, urib taqillatadi. Tovuqsi-monlardan qurlarning erkaklari bahorda gala-gala bo`lib maxsus maydonlarga (qo`narg’a – ur-chish joyiga) yig’iladi, u yerda ular osmonga sakrab, tiz cho`kib, ming’irlab ovoz chi-qaradi va bir-birlari bilan qattiq urishadi. Umuman, tok hodisasi odatda erkak qushning urg’ochisiga qilgan xushomadi yoki urg’ochisini talashib urushishi deyiladi. Tok hodisasi odatda poligam qushlar guruhiga kiruvchi qur, karqur, turuxtanlarda ro`y-rost kuzatiladi.

Qushlar juft-juft bo`lib uya qurishga kirishadi. Qushlar uya qurib yashashlariga qarab ikki guruhga bo`linadi. Koloniya bo`lib, ya`ni gala-gala bo`lib uya qo`ruvchi qushlar va juft-juft bo`lib yakka holda uya quruvchi qushlar. Koloniya bo`lib, uya quruvchi qushlar uncha ko`p emas, lekin bu qushlar turli turkumlarda uchrashi mumkin. Bunday qushlarga kayralar, baliqchilar, quzg’unlar, qarg’alar, jarqaldirg’ochlar va suv qaldirg’ochlari kiradi. Koloniya bo`lib yashovchi va uya quruvchi qushlarning yashash hududlari kichkina, lekin ozuqasi ko`p bo`ladi. Bu qushlarning haqiqiy uyalari bo`lmaydi. Ular o`z tuxumlarini qoyalar va toshlar orasiga yoki to`g’ridan-to`g’ri yerga qo`yadi. Koloniya bo`lib yashovchi qushlarda joy uchun talashish kuzatilmaydi.
Juft-juft bo`lib uya quruvchi qushlar maxsus joy tanlaydi, uya quradi va tuxum qo`yib, jo`ja ochadi. Ular oziqlanish uchun va bolasini boqish uchun shu yerlardan ozuqasini qidiradi. Demak, har bir qush juftining o`z uya qurish va oziqlanish joyi bo`lib, boshqa tur qush juftining hududidan ajralib turadi. Bu, ayniqsa hasharotxo`r chumchuqsimonlarda yaqqol kuzatiladi. Uya qurish va oziq topish hududlari hajmi turli qushlarda har xil bo`ladi. Masalan: kulrang pashshaxo`rlarning uya qurish va oziqlanish hududi hajmi 6-10 ming m2 atrofida bo`ladi, oq kurapatkalarniki 30-70 ming m2, dehqonchumchuqlarda 200 m dan 1000 m gacha boradi. Go`ngqarg’alar jo`jalalarini boqish uchun oziq axtarib 100 m dan 800 m gacha masofaga uchib boradi. Qushlarning uyasi turlicha bo`ladi. Yuqorida ta`kidlanganidek, ayrim tur qushlar hech qanday uya qurmasdan o`z tuxumlarini to`g’ridan-to`g’ri yerga qo`yib ketaveradi (kayra, bizg’aldoq, chigirtchilar, tentakqushlar). Masalan: kayralar o`zlarining bit-tadan tuxumini qoyalar orasiga qo`yadi.
Chigirtchilar tuxumlarini to`plab, toshlar orasiga, tentakqushlar esa to`g’ridan-to`g’ri yerga qo`yadi. Ko`pchilik baliqchilar va tovuqsimonlar oddiygina uyasini yerda chuqurcha shaklida qurib, ichiga hech narsa solmaydi yoki bitta–yarimta quruq o`t tashlab qo`yadi. Bir qancha qushlar uyalarini yerga quradi va bu uyalariga tuxumlarini qo`yadi, bunday yer uyani yo qushlarning o`zlari quradi (suv qaldirg’ochlari, kurkunaklar, ko`k-targ’oqlar) yoki boshqa hayvonlarning yer uyalaridan foydalanadi. Ayrim tur qushlar yerga ham ancha mohirlik bilan uya quradi. Masalan: to`rg’aylar, jiblajibonlar o`z uyalarini kosacha shaklida quradi. Ko`pchilik qushlar o`z uyalarini daraxt va shoxlarga quradi. Ayniqsa, chumchuqsimonlardan inuya murakkab uya quradi, u uyasini o`simlik tolalaridan yasaydi. Daraxtlarda osilib turadigan bu yumshoq uyaning maxsus kirish teshigi bor.
Ko`pgina qushlar daraxt kovaklariga uya quradi (qizilishtonlar, chittaklar, sog’lar va boshqa qushlar). Qizilishtonlar o`zlari daraxtni teshib uya yasaydi, boshqa qushlar esa yo daraxtdagi tabiiy kovaklardan, yoki qizilishtonlar qurgan kovaklardan foydalanadi. Shuningdek, ayrim tur chumchuqsimonlar va yirtqich qushlar ham o`z uyalarini buta va daraxt shoxlariga qurib tuxum qo`yadi. Ba`zi qushlar uyalarini loydan yasaydi (shahar va qishloq qaldirg’ochlari). Ayrim qushlarning, ya`ni tuyaqaldirg’ochlar va fotmachumchuqlarning uyasi yarim shar shaklida bo`lib, uzun yo`lagi bor. Salangan jarqaldirg’ochlari o`z uyasini jelatinasimon massali so`lagidan yasaydi. Qashqaldoqlar, qo`ng’irlar esa qamish va boshqa o`simliklardan katta to`plam shaklida suvda oqib yuradigan uya quradi.
Cho`ptovuqlar tuxumlarini bosib yotmasdan, balki to`g’ridan-to`g’ri qum-tuproqqa ko`madi, yoki har xil xas–cho`plarni uyub, ushbu uyum ichiga tuxumlarini qo`yadi. Har ikkala holda ham tuxum yo quyosh issig’i yoki yerdagi o`simlik qoldiqlarining chirishi natijasida chiqadigan issiqlik natijasida rivojlanadi. Demak, jo`ja ochib chiqishda qushlar uyalarining ahamiyati katta. Uya tufayli tuxumlar siljimasdan tuxum bosib yotgan qushning tagida bo`ladi, uyada muayyan harorat va namlik saqlanadi. Balandda va boshqa xilvat joylarda joylashgan uyalar qush jo`jalarini va tuxum bosib yotgan qushlarni har xil dushmanlardan himoya qiladi.
Qushlar odatda bir yilda bir marta ko`payadi, ayrim qushlar esa yilda 2-3 marta ham ko`payadi. Qushlar amfibiyalar va reptiliyalarga nisbatan juda oz miqdorda tuxum qo`yadi, ya`ni qushlar 1 tadan 26 tagacha tuxum qo`yadi. Masalan: kayralar, chistiklar, yirik baliqchilar, yirik yirtqich qushlar 1 tadan tuxumi-ni qoyalar ostiga qo`yadi. Kaptarlar, kolibrilar, turnalar, gagaralar, ayrim chistiklar 2 tadan, ko`pchilik baliqchilar, bulduruqlar 3 tadan, loyxo`raklar 4 tadan, mayda yirtqich qushlar va ko`pgina chumchuqsimonlar 4-6 tadan tuxum qo`yadi. Eng ko`p tuxum qo`yuvchi qushlarga g’ozsimonlar, tovuqsimonlar, ayrim chumchuqsimonlar kiradi. Masalan: kakkular 10-12 ta, chittaklar 15 tagacha, yovvoyi o`rdaklar 6-14 ta, kulrang o`rdaklar 7-13 ta, tovuqsimonlar turkum vakillari esa 12 ta dan 26 tagacha tuxum qo`yadi.
Tuxumlarning absolyut katta-kichikligi, shakli va rangi ham turli qushlarda xilma-xil bo`ladi. Eng katta tuxum Afrika tuyaqushining tuxumi hisoblanadi. Massasi 1,5 kg keladigan Afrika tuyaqushi tuxumining hajmi tovuq tuxumiga qaraganda 25-30 marta katta bo`ladi. Eng kichik tuxum kolibrilarniki, bu qushlar no`xatdek tuxum qo`yadi, ya`ni uning massasi 0,2 g keladi. Tuxumlarning shakli ham turlicha. Masalan: yapaloqqushlar, lochinsimonlar, kaptarlar tuxumlarining shakli yumaloq – oval shaklda, gagaralarning tuxumi uzunchoq-oval shaklda, baliqchilar, balchiqchilar va chistaklarning tuxumi noksimon shaklda bo`ladi.
Qushlar tuxumining rangi ham turlicha. Yopiq binolarga uya quradigan qushlarning tuxumi oq rangda, ochiq joylarga uya quradigan qushlar tuxumining rangi esa qoramtir va xoldor bo`ladi. Lekin bu qoida har doim ham to`g’ri bo`lmaydi. Masalan: yopiq yerlarga, ya`ni daraxt kovaklariga, jarlardagi uyalarga, binolarga uya quradigan zag’chaning tuxumi rangdor bo`ladi. Poligam qushlarda, asosan tuxumlarini urg’ochilari bosadi. Ko`pchilik qushlarda tuxumini erkagi va urg’ochisi navbatlashib bosadi. Masalan: tovuqsimonlar, ko`pgina chumchuqsimonlar, g’ozsimonlar, ayrim yirtqich qushlar va loyxo`raklarning bir qancha turlarida faqat urg’ochilari tuxum bosadi. Avstraliya va Amerika tuyaqushlari, tinamular, baliqchilar turkumiga kiruvchi plavunchiklarning faqat erkaklari tuxum bosadi. Qolgan qushlarning erkaklari va urg’ochilari navbatlashib tuxum bosadi. Lekin bunda ayrim tur qushlarning erkagi va urg’ochisi bir kecha-kunduzda tuxum bosish vaqtini bo`lib olishgan. Masalan: qizilishton va Afrika tuyaqushining erkaklari kechasi, urg’ochilari kunduzi tuxum bosadi, yovvoyi kaptarlarning erkaklari kunning birinchi yarmida tuxum bosadi. Bunda ayrim qushlarning himoya ranglari ham ahamiyatga ega. Chunki Afrika tuyaqushlarining erkaklari qora bo`lganligi uchun ular asosan kechasi tuxum bosadi, urg’ochisi qo`ng’ir rangli bo`lgani uchun kunduzi tuxum bosadi.
Shuni ta`kidlash lozimki, bir jins tuxum bosib yotganda ikkinchi jins tuxum bosib yotgan jinsga oziq olib kelib beradi. Ba`zi mayda chumchuqsimonlar tuxum bosib yotganida oziqlanish uchun qisqa muddatda tuxumni tashlab, uyasidan uchib ketadi. Ayrim qushlar, ayniqsa nasl uchun qayg’urish vazifasini faqat bir jins bajaradigan katta qushlar tuxum bosib yotganida uzoq ochlikka chidaydi va ular bu vaqtda gavdasida yig’ilgan yog’ hisobiga oziqlanadi. Bunday qushlarga gagalar
(28 kun chidaydi) va emular (60 kun oziqlanmaydi) kiradi.
Bir guruh qushlar (tuyaqushlar, g’ozsimonlar, tovuqsimonlar, baliqchilar, loyxo`raklar) barcha tuxumlarini qo`yib bo`lganidan keyin bosadi. Bunday qushlarning jo`jalari inkubatsiya davrining oxirida bir kun davomida tuxumdan ochib chiqadi. Ikkinchi guruh qushlar (lochinsimonlar, rakshisimonlar, kaptarsimonlar va chumchuqsimonlar) birinchi tuxumini qo`ygan kundan boshlab bosadi. Natijada uyada jo`jalari har xil kattalikda bo`ladi va tuxumdan oldinma-keyin ochib chiqadi.
Tuxumni bosib yotish muddati, ya`ni inkubatsiya davri ham har xil qushlarda turlicha bo`ladi. Masalan: ko`pchilik mayda chumchuqsimonlarning inkubatsiya davri 9-12 sutkaga, ba`zilarida 14 sutka davom etadi, qizilishtonlarda ham 14 sutka, qarg’alarda 17-19 sutka, quzg’unlarda 18-20, loyxo`raklarda 17-18, bedanalarda 20-21, qirg’ovullarda 21-25, yovvoyi o`rdaklarda 24-28, yovvoyi g’ozlarda 25-28, oqqushlarda 30-40, miqqiylarda 28, qirg’iylarda 31-35, burgutlarda 42-44, kulrang kakliklarda 21, qurlarda 23, Afrika tuyaqushlarida 42 sutka davom etadi. Uy parrandalaridan tovuqlar o`z tuxumlarini 21 sutka, o`rdaklar 28 sutka, g’ozlar 29-30 sutka va kurkalar 28-29 sutka bosadi.
Qushlar tuxumidan chiqqan jo`jalari nechog’lik rivojlanganligiga qarab 2 ta guruhga bo`linadi: jish jo`ja ochuvchi qushlar va jo`ja ochuvchi qushlar (185-rasm).






Download 30,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   364




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish