Личинка хордалилар (Urochordata) ¸ки šобиšлилар (Tunicata) кенжа типи


Voyaga yetgan individlarining farqlari



Download 30,53 Mb.
bet142/364
Sana12.07.2022
Hajmi30,53 Mb.
#781312
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   364
Bog'liq
Зоология дадаев

Voyaga yetgan individlarining farqlari. Anamniyalar bilan amniotalar o`rtasidagi farqlar voyaga yetgan shakllarida ham kuzatiladi. Anamniyalar guruhiga kiruvchi umurtqali hayvonlarning terisi doimo nam bo`lib turadi, suv va gazni yaxshi o`tkazadi, ko`p hujayrali teri bezlari ishlab chiqqan shilimshiq modda terini qoplab turadi. Himoya qiluvchi tangacha va qoplovchi suyaklar terining biriktiruvchi to`qimasidan kelib chiqqan. Amniotalar guruhiga kiruvchi umurtqali hayvonlarning terisi quruq bo`lib, undagi bezlar keskin qisqaradi (sutemizuvchilardan tashqari), epidermisning yuza qatlamida shox moddalar hosil bo`ladi, ya`ni hujayralarida keratogiolin to`planadi. Natijada teri suv va gazlarni deyarli o`tkazmaydi hamda bunday shox qoplag’ich terini qurib qolishidan saqlaydi.
Amniotalarning himoya qiluvchi terisidagi shox hosilalari - tirnoqlar, tangachalar, patlar va junlar epidermis hosilalari hisoblanadi. Anamniyalarda bo`lgan yon chiziq organlari amniotalarda hech qachon bo`lmaydi. Amniotalarning gavda bo`limlari ham ko`p darajada differentsiallashib, tayanch funkitsiyasini bajaradigan juft oyoqlarining o`q skeletiga mahkam birikkanligi ham ularning quruqlikda hayot kechirishiga bog’liq. Amniotalarning skeleti to`liq suyakka aylangan, umurtqa pog’anasining bo`yin bo`limida atlas va epistrofey umurtqalari boshining harakatchanligini ta`minlaydi.
Bo`yin umurtqalarining birinchisi – atlas halqa shaklida bo`lsa, ikkinchisi – epistrofeyda atlasning halqasiga kirib turadigan tishsimon o`simtasi bor. Bo`yin umurtqalarining shu xilda tuzilganligi uchun ham ularning boshi juda harakatchan bo`ladi. Oyoq skeletining kamarlari o`q skeletiga kuchli birikadi. Tana umurtqalari o`z navbatida ko`krak va bel bo`limlariga ajraladi va qovurg’alar ko`krak bo`limining skeletini tashkil qiladi, ular to`sh suyagi bilan qo`shilib amniotalarga xos bo`lgan ko`krak qafasini hosil qiladi. Buning natijasida ularning oldingi oyoqlari kuchli tayanchga ega bo`ladi. Kamida ikkita umurtqadan tashkil topadigan dumg’aza chanoq bilan mahkam birikib, orqa oyoqqa katta tayanch bo`ladi.
Qovurg’alar umurtqa pog’anasiga ham to`sh suyagiga ham harakatchan birikkanligi sababli, amniotalarning ko`krak qafasi kengayib torayadi. Bu esa o`pkani kengayishiga va torayishiga sabab bo`ladi. Amniotlarning qon aylanish va siydik-tanosil sistemalari ham ancha differentsiallashgan. Qon aylanish sistemasida yurak qorinchasi qisman bo`lsada, o`ng va chap bo`laklarga ajralgan hamda arterial stvol o`pka arteriyalari bilan aorta yoyiga bo`linadi. Bu esa arterial qon bilan venoz qonning alohida-alohida oqishiga sabab bo`lgan.
Siydik-tanosil sistemasida tana buyragining o`rniga chanoq buyragi hosil bo`ladi va shu buyrak ayiruv organi vazifasini bajaradi, tana buyragi esa Volf nayi bilan birga yo tamomila yo`qolib ketadi (urg’ochilarida) yoki urug’ chiqarish funktsiyasini bajaradigan Volf nayigina saqlanib qoladi (erkaklarida). Nihoyat, amniotalarning bosh miyasi ancha kuchli rivojlangan. Ayniqsa, ularning oldingi miya yarimsharlari bilan miyachasi yaxshi taraqqiy etgan.



Download 30,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   364




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish