Алекса́ндр Рома́нович Лу́рия
1902-1977
психолог, врач-невропатолог, нейропсихологиянинг асосчилардан бири.
РАУ Федор Андреевич
русский и советский дефектолог немецкого происхождения, один из организаторов высшего дефектологического образования в России; доктор педагогических наук, профессор, член-корреспондент Академии педагогических наук РСФСР (1947).
Eshitish qobiliyati buzilgan ilk va maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning rivojlanish va ta'lim-tarbiya olish jarayonlari va muammolari-maktabgacha surdopedagogika fanining predmeti hisoblanadi.
Maktabgacha davr eshitishda nuqsoni bo’lgan bolaning rivojlanishida muqim ahamiyatga egadir, zero korreksion-pedagogik tadbirlarning barvaqt boshlanishi uning o’sishidagi nosozliklarini oldini olishga, shuningdek, ijtimoiy faol, mustaqil fikrlovchi ,bilimli shaxsni tarbiyalashga yordam beradi. F.A.Raular kar bolalar kamol topishini eshituvchi bolalar rivojlanishiga yaqinlashtirish maqsadida ilk yoshdan ularning og’zaki nutqini rivojlantirish zarurligini ta'kidlaydilar. F.A.Rau Moskvada uning tashabbusi bilan ochilgan kar-soqov bolalar bog’chasida olib borilgan ish tajribasi bilan o’rtoqlashadi.
Эдуард Сеген
1812-1880
Врач, педагог, олигофренопедагогика асосчилардан бири
19-asr boshlarida tibbiyot va ped.ning rivojlanishi tufayli muayyan yoʻnalish si-fatida vujudga keldi. Oʻsha asrning oʻrtalarida fransuz vrachi va pedagogi E.Segen (1812—80) aqli zaif bolalarni oʻqitish va tarbiyalash nazariyasini ishlab chikdi. Ayniqsa, uning "Akliy normal boʻlmagan bolalar tarbiyasi, gigiyenasi va axloqiy davosi" asari (1846) O.da katta yutuq boʻldi. Segen taxtachasi umuman, barcha bolalarning, xususan aqli zaif bolalarning tafakkur jarayonlarini tekshirish uchun qo’llanilishi mumkin. Segen doskasining tuzilishi quyidagicha: 10 ta geometrik figurani olib maxsus karton yoki fanerda shu geometrik figuralar shaklida chukurchalar o’yiladi. Uchburchak, to’rtburchak, kvadrat, aylana, romb, to’g’ri turtburchak, trapesiya kabi geometrik figuralarni tushuntirish asosida bolalardan tegishli chuqurchalarga joylashtirishi talab etiladi. Ish tartibi kuyidagicha: dastlab tajriba o’tkazuvchi bolalarga chuqurchalarga joylashtirilgan taxtachani ko’rsatadi. Shundan so’ng u taxtachadagi figuralarni to’kib tashlaydi va bolalardan yana figuralarni o’z joylariga joylashtirishni so’raydi. Bu usul ayniqsa, chuqur aqli zaif bolalarni bog’cha yoshida urganishga yordam beradi. Bola gapirmasligi ham mumkin. Bu usulning turli variantlari bor. 2 yoshli bolalar uchun 4 ta figurali, undan katta bolalar uchun esa, 10 ta figurali varianti bor. Aqlan normal bolalar 2 yoshdan boshlab bu ishni to’g’ri bajara oladilar. Aqliy nuqsonlilar, ayniqsa chuqur aqli zaif bolalar geometrik figuralarni paypaslaydilar, og’izlariga olib ko’radilar, ularni stolga urib taqillatadilar. Maqsadsiz harakat qiladilar, sinov va xato usullardan foydalanadilar. Bu bolalar ko’rsatilgan yordamdan foydalana olmaydilar. Tajriba o’tkazuvchining berayotgan ko’rsatmasini idrok qilishi, tushunib yetishi ham diagnostik ahamiyatga ega. Usulning sodda tuzilishga egaligi sababli, har bir o’qituvchi, tarbiyachilar mustaqil ravishda yasab foydalanishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |